Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
Yigitali shu ko‘cha boshida soqchilar to‘xtatishganini, tunni tor qamoqxonada 
o‘tkazganini aytib berdi. 
— Shu paytgacha birov «nima uchun yoningda pichoq olib yuribsan?» demovdi. Qarang-
a, shu ham qurol hisoblanarkan. Boshimga balo bo‘ldi-da. Avval bir nomard yigitning 
qo‘liga tushib qoldim. «Bo‘yningga olasan, sheriklaringni ham aytasan», deb turib oldi. 
«Endi o‘ldim, shu qamoqda chiriyman» deb o‘yladim. Yo‘q, Xudoning rahmi keldi. U 
nomarddan mana bu,— Yigitali ko‘z ostini silab qo‘ydi,— esdalik bo‘lib qoldi. O‘rniga bir 
insoflisi so‘roq qildi. Baxtimga mahalladan yo‘qlab borishdi, baraka topishsin. Avtobusda 
adirga borib kelganim ham baxtimdan bo‘lgan ekan, buni qarang-ki avtobus no‘merini 
eslab qolgan ekanman. Shopir yigitni bugun erta-mattan topib kelishdi. Shundan keyin 
chiqarishdi, deng. Shunda ham tilxat yozdirib olishdi. 
— Qanaqa tilxat? — deb so‘radi Zelixon. 
— Beruxsat hech qayoqqa chiqmayman, deb tilxat berdim. Shu yoshga chiqib, borgan 
yerim bu yog‘i Marg‘ilon, bu yog‘i Farg‘ona bo‘ldi. Qo‘qon bilan Toshkanni televizorda 
ko‘rganman, endi qayoqqa borardim? 
Yigitali soddaligiga borib, tuhmat balosidan butunlay qutuldim, deb o‘ylayotgan edi. Bu 
sohani ipidan-ignasigacha yaxshi biluvchi Zelixon esa do‘ppi tor kelib qolib, aybdorlar 
topilmasa, yana Yigitaliga yopishishlari mumkinligini his etdi. Shu sababli suhbatlasha 
turib, u yon-atrofda yashagan turklarning ism-shariflarini so‘rab-bilib oldi. Yigitali 
Zelixon nima uchun sinchkov bo‘lib qoldi, deb o‘ylab ham o‘tirmadi. U oradan bir oy 
o‘tib, Ahadbey va boshqa qo‘shnilar nomidan yozilgan minnatdorlik maktubini oladi. 
Xuddi shunday maktub obkomga ham kelib, matbuotda e’lon qilinadi. Yigitali bu 
maktublar Zelixon qo‘li bilan yozilib, Kavkazdan jo‘natilganini bilmaydi. Oradan ikki 
yarim oy o‘tib, yana turmaga tushay deganida shu maktub joniga ora kirgandagina 
Zelixon bilan bo‘lgan so‘nggi suhbat yodiga tushadi... 
2 
 
Zelixon oxirgi samolyot bilan qaytdi. To‘g‘ri Elchinnikiga kirib, u bilan xayrlashmoqchi, 
ertalabki reys bilan Adlerga uchib ketmoqchi edi. Elchinning yolg‘iz shumshayib 
o‘tirganini ko‘rib, ketishga shoshilmadi. Bo‘lib o‘tgan voqealarni eshitgach, boshi qotdi. 
— O‘qilonning hiylasiga tan bermasdan boshqa iloj yo‘q,— dedi Zelixon,— buni avval 
boshdan hisobga olishimiz kerak edi. Oddiy masalaga aqlimiz yetmabdi. Ahmoq odam bu 
darajaga ko‘tarilmaydi, to‘g‘rimi? Sen bilan men uni ahmoq qilmoqchi bo‘libmiz. Endi sen 
bu yerlardan ketishing kerak. 
— Nima uchun? 
— Endi Zaynab senga xotin bo‘lmaydi. Tug‘ib berganida Asadbekning soyasida rohat 
qilib yashayverarding. Zaynab sen bilan yashamasa, Asadbekka keraging yo‘q. 
Jamshidning o‘limini sendan ko‘rayotgan bo‘lsa, endi tinch qo‘ymaydi. Bugun bo‘lmasa 
ertaga o‘ldiradi seni. Lash-lushlaringni yig‘ishtiru men bilan birga ket. 
— Siz qayoqqa ketmoqchisiz? 
— Hozircha Adlerga. Keyin o‘ylab ko‘raman. Balki ota yurtimga borarman. Balki Sochida 
dam olarman. Xo‘p, de, men bilan birga ketaver. 
— O‘ylab ko‘ray... Shu turishimizda hozir ohanraboning ikki qutbiga o‘xshab qolibmiz. 
Sizni qon ota yurtga tortyapti, men esam ota yurtni tashlab chiqib ketishim kerak. 
— Safsatangni qo‘y. Ota yurtimning «Zelixon qachon kelarkin?» deb ko‘zi uchib turgani 
yo‘q. Meni Quvasoyda yoki Farg‘onada ko‘rgan bo‘lishlari mumkin. Anavi xunasa Selim 
esingdami, shular yolg‘on guvohlik ham berib yuborishdan toymaydilar. G‘alvalardan 
chetroqda yura turay. Keyinroq qaytib kelaman. Sen ham, men ham og‘ayni, bu 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish