www.ziyouz.com kutubxonasi
27
Zelixon.
Ismoilbey Ollohdan ko‘p narsani so‘ramadi. Bandalariga insofu tavfiq, farzandlar umriga
baraka... Har kuni so‘raydiganiga bugun «Bizga-ku vatangadolikni ravo ko‘rding, shu
joylardan rizq berding, nolimaymiz. Bilamiz, imon ikki narsadan iborat, biri shukr, biri
sabr. O‘zingga shukr qilamiz, chunki bizdan beshbattar ahvolga tushganlar ham bor.
Shuncha yil sabr qildik, bundan keyin ham sabrli bo‘lamiz, inshoolloh. Ammo
bolalarimizni vatangado qilma. Shu yerga kindik qonlari to‘kildi, endi bu aziz yerlarga
begona qilma», deb qo‘shimcha qildi. So‘ng kun botishga tikilib ona yurtini ko‘z oldiga
keltirdi. Chunki uning Mesxetiyasi ham shu tomonda, kunbotarda edi...
_________________
* M a z m u n b u d i r: Bu dunyo u dunyoning polizi.
2
Odamlar tushishi bilan avtobuslarning haydovchilariga «shaharga qaytilsin!» deb buyruq
berildi. Yigitali shoshilinchda qo‘shnilari bilan durustroq xayrlashishga ham ulgurmadi.
Avtobuslar changli doira yasab burildilaru chayqala-chayqala tezlikni oshirdilar. Katta
yo‘lga chiqquncha Yigitali ham, haydovchi ham jim ketishdi. Chang bosilib, yurish
yengillashgach, haydovchi peshoyna tepasidagi ko‘zgu orqali Yigitaliga qarab oldi-da:
— Bularning ichida nima qilib yuribsiz, tog‘a? — dedi.
Uning «bular» deb bepisand gapirgani Yigitaliga malol keldi. Shu sababli «bular» so‘ziga
atayin urg‘u berib, javob qaytardi:
— Bular, mening qiyomatli qo‘shnilarim. Issig‘im ham, sovug‘im ham shular bilan edi.
— Qo‘shnilardan ham toz-za buyurgan ekan-da, a? — dedi haydovchi yana ko‘zgu orqali
qarab.
— Nega unday deysiz? Xudoga shukr, qo‘shnilarim tillo odamlar.
— Ha, endi bitta-yarimtasi tuzukdir, qolganlari yaramaydi. Mana men ularni bexavotir
joyga olib borib qo‘ydim. Men ularning jonini saqlab qoldim, to‘g‘ri emasmi? Biz
bo‘lmasak ashaqda gum bo‘lishardi. Men jonlarini saqladimu, omma xizmatimga rozi
emasman.
— Gaplaringiz qiziq-ku, inim, ular sizga nima yomonlik qilishdi?
— Menga-ku yomonlik qilishmadi. Qilib ham ko‘rsin-chi, kindigidan tomog‘igacha tilib
tashlarman. Omma tozza qirg‘in qilishgan-da, bular.
— Qaerda?
— Ko‘p joylarda. Avtomatlari bor ekan. To‘rt oyli chaqaloqni olovda kuydirishganmish.
— O‘zingiz ko‘rdingizmi?
— Yo‘q, eshitdim.
— Eshitgan bo‘lsangiz... balki yolg‘ondir? Esimni taniganimdan beri shu odamlar bilan
birgaman. O‘zimizga o‘xshagan mo‘min-musulmon ular. To‘g‘ri, yoshlari ichadi,
mushtlashadi. Juda oshirib yuborsa pichoq tiqib olar. Lekin siz aytganday bolani
tiriklayin kuydirmaydi.
— Bittagina siz ishonmas ekansiz. Ag‘da Quvasoy, bag‘da Marg‘ilon, ana ag‘da yana
Farg‘ona. Hammaning og‘zida shu gap. Shu paytgacha birov bularning mushugini pisht
dedimi? Urush paytida kelishgan ekanmi, ha, shundan berisiga yurishibdi kayfini surib.
Omma boyib, bosar-tusarlarini bilmay qolishuvdi. O‘zing-ku, birovning uyida
mehmonsan. Nima qilasan kerili-ib, — yigit shunday deb so‘kindi. Yigitali unga e’tiroz
bildirish ortiqcha ekanini fahmladi.
— Ha, tog‘a, indamay qoldingiz? Gapimning chatag‘i bo‘lsa aytovring.
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |