Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
— Buning ta’birini aytishga fikrim ojiz, — dedi. — Vallohi a’lam, Tangrim joningni 
qaytarib beribdi. Buning ma’nosi shuki, endi sayoq yurishingni tashla. Qalbingni zangdan 
tozala. 
— Qalb zangi? — Zelixon kulimsiradi. — Rosa zo‘r gaplarni topib gapirasiz, tog‘a. Hozir 
namoz o‘qiyotganingizda nima uchundir mening ham o‘qigim keldi. Shuning uchun sizga 
yaqinlashib o‘tiruvdim. 
— Ha-a... — Ismoilbey qo‘lini uning yelkasiga qo‘ydi. — Dilingdagi qulfni Tangrining o‘zi 
ochibdi, vallohi a’lam. Bu — yaxshilik alomati. Iymon keltir, bilasanmi? 
Zelixon bosh chayqadi. U jinoyatchilar taqdirini hal qiluvchi ja’mi qonunlarni yod bilardi. 
Shu yoshga kirib, uchtagina muqaddas so‘zdan iborat kalimani ayta olmadi. Ismoilbey 
kalimani aytdi, u qaytardi: 
— La ilaha illolloh... 
Bir necha marta qaytardi. Har aytganida vujudini ezib turgan nimadir qochganday 
bo‘laverdi. O‘sha «nimadir»ni u bilmas edi. Yengil tortayotganini his qilib turib «qalbning 
zangdan tozalanishi shu bo‘lsa kerak», deb o‘yladi. 
Shu paytda ellik qadamcha naridan da’vatchining ovozi eshitildi. U atrofiga o‘n-o‘n besh 
chog‘li odamlarni to‘plab Vatan, ozodlik haqida gapirardi. Avval Zelixon, so‘ng Ismoilbey 
turib, davra sari yurdilar. 
— Ayollarimiz mesxetiyaliklar orasida erkak zotidan bormi, deyishyapti. Xo‘sh, ayting-
chi, biz itmizmi, kim haydasa dumimizni qisib qochaveradigan. O‘zbeklarni biz qarindosh 
derdik, orqadosh derdik. Ular nomardlik qildilar. 
Shu payt davra orasidagi bir yigit qo‘lini baland ko‘tarib qichqirdi: 
— Qonga qon! 
Uning bu qichqirig‘i Ismoilbeyning boshiga gurzi kabi urilib, tovoniga qadar zirillatib 
yubordi. Badaniga qaltiroq yugurdi: 
— Zinhor! — deb yubordi u. To‘planganlar davra chetidagi qariyaga ajablanib qaradilar. 
— Zinhor! — deb takrorladi Ismoilbey. — Xudodan qo‘rqinglar! O‘zbeklarni 
ayblamanglar! Non bergan jon olmaydi. 
— Vatan bir bog‘dir. Bu bog‘ning daraxtlari inson qoni ila sug‘orilmagi kerak, — dedi 
da’vatchi.         Ismoilbeyning lablari titrab «Astag‘firulloh!» dedi-yu, boshqa gapirolmay 
qoldi. 
— Chiroyli gapirding, — dedi Zelixon unga yaqinlashib. — Lekin bu bog‘ seniki emas-ku? 
Bog‘ni yashnatib yuborging kelsa, ana, qo‘lingga qurol ol, Mesxetiyangga bor. Uyingga 
kirib olganlarni haydab chiqar. Qo‘lingdan keladimi bu ish? 
Da’vatchi bu gapdan gangidi, biroq sir boy bermaslik uchun Zelixonga dag‘dag‘a qildi: 
— Sen kimsan o‘zing? Qayoqdan kelib qolding? 
— Men — chechenman! Men ham Vatanidan haydalgan inson bolasiman. Sen vaysashga 
usta ekansan. Ammo sen bizga joy bergan, non bergan, o‘lganlarga kafan bergan 
o‘zbeklarni bilmaysan. Sen unda yo‘q eding. Kecha tuxumni yorib chiqib, bugun elga aql 
o‘rgatasanmi? Bilib qo‘y, ovozingni o‘chirmasang, kekirdagingni mana shu barmoqlarim 
bilan sug‘urib olaman. Bu panja shunaqa ishlarga mo‘ljallangan. Ancha-muncha 
kekirdaklarni sug‘urib, rohatlangan. Kimsan, deding, a? Bilib qo‘y, men qamoqdagi 
karamsho‘rvalarni ichib katta bo‘lgan odamman. Pachakilashib o‘tirmayman. Men 
milisangdan ham, hukumatingdan ham qo‘rqmayman. Hammang bola-chaqalaring bilan 
indamay o‘tirlaring. Yana kim «qonga qon!» desa shu yerda qon qusib qoladi. Men — 
chechenman! Chechenlar bir so‘zli bo‘ladi, ha! 
Da’vatchi gapirolmay qoldi. Davradagilar asta tarqalishdi. 
— Ularni qo‘rqitib yubording, — dedi Ismoilbey. 
— Qo‘rqitganim yo‘q. Agar yana gapirsa, rostdanam qilardim shu ishni. Hamma g‘alvani 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish