Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
detilarim ham kutib turishibdi. Qayoqqa poshli? 
Askarlar uning gaplariga quloq solmay, qo‘ndoq bilan turtib, iziga qaytishga majbur 
qilishdi. Yigitali guzardan o‘tib kelayotganida usti yopiq ikkita yuk mashinasi turganini 
ko‘rgan, ammo e’tibor bermagan edi. Uni mashina yonida turgan zobitga ro‘para qilib, 
pichoqni berishdi. Yigitali unga ham shu mahallada turishini aytib, tushuntirmoqchi 
bo‘ldi. Zobitning boshi garangmidi, uning gaplarini eshitishni ham istamadi. Yigitlarga 
imlagan edi, ular darhol Yigitalining qo‘ltig‘idan olib, mashinaga chiqarishdi-da, 
orqasidan eshikni yopishdi. Ichkari qorong‘i edi, kimdir yo‘taldi. 
— Oyoqqa ehtiyot bo‘ling, birodar, — dedi kimdir. Ovoz tanishga o‘xshadi. 
— Ovozingiz tanishga o‘xshayapti. Shu yerlikmisiz? Men, Yigitaliman. 
— Ie, Yigitali, tozayam to‘planibmizmi, a? Men Hamdamaliman. Soy bo‘yidanman. 
Qo‘shningiz Yusufalining tog‘asiman. Xabar olgani keluvdim, deng. Men nodon shomni 
o‘qib keta qolay, debman. Shu yerdan o‘tayotsam, askar bolalar to‘xtatib turishibdi, 
deng.  
Yigitalining taxminicha bir soatcha turishdi. Yana ikki kishi saflariga qo‘shildi. Ular ham 
qarindoshlaridan xabar olgani kelganlardan edi. Shundan so‘ng mashina joyidan jildi. 
Ko‘p o‘tmay ular o‘zlarini milisaxonada ko‘rishdi. Yigitali ilgari bunaqa joyda bo‘lmagan, 
bunchalik ko‘p milisa borligini tasavvur ham qilmagan edi. «Kichkina milisaxonada 
shuncha odam ishlarkan-da, a?» deb ajablanishdi. U favqulodda hodisa munosabati bilan 
qo‘shni viloyatlardan yordamga qo‘shimcha kuch kelganini qaerdan bilsin? 
Ularni nimqorong‘i, dim, sassiq bir narsaning hidi kelib turgan bir xonaga kiritishdi. Xona 
tirband edi. «Yopiray, — deb o‘yladi Yigitali, — shuncha odamni to‘plab nima qilishar 
ekan?» «Shuncha odam» safi orta berdi. Yotish, yonboshlash qayoqda, tik turgan holda 
tunni o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Tong otgach, birin-sirin chaqiraverishdi. Xonada odam 
kamayaverdi. Yigitali nomini eshitganda «bu go‘rxonadan qutulganim rost bo‘lsin-a», 
deb Xudoga shukr qildi. U chaqirilganlar bilan bir-ikki og‘iz gaplashib, qo‘yib 
yuborishyapti, deb o‘ylagan edi. To‘g‘ri, ayrim odamlar gumondan nari bo‘lib, uylariga 
qaytishardi. Ayrimlarga esa qachon ruxsat tegishi noma’lum edi. Yigitali ana shu ikkinchi 
toifa odamlar ro‘yxatiga kiritilib, shahar qamoqxonasiga jo‘natildi. 
3 
 
Tongda ufq qontalash edi. Go‘yo kimdir kecha to‘kilgan qonlarni bir idishga erinmay 
to‘plaganu tuni bilan ermak qilib osmon etagini bo‘yab chiqqanday... Xushkayfiyat odam 
uchun tong otishini kuzatishdan zavqliroq yumush yo‘q. Hatto eng uyquchi odam ham 
tongda qushlarning sayrashini bir eshitadi. Eshitib bir rohatlanadi-yu, so‘ng uyqusini 
kelgan joyidan davom ettiraveradi. 
Kecha adirga kelib jon saqlagan odamlar uchun tongning bunday sururi yo‘q. Bu dillarni 
anduhlardan tozalamoq uchun yana necha tong otmog‘i lozim ekan? Bir necha lahzada 
vujudga egalik qilib olgan ranjdan xoli bo‘lmoq uchun necha kun, necha oy, necha yillar 
darkor ekan? 
Kecha xuftonga yaqin keltirilgan chodirlar, to‘shaklar hammaga yetmadi. Uyqu asosan 
bolalarga hukmini o‘tkazdi. Kattalar deyarli uxlashmadi. Zelixon Ismoilbey bilan o‘sha bir 
chekkadagi do‘nglikda o‘tirdi. Ahadbey ham ularga qo‘shilgan edi, Ismoilbey 
«bolalaringni yolg‘izlatma», deb iziga qaytardi. 
Ismoilbey kunbotishga qarab uzoq o‘tirdi. Zelixon ibodatning tugashini toqat bilan kutdi. 
U namoz o‘qiganlarni ko‘p ko‘rgan, nazarida ibodat bir necha lahzada tugaguchi edi. Shu 
bois Ismoilbeyning uzoq o‘tirishi unga ajablanarli tuyuldi. So‘ng: «Og‘am ilmli odam, 
qanday ibodat qilishni biladi. Balki hamma shunday uzoq o‘qir, men avval e’tibor 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish