Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
mana shunga o‘xshaganlar boshlaydi. Yuzta miltiq topib, tarqating, anavi go‘l yigitlar 
oladi. Bu ahmoq esa olmaydi. Birinchi bo‘lib qochadi. 
— Bular serka toifa odam bo‘ladi. Qo‘ylarni kushxonaga boshlaydi, o‘zi esa omon qoladi. 
Shunaqalardan o‘zing asra, ey Tangrim! 
Bu orada to‘shak, chodir keltirishdi. Zelixon bitta to‘shakni olib kelib, do‘nglikda yolg‘iz 
o‘tirgan Ismoilbeyga to‘shab berdi. 
— Og‘a, yotib dam oling. 
— Sen o‘zing yotaver. Men bu tunni Ollohning zikri bilan o‘tkazarman. Ahadbeyga ham 
yetdimi to‘shak? 
— Ha, bolalariga joy qilib oldi. 
Ismoilbey aytganiday qilib, uxlamadi. Yaydoq yerga tiz cho‘kib o‘tirganicha ibodat bilan 
mashg‘ul bo‘ldi. Zelixon to‘shakka yonboshladi. Unga xalal bermadi. Bir-ikki ko‘zi 
ilinganday bo‘ldi. Subhga yaqin qattiq mudroq bosdi. Ismoilbeyning azon chaqirig‘ini 
eshitib, uyg‘ondi. Ismoilbey o‘rgatganidek tayamum qildi, unga ergashib namoz o‘qiy 
boshladi. Ismoilbey farz namozini o‘qib, qa’daga o‘tirganicha qimir etmadi. Zelixon 
anchagacha toqat bilan o‘tirdi. Bu orada ufq qontalash bo‘ldi. Atrof yorisha boshladi. 
Zelixon nima qilarini bilmay, kechagi voqealarni eslab o‘tiraverdi. Ahadbey kelmaganida, 
bilmaydi, qancha o‘tirar edi... Ahadbey yon tomondan keldi. U ham otasining namoz 
o‘qiyotganini kuzatgan, uzoq o‘tirib qolganidan ajablangan edi. Otasiga yaqinlashayotib 
tizzasi ustidagi o‘ng qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i ko‘tarilganicha qotganini ko‘rdi. Otasi 
odatda tashahhud o‘qiyotganida bu barmog‘ini bir ko‘tarib qo‘yardi. Hozir esa barmoq 
qotib turibdi. 
— Ota, — dedi Ahadbey Ismoilbeyga yaqinlashib. Sado bo‘lmagach, engashib, uni 
yelkasidan ushladi. 
Ismoilbey o‘g‘lining bag‘riga beozorgina bosh qo‘ydi. Ahadbey otasini bag‘riga mahkam 
bosganicha nima qilarini bilmay qotib o‘tiraverdi. Zelixon irg‘ib o‘rnidan turdi-da, 
cholning ro‘parasiga o‘tdi. Ismoilbeyning ko‘zlari ochiq, barmoqlari hanuz kunbotar 
tomonni ko‘rsatib turardi. 
4 
 
Bir necha daqiqalik sarosimadan so‘ng barchalari bir muammo ustida bosh qotirmoqqa 
majbur bo‘ldilar: mayit qaerga va qay holda ko‘miladi? Zelixonning xayoliga bobosining 
qismati keldi. Bobosi qaytish qilganida kafanni uy egasi bergan edi. Ismoilbeyga kim 
beradi? Bu masala og‘ir emas. Hukumat vakillari topib berishar. Ammo qaerga dafn 
etiladi? G‘assol kim? Qaerda yuvadi? Agar peshingacha dafn etilmasa, bu issiqda... 
Oqsoqollar turlicha fikr bildirishdi. Vakilning boshi qotdi. Bunaqa holatda ko‘pchilikning 
maslahatiga quloq solinaversa osh pishmaydi. Zelixon buni yaxshi biladi. Ahadbey 
otasiga o‘xshagan mo‘min odam, kim nima desa ko‘naveradi. Shu sababli Zelixon o‘zicha 
tadbir belgilab, amalga oshirishga kirishdi: 
— Xo‘jayin, menga mashinangni berib tur. Cholni qishloqdagi qabristonga ko‘mamiz, — 
dedi u qat’iy ohangda. 
— Yo‘q, mumkin emas. Ahvolni ko‘rib turibsiz, — dedi vakil. 
— Nimaga mumkin emas? Qishloqda o‘zbeklar turadimi? — Vakil bosh irg‘ab tasdiqladi. 
— Menga qara, xo‘jayin, senga tushunmayroq turibman. Sen o‘zing o‘zbekmisan, axir? 
Vakil bu savoldan dovdiradi. Odamlarga bir-bir qarab olib, o‘zbek ekanidan xijolat 
chekkanday «ha» deb qo‘ydi. 
— Ikkidan biri, — dedi Zelixon unga qattiq tikilib, — yo sen o‘zbek emassan, yo 
o‘zbeklarning kimligini bilmaysan. Ismoilbey og‘am kecha «Non bergan — jon olmaydi» 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish