hosil bo‘ladi. Tashqi va reaktiv kuchlar ta’sirida konstruksiya
17
o‘rinli bo‘ladi. Ikkinchi tomondan sistema tashqi kuchlar ta’sirida
muvozanatda ekanligi ma’lum bo‘lsa, statika tenglamalarini qo‘llab
noma’lum tayanch reaksiya kuchlarini aniqlash mumkin. Bu holda shuni
e’tiborga olish lozimki, tayanchlardagi noma’lum reaksiya kuchlarining
soni statika tenglamalari sonidan ortiq bo‘lsa, masala statik noaniq
bo‘lib, konstruksiya esa statik noaniq sistema bo‘lishi mumkin. Ushbu
sistemalarda tayanch reaksiyalarini topish uchun maxsus usullardan
foydalaniladi.
Ba’zi hollarda tashqi kuchlarni aktiv kuchlar, bog‘lanish reaksiya
kuchlarini reaktiv kuchlar deb ataladi. Aktiv va reaktiv kuchlari
birgalikda tashqi kuchlar deb ataladi.
Tashqi kuchlar ta’sirida (agar inshoot konstruksiyasi buzilmasa)
inshoot qismlari deformatsiyalanadi. Bu hol inshootning
deformatsiyalanish jarayonida unga qarshilik ko‘rsatuvchi ichki
kuchlarning paydo bo‘lganligini anglatadi.
Ichki kuchlarning hosil bo‘lishini ko‘z oldimizga keltirishimiz
uchun jismni prujinalar yordamida tutashtirilgan alohida-alohida
zarrachalar to‘plamidan iborat deb qarashimiz kerak bo‘ladi (1.8-rasm).
1.8-rasm. Ichki kuchning modeli.
Zarrachalar orasidagi boshlang‘ich masofa o‘zgarmasa, ya’ni
tashqi kuchlar ta’sir etmaganda, mos ravishda deformatsiya va
prujinalardagi zo‘riqish nolga teng bo‘ladi. Sistemaga tashqi kuchlar
ta’sir etganda zarrachalar orasidagi masofalar o‘zgaradi, ular orasidagi
bog‘lanish vazifasini o‘tovchi prujinalar cho‘ziladi yoki siqiladi, bu hol
sistemaning deformatsiyalanish jarayoniga ko‘rsatayotgan qarshiligini
bildiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu qurilgan model (1.8-rasm)
tutash muhit gipotezasiga (jismni yaxlit butunligiga) mos kelmaydi,
biroq holatni tushuntirishga qulaydir. Ta’sir etayotgan kuchni
ko‘paytirish yoki kamaytirish natijasida prujinaning uzunligi
proporsional ravishda o‘zgaradi. Ushbu holat R.Gukga 1660 yilda
18
materiallar qarshiligi, elastiklik nazariyasi fanlari uchun asos bo‘lgan
quyidagi qonunni bayon qilishga olib keldi: «Kuch qanday bo‘lsa,
cho‘zilish ham shu kabidir». Ushbu tasdiq keyinchalik Guk qonuni deb
aytila boshlandi.
Ma’lum chegaragacha cho‘zilgan yoki siqilgan prujinalar, kuch
olinishi bilan o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytadi va bu hol ko‘p
marta qaytarilishi mumkin. Bu holda material elastiklik bosqichida
ishlamoqda yoki «Guk qonuniga bo‘ysunmoqda» deyiladi. Agar prujina
ma’lum bir qiymatdan ortiq cho‘zilsa yoki siqilsa, kuch ta’siri
to‘xtatilgandan so‘ng boshlang‘ich holatga qaytmaydi, balki «qoldiq»
cho‘zilish (siqilish) deb ataluvchi masofaga farq qiladi. Ushbu holatda
prujina materiali elastiklik bosqichidan tashqarida (Guk qonuni ta’sir
doirasidan tashqarida) ishlamoqda deyiladi. Deformatsiyaning juda katta
qiymatlarida modeldagi prujina uziladi, bu hol materialning buzilishini,
ya’ni mustahkamligi yetmaganligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: