IX b o b
1
— Sayfijon, eson-omon borib keldingmi, ukang tinchmi, chiqay deb qoldimi? Seni
anchadan beri bir yigit kutib turibdi. Hov ana, moshinang oldida.
Avtobaza darvozasi oldida kutib olgan qorovulning bu gapidan Sayfi unchalik
ajablanmadi. Chunki uni so‘rab keladigan odam ko‘p. U Hamdamning kim ekanligini
bilib, sal cho‘chiganday bo‘ldi-yu, ammo sarosimaga tushmadi. Chunki militsiyadan
odam kelishini yoki chaqirilishini bilardi. Ularga nima deyish, kimlarni ko‘rsatish ham
oldindan puxta ravishda belgilangan edi. Uning vazifasi aniq — darrov gullab qo‘ymay,
bir oz tarang qilgach, kavkazlik ikki yigit ijaraga olgan uyni ko‘rsatib qo‘yish.
Hamdam mashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tirib, Sayfini ham o‘tirishga taklif etdi.
— Uchariqqa nima sababdan bordingiz? — deb so‘radi Hamdam.
— Ukam o‘sha yerda o‘tiribdi. Mayda-chuyda tashlab keldim. Vaqtida moylab turilmasa,
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |