Sirli tilsim



Download 22,35 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi22,35 Kb.
#379201
Bog'liq
11 sinf Egamberdiyeva Odina


SIRLI TILSIM

- Qayerda ekan,uyda ayol kishi yo’q bo’lsa shu-da,o’zingni ham topolmay qolasan, -o’z-o’ziga gapirdi hujjatni topa olmayotgan Erkinjon. So’ralganiga bir necha kun bo’ldi. Yugur- yugur bilan yodidan ko’tarilgandi. Ertaga, albatta, olib kelishini aytgandi kecha.So’zida turmaganlarni o’zi ham yoqtirmaydi. Nima deydi? Hamma yoqni boshidan tekshirishga qaror berdi.’’Nega kechqurun so’rab olmadim ekan-a? Qaerda ekan?” Xayoliga kelgan narsadan xursand bo’lib ketdi.’’Sumkacha… “ Gulnora qimmatli narsalarini o’shaning ichiga solib qo’yardi. Esiga kelmaganini qarang. Mehmonxonaga kirdi-da , shkafning eng yuqori bo’lmasida turgan sumkachadan diplomini qidira boshladi. Ko’zi esa o’sha sumka ichidagi qutichaga tushdi.Qizi Gulnoz dadasi qachon uyda qolsa, orqasidan soyadek ergashadi. Bu gal ham dadasining izidan yurgan Gulnoz xonaga kirdi-yu, dadasining qo’lidagi go’zal naqshlar chizilgan, jimjimador qutichani ko’rdi.Gulnoz o’qib yurgan “O’qish kitobi”ni xontaxtaning ustiga qo’ydi.Quticha tomon oshiqdi.Dadasining atrofida parvona bo’la boshladi:

- Nima bu, qani, dadajon ,menga ham ko’rsating?

- Bu…-Erkinjon o’ylanib qoldi.Birozdan so’ng esa:

Bu -‘’sirli tilsim’’,-dedi jilmayib.

- Ichida nima bor,bir marta ko’rsating,dadajonim,- bo’yniga osildi Gulnoz. Dadasi bu so’zlardan erib ketishini biladi u.

- Mana, qizim, –dedi dadasi va Gulnoz ko’rib ulgurmasdan yopib qo’ydi.

- Ishdan kelsam,gaplashamiz,qizim. Hozir shoshilyapman.

Qizini o’pib,erkaladi.

- Asal qizim.Oyijoningiz kelsa, uy ishlariga yordam bering,ho’pmi?

-Ho’p,dadajon,-dedi tarvuzi qo’ltig’idan tushganday Gulnoz.

Erkinjon poygakda oyoq kiyimini kiyayotgan edi,Gulnora ham keldi.Ko’zlari uxlamagani uchun horg’in,charchagani yaqqol sezilib turar edi. Shifokorlik- mashaqqatli kasb, ayoli malakali mutaxassis bo’lgani uchun ba`zan shoshilinch operatsiyalarga chaqirishar, Erkinjon gap inson hayoti ustida borgani uchun qarshilik qilmasdi.Ular o’sha yerdayoq xayrlashdi.Ishxonaga ketayotib diplomini berib qoyishni yo’l bo’yi o’ylab ketdi.

***

Uyda Gulnoz ayasini tinimsiz so’roqqa turar, xayolida ‘’sirli tilsim’’ni ochib ko’rar edi. Bolalarcha soddalik bilan ichida ertaklardagi kabi sehrli narsa deb o’ylar, turlicha taxmin qilardi.Hatto yodlashi kerak bo’lgan she’r ham yodiga kelmadi.



-Aya,’’sirli tilsim’’ nima?

-‘’Sirli tilsim?’’-hayron bo’ldi Gulnora.

-Yuring ochamiz,yuring nima borligini ko’raylik.

-Qayerda?

-Sumkachada ,-dedi va onasining qo’lidan mahkam ushlab,mehmonxonaga olib kirdi.

- Ana,unda.

Gulnora o’zi ham qiziqqandek bo’ldi. Sumkachani ochdi. Qutichani ko’rsatayotgan Gulnozga qaradi:

-Mana shu ekanmi?

-Ha, mana shu. Oching, ichida nima bor,dadam ‘’sirli tilsim’’dedi-ku…

-Yo’q,ochmaymiz buni.Ochsak, dadang bizni urushadilar.Kelsin,o’zidan so’raysan.

Gulnoz xonadan arazlagancha chiqib ketdi.Uning arazi bitta konfet bilan yozilib ketishini bilgan onasi bunga parvo ham qilmadi, uy ishlari bilan band bo’ldi. Gulnozning esa fikr-u xayoli o’sha ‘’sirli tilsim’’da edi.

***


Kuz. Xazonlarga to’la ko’chalardan o’tar ekan, Erkinjon qizini ‘’dadajon’’ deb kutib olishini o’ylab, yuziga tabassum yugurdi.U kuzni yaxshi ko’radi. Kim biladi, balki , taqdir sinovlariga erta duchor bo’lganidanmi, tez ulg’aydi. Fe`lidagi bosiqlik, o’ychanlik kuzga uyqash.Ishxonadan avtobus bekatigacha xiyobon orqali o’n besh daqiqa piyoda yuradi.Kutilmagan qiyoslashlar,tashbehlar,yakuniy satrlar,ajib qofiyalarning qanchasi xuddi shu yerda”topilgan”. Xuddi shu xiyobon uning ishq iztiroblariga, dilrozlariga guvoh. Ertalab qaqajon qizi so’roqlagan sirli qutichani xuddi shu yerda Gulnoraga hadya qilgan edi.

Kecha sovchilar Gulnoraning uyidan rozilik olib kelishdi.To’g’risi, yuragi taka-puka bo’lib kutgandi. Xayriyat. Tog’asi va kelinoyisidan juda minnatdor. O'ksitishmadi.

Bugun esa ularning hayotida muhim kun.U kun bo’yi Gulnoraga qanday sovg’a olishni o’yladi. Atir olsamikin yoki uzuk? Yo’q, hech qaysi biri to’g’ri kelmaydi. Uzoq o’ylandi. Shunga qaror qildi: u Gulnoraga o’zining hayotidagi eng qadrli narsasini beradi. Endi Gulnora uning ikkinchi bo’lagi. Hayotining eng shirin damlari ham, sinovli damlari ham endi u bilan kechadi.

Erkinjon xiyobonga ataylab ertaroq keldi. Yuragining gursullashini , hayajonini bosish uchun o’tirdi. Uzoqdan Gulnora ko’rindi.Xiyobon chekkasidagi o‘rindiqqa asta o’tirdilar.Erkinjon yurak yutib so’z boshladi:

- Bilasizmi, Gulnora. Bugun men uchun eng quvonchli kun. Birga bo’lsak, bunday kunlar ko’p bo’lishiga astoydil harakat qilaman.Sizga uzuk yoki atir yoxud sizga yoqimli bo’lgan, siz istagan sovg‘alarni ham , albatta , olib beraman. Lekin bugun…Hayotimdagi eng qadrli narsamni Siz, aziz insonimga, sovg’a qilmoqchiman . Uni xuddi men kabi e’zozlab, qadrlashingizga ishonaman.

Gulnoraning qo’liga qutichani berdi. Avvaliga Gulnora nima ekanligini tushunmadi. Lekin shuni bilar ediki, Erkinjon unga chin dildan ishonmoqda.U qutichani ochib ko’rdi. Ro’molchani asta ochdi. Taxlangan askar maktubi. O’qilaverilganidan titilib ketgan,bir-ikki joyiga ko’z yosh to’kilganidanmi sarg’aygan, bo’yog’i o‘chay- o‘chay deb qolgan xatni qo’liga oldi.Uni ochmasidan, Erkinjon gapini davom ettirdi:

-Bu dadamning maktubi. Urushda ekanligida yozganlar. Menga otamdan qolgan yodgor. Unda otamning tafti, nafasi bor, onamning sog’inch ko’z yoshlari, mening bolalik quvonchlarim bor. Ehtimol, bu xatni yuz marta, balki ming martalab o’qigandirman. Savodim shu xatni o’qib chiqqan,desam ham bo’laveradi. Onam rahmatlining aytishicha, uxlaganda yostig’im tagida, maktabga borganimda cho’ntagimda turarkan. Hatto bir kuni xatni olib ketish yodimdan chiqqanda, yarim yo‘ldan qaytib kelganim elas-elas yodimda.

Yigitning yuziga siniqqan tabassum yugurdi. Ko’zlarida bilinar- bilinmas yosh ko’rindi. Uzoqlarga termulgancha davom etdi:

-To’g’ri ,otam urushdan qaytib keldi. Lekin olgan jarohati tufayli uzoq yashamadilar. Otam urushda ekanliklarida onam bechoraning ham yuragi tugagan edimi yoki haqiqiy muhabbat egalari juftidan keyin tez nuraydimi… Onamni eslasam, ko’pdan-ko’p vaqt ko’zlari qizarib qolgan bo’lar, hali kichkinaligim uchunmi, sababini tushunmasdim. Dadam bilan bog’liq xotiralar onamning yuragiga dard solgandi, shekilli. Onam ham meni tashlab ketdilar…

Gulnora yigitning so’zlarini o’ychanlik bilan tinglar, hayot mashaqqatlarini ko’p tortgan yigitni nima deb yupatishni bilmasdi. Axir, bu mash’um urush qancha- qancha oilalarni parokanda qildi, farzandlarni ota nomli buyuk quvonchdan, ayollarni baxtdan mosuvo etdi. Gulnoraning buvasi va tog’asi ham urushdan qaytmagan, buvisi kuya-kuya armonda ketmadimi…

- To’g’am, kelinoyim mendan mehrini ayamadilar, oq yuvib, oq taradilar. Hech kimdan kam qilmadilar.To’g’risi,sizga sovchi yuborganimda rozi bo’lmasliklaridan qo’rqqan edim. Uyingizdagilar rozi bo’lganini eshitib juda xursand bo’ldim,– yigit Gulnoraning ko’zlariga tikildi . Gulnora uyalib yerga qaradi.

***


Erkinjon shu o’y-u xayollar og’ushida uyga yetib kelganini sezmay ham qoldi. Uyga kirdi-yu , yo’lakdan yugurib kelayotgan qiziga bag’rini ochdi. Uni ko’tarib uyga kirar ekan, Gulnoz intiqib kutgan narsasini so’radi:

-Dadajon, sirli tilsimni ko’rsatasizmi?

Qo’ysang-chi, qizim, dadang ishdan charchab keldilar.

–Mayli, qo’yavering, ayasi. Men ‘’dadajon’’ degan so’zni necha yil ayta olmaganman. Shu so’zni eshtish baxti nasib qildi-ku, ming shukur.

Hozir, qizim, kiyimlarimni almashtirib olay. Ovqatlanaylik.

Kechki taomdan so’ng , qutini olar ekan, Erkinjon qizi Gulnoz ham katta qiz bo’lib qolganini o’yladi: ‘’ Bu yil maktabga kirdi-ku, otamni intiq kutganimda, xat olganimda men ham shu yoshda edimmi?’’- deb o’ziga savol berdi. Qutini olib Gulnozlar o’tirgan xonaga kirdi. Dadasining qo’lidagini ko‘rib, choy ichayotgan Gulnozning ko‘zi charaqlab ketdi. Erkin kelib o’tirdi, Gulnozni quchog’iga oldi. Televizorga urush haqida hujjatli film bo’layotganini ko’rdi:



  • Qizim, fimni ko’ryapsizmi, shunday janglarda bobongiz ham qatnashganlar.

– Ha, dadajon, ustozimiz aytganlar, urush yomon narsa ekan. Endi qutichani ko’rsating, – yalinchoqlik ohangda so’radi Gulnoz.

Erkinjon maktubni qizining qo’liga ohista tutdi.Gulnoz esa u yog’ini bu yog’ini aylantirib ko’rdi, ichini ochdi-yu, dadasiga hayron qaradi. Xatni ochib, bo’g’inlab, hijjalab o’qiy boshladi. Xatni o’qigani sari Erkinjonning xotiralari jonlanar, otasining urushga ketayotgani,uzzu kun yo’liga termulgani, sinfdoshlari otalaridan kelgan xatlarni maqtanganda bildirmay yig’laganlari, pochtachidan xatni olganida qanchalar quvongani, qishloq ko’chalarida yugurib ketayotgan olov bolaligi, onasi maktubni hidlab, yuz-u ko’zlariga surgani ko’z oldiga keldi.

***

O’sha kuni Erkinjonning ko’ziga uyqu kelmadi, bolalik xotiralari-yu, onasining, dadasining sog’inchi ko’nglini o’rtayotgani yana uxlatmadi, barcha dard-u alamlari, iztiroblari oq qog’ozga to’kila boshladi.



Tongga yaqin esa yana bir asar dunyoga keldi. Bu ‘’Nido’’dostoni edi.

PIIMA tasarrufidagi Andijon shahar

Muhammad Yusuf nomli ijod maktabi

10-‘’A’’ sinf o’quvchisi



Egamberdiyeva Odina
Download 22,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish