Davlat tilida ish yuritish


I.  Leksik  birliklar  sinonimiyasi



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

I.  Leksik  birliklar  sinonimiyasi
  (Sinonim  so‘zlar)  Shakli  har  xil,  ammo 
ma’nosi bir xil bo‘lgan so‘zlar sinonim so‘zlar deyiladi. Sinonimik qator ikki yoki 
undan ortiq so‘zdan  iborat  bo‘ladi. Masalan, 
gul, chehcak;   kasal, bemor,  betob, 
tobi yo‘q, mazasi yo‘q. 
 
Uslubiy  jihatdan  olganda,  o‘bek  tilidagi  so‘zlar  uslubiy  betaraf  va  uslubiy 
xoslangan  so‘zlar  guruhiga  bo‘linadi.  Uslubiy  betaraf  so‘zlar  barcha  uslublarda 
barobar  qo‘llanaveradi.  Masalan, 
suv,  non,  qor,  dala,  daraxt,  daryo,  dengiz, 
o‘rmon, tog’, katta, kichik, past, baland, qizil, bir, ikki,  o‘n, uch, yuz, ming, bu, 
shu, men, cen, hozir, kecha, faqat, lekin, uxla, erta, avval, yur, tur
 va hakazo. 
Uslubiy  xoslangan  so‘zlar  uslubning  ma’lum  bir  turiga  oid  bo‘ladi  va  shu 
uslub  chegarasidagina  faol  ishlatiladi.  Uslubiy  xoslangan  so‘zlar  kitobiy,  badiiy, 
oddiy so‘zlashuv turlariga bo‘linadi xolos.   
Kitobiy so‘zlar sinonimiyasiga publitsistik, ilmiy va rasmiy uslubdagi so‘zlar 
kiradi.  
Sinonim  so‘zlardan  turli  nutq  uslublarida  foydalanish  ularning  hissiy 
bo‘yoqdorligiga  ham  bog’liq  bo‘ladi.  Masalan, 
gul
  so‘zi  betaraf  so‘z  bo‘lsa, 
chehcak 
asosan badiiy uslubda ishlatiladi. Ilmiy uslib: 
Gul– bir necha oulalarga 
bo‘lingan, bir  yillik va  ko‘p  yillik  o‘simlik  bo‘lib, tabobat,   kosmetologiya, oziq-
ovqat,  dizayn-dekoratsiya  sohalarida  ko‘p  ishlatiladi
.  Rasmiy-idoraviy  uslub: 
Obodonlashtirish  boshqarmasi  bayramgacha  1 000 000  tup  gul  ko‘chati 
o‘tqassin. 
So‘zlashuv  uslubi: 
Gul  olgani  gulbozorga  bordim
.  Badiiy  uslub: 
Gul-
chehcakning muattar hidi, go‘zallikdan mast etar ko‘zni. 
 
 
  Sinonimk  qatordagi  so‘zlar  hozirgi  adabiy  til  nuqtayi  nazaridan  eskirgan 
bo‘lishi  mumkin.  Masalan, 
xursandlik,  sevinch,  quvonch,  shodlik,  surur,  farah, 
behbudlik 
sinonimik  qatoridagi 
farah,  surur,  behbud
  so‘zlari  eskirgan 
hisonlanadi.  Xuddu shu so‘zlar qatori uslubiy jihatdan ham farqlanadi. Jumladan, 
xursand
  ozi  betaraf  so‘z  bo‘lib,  barcha  uslubda  qo‘llanishi  mumkin. 
Shodlik, 
quvonch
  ilmiy  uslibda  (
Shodlik,  quvonch–  kishi  qalbida  tug’iladigan    tuyg’ini 
ifodalaydgan,  estetik  kategoriyani  ahglatadigan  falsafiy  tushunchadir. 

Farah, 
surur,  behbud
 badiiy uslubda ko‘proq ishlatiladi( 
Farah baxsh etgan kunlar ortda 
qolib,  qishning  ayozli  sovug’i  boshlandi.  Ko‘klamingdan  olib  sururni  dovrug’ 
soldi ustoz Olimjon. Abdulla Oripov.
).   
Bundan  tashqari  sinonim  qarotdagi  so‘zlar  adabiy  til  va  shevaga  xos  
so‘zlarga  bo‘linishi  mumkin.  Masalan, 
ovoz,  tovush,  sado,  sas
  sinonimik 
qatoridagi 
sas 
yoki   
qidirmoq,  axtarmoq,  izlamoq,  istamoq 
sinonimik  qatoridagi 
istamoq
  so‘lari  shevaga  xos  bo‘lib,  uslub  jihatdan  so‘zlashuv  uslubiga    to‘g’ri 
keladi. 


 
53 
Sinonimik qatordagi so‘zlarni qaysi nutq uslubiga oidligini aniqlash uchun 
avvalo  qatorning  chegarasini  (  shu  qatorga  kiruvchi  so‘zlarning  sonini)belgilash 
lozim.  Buning  uchun  sinonimik  qatordagi  bosh  so‘zni  aniqlanadi.  Bosh  so‘z 
sinonimik  qatordagi  barcha  so‘zlarning  umumiy  ma’nosini  aniq  anglatadi. 
Masalan, 
chiroyli, go‘zal, husndor, xushro‘y, ko‘hli, ko‘rkam, barno, zebo, suluv, 
latofatli,  sohibjamol
  sinonimik  qatorning  umumiy  ma’nosi  husni  odatdagidan 
ortiq, hunukning aksi ekanligini anglatmoqda.
 “
Chiroyli”
 uslubiy jihatdan betaraf 
so‘zdir.  Bu  so‘z  odamga  va  jonsiz  narsalarga  nisbatan  ham  qo‘llanadi.  Lekin  u 
badiiy uslubda husndor, husnli kabi qolgan so‘zlar bilan kishiga nisbatan aytiladi.  
Bosh so‘z hozirgi adabiy tilga mansubligi, hissiy bo‘yoqdorligi va uslubga 
ko‘ra betarafli, ko‘p qo‘llanishi bilan xarakterlanadi.  
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,  leksik birliklar  sinonimiyasidan nutq  
uslublarida  foydalanishda  ulaning  bosh  so‘zini  aniqlab,  so‘ngra  tegishli  uslubda 
qo‘llash kerak.   

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish