Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
Vatandoshlar u zotni cho‘x e’zoz eturlar. U zotning boyligi ham hisob bilmas. Sizning 
farzandu arjumandlaringiza janobning nazarlari tushibdur. Olloh Muzaffarxonga boylik 
barobarinda ikki qiz ham bermish. Muzaffarxon janoblari ikki o‘g‘lingiza oshiq bo‘lub, 
ularnida kuyav o‘g‘ul qilish ilinjida avval Ollohdan so‘ngra siz janobdan izn so‘raydurlar. 
Janobingizni, alalxusus, sovchi desangiz-da ma’qul bo‘laverar,— doktor Xudoyor 
shunday deb jilmaydi. 
Ertalabdan beri turli gumonu fikrlarga bandi bo‘lgan Asadbek uchun bu taklif kutilmagan 
edi. 
— Yuzma-yuz o‘tirib fikrlashmakka amr etilgani sababindan sizni bu yona chorladimki, 
ayb etmassiz. Agarchi bu taklifni ma’qul ko‘rsangiz, siz ham, Muzaffarxon janoblari ham 
tashvishlardan xalos bo‘lursiz. Ya’nikim, farzandlaringiz emin-erkin holda ilm olajaklar. 
Muzaffarxon esa qizlarini mo‘’min, solih farzandlarga beradur, qizlari Vatanda yashamoq 
sharafiga yetajaklar, inshoolloh. 
— Javobni hozir aytishim shartmi? — dedi Asadbek. 
— Yo‘q, aslo! — dedi doktor Xudoyor.— Bizning ixtiyorimizda bir kun vordur. Konferans 
ertaga xalos bo‘lajak. Men indin sabox ketajakman. 
— O‘g‘illarimning bu gaplardan xabarlari bormi? 
— Albatta. Ularda rizo. Siz rizo bo‘lsangiz, barcha to‘yga hozirdur. Siz o‘ylamangki, 
Muzaffarxonning qizlari Ovrupo qizlari kabidur, deb. Aslo, ular muslimadurlar. 
O‘zbekchani so‘zlamaknida, urf-odatnida mendan durust bilurlar. 
Doktor Xudoyor o‘rnidan turib stol ustidagi qog‘ozlar orasidan ikki varag‘ini olib, 
Asadbekka uzatdi: 
— Bu Olmoniyaga da’vatdur. Rizo bo‘lsangiz     ahli ayolingiz kuzatuvida borursiz. To‘yni 
avval atta qilurmiz. Rizo bo‘lmasangizda borursiz, Olmoniyani tomosha etursiz. Siz istak 
bildirurmisizki, hozir telefon qilib Muzaffarxon ila so‘zlashmakka? 
— Yo‘q, hozir emas. Ozgina o‘ylab olay. Agar imkon bo‘lsa, o‘g‘illarim bilan gaplashib 
olardim. 
— Cho‘x go‘zal fikr, afandim,— doktor Xudoyor telefon go‘shagini ko‘tarib, Olmoniya 
bilan ulashlarini iltimos qilib lozim raqamni aytdi. Buyurma qabul etilgach, Asadbekka 
yuzlandi: — To‘rt soat kutmog‘imiz zarur ekan. 
Unga qadar, mehmon, birga choy ichsak. Restoranda joy tayyor. Bir-ikki og‘aynilarni 
ham taklif etavering. Uyga borganingizda-ku, boshqacha kutardik. 
— Nasib... nasib...— dedi doktor Xudoyor.— Afandim, choy ichmakka men rizo. Faqat 
yuvinib olayin. 
Asadbek yarim soatdan so‘ng kirajagini aytib, xonasiga qaytdi-da, uyiga qo‘ng‘iroq qildi. 
Manzuraning savollariga qisqa qilib javob bergach, doktor Xudoyorning yo‘qlovidan 
maqsadini aytdi. 
Bu kutilmagan taklif Asadbekniki gangitdimi, Manzuraning ahvolini tasavvur etavering. 
Ko‘cha-ko‘ydami, tanish-bilishlar orasidami chiroyli qizlarni ko‘z ostiga olib yurgan, kelin 
tushirish, orzu-havas ko‘rish umidida yashayotgan ayolning barcha mo‘ljallari bir gap 
bilan puchga chiqarilsa nima ham deya olardi? Qizining qismati kammidi unga? Endi 
o‘g‘illari chet eldagi qizlarga uylanishsa... Kelin bo‘lmishlari xipcha bellarini tortib turgan 
shim kiyib kirib kelishsa... qonsiz yuzlariga obdon bo‘yoq chaplashsa... ulama kipriklari 
siyrak qoshlariga tegib tursa. Supurgi nimaligini bilishmasa, oshxona nimaligini 
bilishmasa... Restorandan beri kelishmasa... 
Manzura Muzaffarxonning qizlarini shunday tasavvur etib, badani jimirlab ketgan, shu 
bois eriga bir nima deya olmay jimib qolgan edi. 
— Ha, nafasing qaytib o‘lib qoldingmi? — dedi Asadbek, jahl bilan. 
Darrov javob qaytarmagani uchun Manzura bu qizlarni o‘zi topib, o‘zi bemaslahat kelin 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish