Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
bo‘ldi. Hatto telefon go‘shagini ko‘tarib, dastlabki raqamlarni terdi ham. Keyin «bu 
telefonda gaplashadigan gap emas» yoki «Men Olmoniyadan kelib, senga gap aytaman 
desamu sen telefonda oliftagarchilik qilasanmi?» deb qolsa yaxshi bo‘lmas, degan fikrga 
kelib, shashtidan qaytdi. Hozir go‘yo osmon ham, undagi tayyora ham qimir etmay 
turgan kabi tuyulib, yuragi siqildi-yu, qo‘ng‘iroq qilmaganiga afsuslandi. Keyin: «har 
holda yaxshi gap aytarkan-ku, yomon xabar bo‘lsa bir uchini chiqarardi...» deb o‘ziga 
o‘zi tasalli berdi. Tayyora bekasi nonushta bilan siylagach, mudroq bosib, suyanchiqni 
pastlatdi. 
Tayyora Asadbekning jismini Krasnoyardan tobora uzoqlashtirayotgan bo‘lsa-da, xayoli 
uni iziga qaytarardi. Avvaliga uni qabriston bo‘sag‘asida o‘sha qariya qarshiladi. 
Qarshiladi-yu, bosh chayqadi. «Men sening kimligingni bilaman. Shuning uchun 
so‘ramadim. Sen esa: «Nima uchun so‘ramadi-ya?» deb o‘ylab ham ko‘rmading» dedi. 
Asadbek «Men tijorat bilan kun ko‘raman», dedi. Qariya bosh chayqadi. «Tijorat — 
daraxtning barglari. Daraxtning tanasi bor, oziq oladigan ildizlari bor. Sendan 
qo‘rqaman. Sendaylar mana shu qamoqda bizlarga kun bermas edi». Qariya shunday 
deb teskari qaradiyu ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. So‘ng... o‘t bosgan qabrlar orasida otasi 
ko‘rindi. Bir qo‘lida chana, bir qo‘li bilan imlab chaqiradi: 
— Kelaqol toychoq, chanada uchiraman,— deydi. 
— Hozir yoz fasli, chanada uchilmaydi,— deydi Asadbek. 
Kelaver toychoq, uchiraman. Esingdami, oxirgi ko‘rishganimizda senga chana olib 
kelgan edim. Ammo uchirolmadim. Shu mening armonim. Kel, armonim ushalsin. 
— Qishda kelaman, uchirasiz. 
— Kel, albatta kelasan, uchiraman. Samandar ham shu yerda, onang ham shu yerda. 
Hammamiz bir bo‘lib uchamiz... Kel toychoq, kelaqolgin... 
Ko‘katlar yamlab yutganday otasi yo‘q bo‘ldi. 
— Ota!.. 
Asadbekning nafasi qaytdi. 
— Bek aka, Bek aka...— Chuvrindi yelkasiga asta turtib uyg‘otdi.— Yomon tush 
ko‘rdingizmi? 
— Alahsiradimmi, baqirdimmi? — dedi Asadbek qaddini rostlab. 
— «Ota!» dedingiz... Yarangiz yangilandi. Shunaqa tushlar ko‘rib turasiz endi. 
Tasalli uchun aytilgan bu gapni eshitib Asadbek bosh irg‘ab qo‘ydi. So‘ng bir oz sukut 
saqlab, Chuvrindidan so‘radi: 
— Sen ham tushingda otangni ko‘rasanmi? 
— Yo‘q. 
— Ko‘rmaganing ma’qul. 
— Nega? 
— Hali yoshsan... Vaqtiki kelib otangni tushingda ko‘rsangu, otang «kel bolam, otga 
mindiraman», desa ehtiyot bo‘laver. 
— Siz... shunaqa irim-sirimga ishonasizmi? Men ishonmayman. Umuman... men otamni 
tushimda ko‘rmasam kerak. Uning surati bo‘lganida ham, uni sog‘inib, qo‘msasam ham 
boshqa gap edi. 
— Yoshsan, Mahmud, ko‘p narsalarga aqling yetmaydi. Men Krasnoyarda bekor yotib 
o‘ylay-o‘ylay bir haqiqatning tagiga yetdim: biz bu dunyoda o‘zimizga xon, o‘zimizga 
bekmiz, deb kerilib yurarkanmizu, ammo o‘zimiz istagancha yashamas ekanmiz. Bizni 
qandaydir kuch boshqarar ekan. 
— Xudomi? 
— Balki Xudodir. Men buni bilmayman. Diniy ilmim bo‘lganida senga aniqroq bir narsa 
aytardim. Qaytganimdan keyin Sobitxon bilan uchrashsak, undan so‘raydigan savollarni 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish