www.ziyouz.com kutubxonasi
76
qiynashadi.
— Kim qiynaydi?
— Bilmagandek so‘raysiz, a?
— Ukangiz nima gunoh qilgan edi?
— Do‘konidan ozgina kamomad chiqqan ekan.
— Ozgina deganingiz qancha?
— O‘ttiz ming...
Bu gapni eshitib Hamdam hushtak chalib qo‘ydi.
— Kamida o‘n yil qatnar ekansiz-da?
— O‘n ikki yil berishdi, noinsoflar.
— Uchariqqa qachon jo‘novdingiz?
— Yigirma to‘qqizinchi mayda.
— Uchariqqa bir kunda, boring, ana, ikki kunda borib kelsa bo‘ladi. Ko‘p
yurvormadingizmi?
— Uchariqda bir kun bo‘ldim. Keyin Buxoro, Samarqand deganday... aylanib keldim.
— Yigirma sakkizinchida ishdamidingiz?
— Ha.
— Qaerlarda bo‘ldingiz, kimlarni olib yurdingiz, eslay olasizmi?
— Shahar katta bo‘lsa, kim qo‘l ko‘tarsa to‘xtaymiz. Aytgan joyiga olib boramiz. Pulini
olamiz. Qo‘limiz ro‘lda, ko‘zimiz yo‘lda, xayolimiz pulda. Otning kallasidek plan qo‘yib
qo‘ygan, bajarishga majburmiz.
— Mashina yangi ekan?
— Ha, xo‘jayinlar bir tantilik qilib yuborishdi.
— Qachondan beri ishlaysiz?
— Yarim yil bo‘lib qoldi.
— Yarim yilda yangi mashina olibsiz, omadingiz bor ekan. Omad kimga kulib boqadi,
bilasiz, a?
— Omadi borga-da.
— Yo‘q, xarajatdan qochmaydigan mard odamga, topdimmi?
— Sizlar bilmaydigan narsa yo‘q.
— Siz menga yoqdingiz, dangal gaplasharkansiz. Men mard yigitlarni yaxshi ko‘raman.
Endi bi-ir mardlik qilib yuborasiz: yigirma sakkizinchi maydagi voqeani aytib berasiz.
— Qaysi voqeani?
— Bizni qaysi voqea qiziqtirishi mumkin?
— Bilmadim.
— Jinoyatga aloqador hech nimani ko‘rmadingizmi? Xo‘p, vaqtini aytay: taxminan soat
olti bilan yettining o‘rtasida. Shahardan chiquvchi katta yo‘l yoqasida. Esladingizmi?
— Yo‘-o‘q.
— Qani, mashinani haydang.
— Qayoqqa?
— Haydayvering-chi, ko‘chaga chiqqach, aytaman qayoqqa yurishingizni.
Sayfi o‘z o‘rniga o‘tirib mashinani yurg‘izdi. Hamdam «chapga», «o‘ngga» deb o‘tirdi.
Shaharni kesib o‘tib katta yo‘lga chiqishdi. Murda yoqilgan yerga yaqinlashganda
Hamdam:
— Juda tez haydar ekansiz, sal sekinlating, tabiatni tomosha qilgim kelyapti, — dedi.
Sayfi murda yoqilgan daraxt yonidan o‘tayotganida o‘ng tomonga qarab ham qo‘ymadi.
Yo‘ldan ko‘z uzmay ketaverdi. Bir chaqirimcha yurishgach, Hamdam mashinani orqaga
qaytarishni so‘radi. Sayfi qaytishda ham sir boy bermadi. Bir-ikki chaqirim yurishgach,
Hamdam mashinani yana orqasiga qaytardi. Murda yoqilgan yerga yetgach, «to‘xtating»
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |