Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
Hayitali gapira-gapira so‘ridan tushib, kavshini oyog‘iga ildi. Sotvoldi oqsoqol unga 
ergashdi. Zelixon uchinchi piyoladagi choyni ichishga ulgurmay Hayitali oqsoqol ko‘rindi. 
U choyxona sari emas, mashinaga qarab yurdi. Ahadbeyga qarab: «Endi bandalik-da, 
inim, xudo sabr bersin», dedi-da, haydovchi yoniga o‘tirdi. «Qani haydang inim», deb 
yo‘l ko‘rsatdi. Zelixon yugurib kelib joyidan jilayotgan mashinaga chiqib oldi. 
Mashina bir uy qarshisida to‘xtadi. Bu yerda bir necha odam to‘planib turgan edi. Zelixon 
ham, Ahadbey ham bu uy Hayitali oqsoqolniki ekanini keyinroq bilishdi. Mayitni uyga 
olishgach, Hayitali Ahadbeyga yaqinlashdi. 
— Inim, otangizning birodarlari, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ingiz bordir, a? 
— Bor, — dedi Zelixon o‘rtog‘i uchun javob berib. — Adirda qolishgan. 
— Nimaga qolishdi? Nimaga kelishovurmadi? 
Zelixon ham Ahadbey ham bu savolga javob berolmay ko‘zlarini olib qochishdi. Hayitali 
ham savoliga javobni talab qilmadi. 
— Siz, inim, — dedi Ahadbeyga qarab, — ichkariga kiring. G‘assolga qarashasiz. Siz esa 
men bilan yuring, — dedi Zelixonga. Zelixon «qayoqqa?» deb o‘tirmay, unga ergashdi. 
Adirdagi qo‘ni-qo‘shni, Ismoilbeyning birodarlarini olib qaytishganda dafn marosimiga 
lozim bo‘lgan yumushlar bajarib bo‘lingan edi. Hovliga joy qilingan, katta qozonda esa 
sho‘rva qaynab turardi. 
Ahadbey mashinadan tushayotgan orqadoshlarini ko‘rib, yig‘lab yubordi. Otasining joni 
uzilganidan beri ko‘ziga endi yosh keldi. U otasining o‘lganidan yoki uning qadridan 
emas, qishloqdagilarning oqibatidan hayajonlanib yig‘lardi. 
Hayitali oqsoqol cho‘rtkesar, bir so‘zli edi: dafn marosimidan keyin ham mehmonlarga 
ijozat bermadi. Shomga yaqin vakil xavotirlanib yetib keldi. Vaqtida qaytmaganlari 
uchun ulardan o‘pkaladi. 
— Qishlog‘imizda avboshlar yo‘q, Xudoga shukr. Shu yerda turaverishsin. Biydek cho‘lda 
nima bor ekan? Chollarni urintirib qo‘yibsiz, inim, — dedi Hayitali unga. 
— Boshqa choramiz yo‘q, otaxon, qishlog‘ingiz tinch, bilamiz. Lekin bu yerda turklar 
borligini bilsa, shahardagi betamizlar yetib kelib bir balolarni boshlaydi. Adirda bularni 
askarlar qo‘riqlaydi. 
— To‘rtta-beshta bezorini jilovlay olmasangiz, nima qilib hukumat bo‘lib yuribsiz, inim, 
shu ham ishmi? Yomonga yomon bo‘ling, shartta-shartta oting-da, vassalom! 
— Aytishga oson... — deb ming‘irladi vakil, so‘ng Zelixonga «bu g‘alvani siz boshlab 
edingiz, endi o‘zingiz eplang bu yog‘ini» deganday najot ko‘zi bilan boqdi. Zelixon 
Hayitali oqsoqolga, uning hamqishloqlariga minnatdorlik bildirib, qariyalarni mashinaga 
taklif etdi. 
5 
 
O‘sha do‘nglik... Yana ikki kishi... Yana shom... Ammo shom azoni eshitilmaydi. Hech 
kim namoz o‘qimaydi. Do‘nglikdan ikki qadam narida Ahadbeyning oilasi, qo‘shni 
xotinlar, bolalar... 
Ahadbey bilan Zelixon qontalash ufqqa tikilishgan. Aytadigan so‘zlari yo‘qday... Jim... 
Jimlikni bolalarning ovozlari buzadi: 
— Zarine, kel, mehmon-mehmon o‘ynaymiz. Sen mehmon bo‘lasan... 
— O‘ynamayman. Hali haydab yubording-ku. Senga mehmon bo‘lmayman... 
Bolalarning suhbatiga Ahadbeyning xotini qo‘shiladi: 
— Zerine, o‘ynay qol, Gulsine mehmonni haydamaydi, u o‘zbek emas. 
Bu gap xayolga berilgan do‘stlar qulog‘iga o‘qday urildi. Ahadbey sapchib o‘rnidan turdi-
da, xotiniga yaqinlashib yuziga tarsaki tushirdi. Bunga ham qanoat hosil qilmay tepdi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish