P
1
, P
2
… P
n
kuchlar sistemasi ta’sirida muvozanatda bo‘lsin (1.9-rasm).
Bir tekislikda yotuvchi tashqi kuchlar sistemasi deganda shakl
tekisligida yotuvchi barcha kuchlarni tushunamiz.
Ichki kuchlarni aniqlash uchun sterjen o‘qiga perpendikulyar
bo‘lgan
I–I
kesim o‘tkazib, sterjenni ikki bo‘lakka ajratamiz. Sterjenning
chap yoki o‘ng qismini tashlab yuborib, tashlab yuborilgan qismi
ta’sirini ichki kuchlar sistemasi orqali almashtiramiz (1.9b-rasm).
Odatda sterjenning tashqi kuchlar ko‘proq qo‘yilgan qismi tashlab
yuboriladi. Kesilgan kesimda hosil bo‘lgan ichki kuchlar, ko‘ndalang
kesim tekisligi bo‘ylab ixtiyoriy ravishda yo‘nalgan bo‘ladi. Bu ixtiyoriy
kuchlarning soni cheksiz ko‘p bo‘lganligi uchun ular bilan ishlash ko‘p
noqulayliklarni tug‘diradi. Shuni e’tiborga olib bu kuchlar sistemasini
nazariy mexanika fanidan ma’lum bo‘lgan, bosh vektor
R
va bosh
moment
M
ga keltiriladi (1.9d-rasm). Bu bosh vektor
R
va bosh moment
M
lar kesimning og‘irlik markaziga (O nuqtaga) qo‘yiladi. Bosh vektor
19
R
ni sterjen o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ylama N va unga tik yo‘nalgan
ko‘ndalang Q tashkil etuvchilarga ajratamiz. (ya’ni z va y o‘qlariga
proeksiyalarini olamiz). Hozircha
M
ni tashkil etuvchilarga ajratmasdan,
faqat
R
ni ajratdik. Bo‘ylama tashkil etuvchi
N
ni – bo‘ylama ichki kuch,
ko‘ndalang tashkil etuvchi
Q
ni ko‘ndalang ichki kuch deb ataymiz.
1.9-rasm. Kesish usuli:
a) muvozanatdagi sterjen; b) qoldirilgan qism;
d) ichki kuchlar bosh va bosh momentga keltirilgan.
Shunday qilib, bir tekislikda yotuvchi tashqi kuchlar ta’siridan
umumiy holda uchta ichki kuch
M, Q, N
lar
paydo bo‘ladi.
Sterjenning qoldirilgan qismi, unga ta’sir qilayotgan tashqi
kuchlar va
1–1
kesimga qo‘yilgan ichki kuchlar ta’sirida muvozanatda
bo‘ladi. Statikaning muvozanat tenglamalariga asosan yozishimiz
mumkin:
∑
X
k
= 0;
∑
X
k
= 0;
∑
Z
k
= 0;
∑
M
0k
= 0
(1.1)
Ushbu tenglamalarni tuzib
I–I
kesimda hosil bo‘lgan ichki
kuchlarni topamiz:
∑
Z
k
= N +
Σ
P
z
* = 0,
N = –
∑
P
z
*,
0
P
1
P
3
P
2
P
4
P
5
I
P
4
P
4
P
5
P
5
z
y
R
N
M
Q
a)
b)
d)
20
∑
Y
k
= Q +
∑
P
y
* = 0,
Q = –
∑
P
y
*, (1.2)
∑
M
0k
= M +
∑
M
0
(P*) = 0, M = –
∑
M
0
(P*).
Bu yerda,
∑
P
z
* – sterjenning qoldirilgan qismiga ta’sir etuvchi barcha tashqi
kuchlarning bo‘ylama o‘qdagi proeksiyalari yig‘indisi;
∑
P
y
* – sterjenning qoldirilgan qismiga ta’sir etuvchi barcha tashqi
kuchlarning ko‘ndalang o‘qdagi proeksiyalari yig‘indisi;
∑
M
0
(P*) – sterjenning qoldirilgan qismiga ta’sir etuvchi barcha
tashqi kuchlardan kesim og‘irlik markaziga nisbatan olingan momentlar
yig‘indisi.
Bu yerda (1.2) ifodadagi (–) ishora sterjenning ko‘rilayotgan
qismiga ta’sir etayotgan ichki kuchlar vektorining yo‘nalishi, tashqi
kuchlar vektori yo‘nalishiga qarama-qarshi ekanligini bildiradi.
Shunday qilib, bo‘ylama ichki kuchlar
N
va ko‘ndalang ichki
kuchlar
Q
mos ravishda sterjenning qoldirilgan qismiga ta’sir etuvchi
tashqi kuchlarning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlardagi proeksiyalari
yig‘indisiga teng ekan. Ichki kuchlar momenti
M
esa sterjen qoldirilgan
qismi kesimining og‘irlik markaziga nisbatan tashqi kuchlardan olingan
momentlari yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |