www.ziyouz.com kutubxonasi
192
Ovoz tindi. Ammo Anvarning ruhiga egalik qilayotgan shaytoniy his uni o‘rnidan
turishga, choyshabni olib yirtishga undayverdi. Nihoyat, u o‘rnidan turdi-da, choyshabni
olib yirtdi. Arqon qilib eshdi. So‘ng eshik tomon yurdi. Ostonaga yetganida iziga qaytdi.
Qog‘oz-qalam olib yozdi. G‘ira-shirada yozayotgan xatlari beo‘xshov chiqayotganligiga
e’tibor ber- madi.
Tasodifni qarangki, uning yozganini o‘sha — yonog‘ida tukli xoli bor navbatchi hamshira
birinchi bo‘lib o‘qidi:
Boshginamga ag‘anagan, katta tog‘lar, alvido!
Men ketarman hasratlanib, ruhi sog‘lar alvido!
Bu dunyoning sho‘rishiga navnihollar tebraning,
Esliroq bog‘boni yo‘q, qoldi bog‘lar alvido!
Asqar Qosim.
Hamshira buni o‘qib, tushunmay yelka qisdi-da «qiziq, g‘irt jinni ekan-ku», deb qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |