www.ziyouz.com kutubxonasi
73
bo‘lib, kishini g‘aflatda qoldiradi. Hazrat Ali, raziyallahu anhu, der ekanlarki, dunyo
hayoti bilan oxirat hayoti bir erkakning ayni bir vaqtda nikohida bo‘lgan ikki xotin
kabidur, biri mamnun bo‘lsa, ikkinchisi kuyaveradi. Bir kuni Muoviyaning, Olloh undan
rozi bo‘lsin, huzuriga ikki yuz yil umr ko‘rgan bir odam kelibdi. Muoviya «Shuncha yil
yashabsan, dunyo hayoti nazaringda qanday ko‘rindi?» deb so‘raganida u kishi «Baloli
yillar, farovon yillar... Kun o‘tadi, tun o‘tadi. Tuqqan tug‘adi, o‘lgan o‘ladi. Tuqqan
tug‘masaydi — mavjudot tugardi. O‘lgan o‘lmasaydi — yer yuzi undagilarga tor bo‘lib
qolardi», debdi. Muoviya «Tila tilagingni», debdi. U kishi «O‘tgan umrimni orqaga qaytar
yoki yaqinlashib kelayotgan ajalimni daf et!» deb so‘rabdi. Muoviya «Mening bunga
qudratim yetmaydir», debdi. Shunda u kishi «Unday bo‘lsa mening sendan tilagim
yo‘q», degan ekan.* Ana shunaqa...— Sobitxon shunday deb tin oldi. Badanida og‘riq
qo‘zg‘oldimi, ko‘zlarini yumdi. Bir necha nafasdan so‘ng ko‘zlarini ochib, Asadbekka
qaradi.— Shunaqa, Bek aka. Umr iziga qaytmaydi, ajalni ham daf etib bo‘lmaydi.
Chaqaloqligimizda quloq ostida chaqirilgan azon tovushi bilan o‘qilajak janoza namozi
orasida bir tutamgina umrimiz bor. Ya ayyuhannasu inna va’dallohi haqqun fala
tag‘rurrannakum-ulhayatud-dunya va la yag‘urranakum billohim-g‘urur*. Qarang, Bek
aka, «Sizlarni dunyo hayoti aldab qo‘ymasin», deb kim aytyapti? Dunyoni yaratgan
aytyapti. Dunyo hayotini uni yaratgandan ham yaxshiroq biluvchi boshqa zot bo‘lishi
mumkinmi? Yo‘q... Zinhor yo‘q,— Sobitxon yana bir oz ko‘zini yumib, so‘ng ochdi.—
Yaxshilab o‘ylab qaralsa, bu dunyo hayotidan tubanroq narsa yo‘q. Dunyoni yiqilishga
yuz tutgan devorga ham o‘xshatishadi. Devorning yiqilajagini bilgan holda unga
suyanamiz, a? Dunyo hayotini sirpanchiqqa ham o‘xshatadi. Bu sirpanchiqda hech
kimning oyog‘i sobit turolmaydi... sirpanib yashaymiz... Keyin esa... so‘nggi
ziyoratgohga qarab jo‘naymiz. So‘nggi ziyoratgohimiz — qabr. Bu ziyoratgohni hech
eslamaymiz, eslagimiz ham kelmaydi. Ajalni unutishda bir-birimizni ortda qoldirib
ketganmiz. Ajal yoshga qaramaydi: yosh ekan, yana picha yashasin, demaydi. Amalga
ham qaramaydi: amaldor ekan, tegmay turaylik, picha ayshini sursin, demaydi.
Boyligiga ham qaramaydi: to‘plagan shuncha boyligini tashlab ketaveradimi, to‘xta,
boyligini sarflab olsin, demaydi. Vaqti-soati yetdimi, tamom. Avval «falonchi kasal
ekan», deyishadi. Keyin «dardi og‘irlashibdi», deydilar. So‘ng «vasiyat qilganmish, rozi-
rizolik tilaganmish, deydilar. Nihoyat, «omonatini topshiribdi, Xudo rahmat qilsin», deb
duo qiladilar. So‘nggi duo shunday bo‘lsa Yaratganga shukrlar qilamiz-a. «Ie, o‘sha
o‘libdimi, yaxshi bo‘libdi, qutulibmiz», deyishlikdan O‘zi asrasin. Xullas, keyin yog‘och
otga mindiradilar. Qabrga eltadilar. Ko‘madilar. Kim oh deydi, kim dod deydi, kim
jimgina xo‘rsinadi. O‘sha falonchi esa boshini guvalaga qo‘yib jimgina yotaveradi, umr
bo‘yi to‘plagan boyligi esa bu dunyoda qolaveradi. Boyning boshiga par yostiq,
kambag‘alnikiga tosh qo‘yilganini hech eshitganmisiz? Boylikni olib ketish imkoni
bo‘lganida edi Olloh taborak va taolo bandalariga murojaat qilib, «dunyoga
aldanmanglar», demas edi. Mayyitni qo‘yib, jamoat tarqalgach, Munkar va Nakir so‘roqni
boshlaydi. Kambag‘al yotgan lahadga gurzini ko‘tarib bostirib kirib, amaldordan
«kechirasiz, vaqtingiz bormi, bugun qabul qila olasizmi?» deb so‘rab o‘tirmaydi.
Barchaning qismati bir... Ana shunaqa... — Sobitxon gapirib charchadi. Chuqur-chuqur
nafas oldi. — Bek aka, yana «menga aql o‘rgatyapti», demang. Xayolimga to‘satdan
kelib qolgan gaplarni aytdim. Bek akam kelib qolsalar aytarman, deb atayin
tayyorlamovdim bu gaplarni. Ahli muslimning vazifasi bir-biriga da’vat qilish. Siz masjid
qurdiryapsiz. Men o‘shanda noo‘rin gap aytib edim. Topgan pulingizning harom-
hallolligini ajrim qilish huquqi menga berilmagan. Bu Ollohning o‘zigina biladurgan
narsa. Qanday topishingizdan qat’iy nazar, uni foydali ishga sarfladingiz, buni inkor etib
bo‘lmas. Siz bu pullarni fahsh ishlarga sarflab yuborsangiz ham bo‘lardi. Olloh dilingiz
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |