VIII b o b
1
Zelixon televizorni jahl bilan mushtlagan mahalda Asadbek o‘z uyida a’yonlari
qurshovida o‘tirar edi. U ham muxbirning gaplaridan g‘ijinib, so‘kindi. Kesakpolvon
e’tiborsiz holda, Chuvrindi esa jag‘ini mushtiga tirab, diqqat bilan quloq tutardi.
Muxbirning so‘zlari tugab, Maskovdagi Oliy kengash sessiyasi ulandi. Farg‘onaga kelib
ketgan rahbar deputatlar talabi bilan so‘zga chiqib tushuntirish bera boshladi. «Janjal
qulupnoydan chiqdi», deb ishontirmoqchi bo‘lganida Asadbek uning yetti pushtini o‘qib
tashladi.
— Mahmud,— dedi u,— hozir shu televizorni qancha odam ko‘rib turibdi?
— Bir-ikki yuz million bordir? — deb javob berdi Chuvrindi, diqqatini bo‘lmagan holda.
— Bir o‘zi shuncha odamni ahmoq qila olaman, deb o‘ylayaptimi?
— Gapiga ishonmayapsanmi? — dedi Kesakpolvon suhbatga qo‘shilib.
— Sen ishondingmi?
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |