Davlat tilida ish yuritish



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

farmon, qaror,  farmoyish, buyruq, aloqa xati, akt, bildirishnoma, 
ma’lumotnoma,  xabarnoma,  guvohnoma,  bitim,  bayonnoma,  hal  qiluvchi  qaror, 
aybini  og’irlashtiradigan  xato,  ahdlashuv,  elchi,  elchixona,  muxtor  elchi, 
ishonchli  vakil,  notariyus,  shartnoma,  bayonot,  deklaratsiya,  vizit,  xalqaro 


 
49 
vaziyat, rasmiy tashrif, nizom, memorandum
 va hakozo. Mazkur uslubdan ko‘poq 
ma’muriy-boshqaruv,  huquq-iqtisod  va  adliya  sohalarida  qo‘llanilgani  uchun  u 
ko‘p  janrli uslub sanaladi. 
 
Bu  uslubda  jargonlar,  og’zaki  so‘zlashuv  uslubiga  hos  so‘zlar, 
dialektizimlar,  emotsional-ekspressiv  bo‘yoqqa  ega  bo‘lgan  so‘zlar  deyarli 
ishlatilmaydi.  Bu  narsa  tanlangan  so‘zlarning  va  hatto  gap  qurilishining  rasmiy 
munosabatini ifodalashga bo‘ysundirilganligi bilan izohlanadi. 
 
Rasmiy  ish  qog’ozlari  uslubida  eskirgan  so‘z  va  iboralar  o‘rni  bilan 
ishlatilishi  mumkin.  Masalan: 
janob,  hazrati  oliylari,  janobi  oliylari,  yuqori 
martabali  mehmon,  shoh,  shahzoda,  malika
  kabi.  Bu  kabi  so‘z  va  iboralarni 
ishlatish  hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili  uchun  xos  bo‘lmasa  ham  ularni  qo‘llashda 
murojaat  qilinayotgan  tomon(adresatning)  va  qolaversa,  xalqaro  munosabat 
xususiyatlari e’tiborga olinadi.  
 
Ushbu uslubning grammatik o‘ziga xos tomonlari quyidagilarda ko‘rinadi: 
1.  Tilga  olinayotgan  kishilar  o‘z  nomi  bilan  atalmasdan,  buning  o‘rniga 
ularning  belgisi  yoki  biror  harakati,  bir  narsaga  munosabatini  ifodalovchi  otlar 
ishlatiladi: 
ijrochi,  direktor,  vazir  o‘rinbosari,  tashkilot  rahbari,  uyni  ijaraga 
oluvchi,  o‘g’il  qilib  oluvchi,  guvoh,  davogar,  javobgar,  o‘quvchi,  ishchi 
va 
boshqalar. 
2.  Noaniqlikka  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida,  odatda  otlar  olmosh  bilan 
almashtirilmaydi.  Masalan, 
korxonalar,  muassasalar,  firmalar,  tashkilotlarning 
ma’muriyati  ishchi  va  xizmatchilarining  ishlab  chiqarishini  boshqarishda 
qatnashishini  ta’minlaydigan  shart-sharoitlar  yaratib  bermoqliklari  zarur.
  
Mazkur  gapdagi  “
korxonalar,  muassasalar,  firmalar,  tashkilotlarning”
  so‘zlari 
uyushib  kelmoqda.  Ularning  o‘rniga  so‘zlashuv  uslubiida  bitta 
“ular”
  so‘zini 
qo‘shlash  mumkin.  Ammo  rasmiy  uslubda  bunday  qilib  bo‘lmaydi.  Chunki,  o‘z 
mohiyatiga ko‘ra, korxona, firma, muassasa va tashkilot alohida subyektdir.  
3. Ot va fe’lning ishlatilishi boshqa uslublarga qaraganda ko‘pdir. Masalan, 
Men, Ahmedov Ravshan Farg’ona shahar, Ma’rifat mahallasi, Bobur ko‘chasida 
yashayman.
  Mazkur  gapda  8  ta  ot,  1  ta(men)  olmosh,  1  ta  fe’l  qatnashmoqda. 
Shuningdek,  fe’lning  o
ldini  olish,  chora  ko‘rish,  aybni  ochish,  hukm  chiqarish, 
kabi  harakat  nomi
;  ko‘riladi,  bajariladi,  boriladi 
kabi  majhullik  nisbati; 
  shart, 
berilsin,  bo‘shatilsin,  tayinlansin
  singari  buyruq-istak  mayli  shakllri  faol 
qo‘llaniladi. 
4.  Bu  uslubda  uuyushiq  bo‘lakli  sodda  gaplar  keng  qo‘llanib,  ayrim 
o‘rinlarda bo‘laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin. 
5. Qo‘shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo‘shma gaplardan keng 
foydalaniladi  va  bu  bilan  gap  qo‘llash  tartibi  ilmiy  uslubga  o‘xshab  ketadi. 
Masalan: 
agar  kassasion  shikoyat-protest  berishda  shu  kodeksning  313-moddasi 
va 314-moddasining talablari buzilgan bo‘lsa, yoki davlat bojini to‘lashdan ozod 
qilinmagan  shaxs  davlat  bojini  to‘lagan  bo‘lsa,  kassasion  shikoyat  yoki  protest 
harakatsiz qoldiriladi.
 
6.Bu  uslubda  sonlar,  jadval  va  chizmali  shakllar  ham  qo`llaniladi.  Ayniqsa, 
ma’muriy-moliyaviy-iqtisodiy  yo`nalishdagi  hujjatlarda  gaplar  sonlar  va 
jadvalarga nisbatan kam bo`lishi mumkin.     


 
50 
Rasmiy-idoraviy uslub yordamida turli xatlar yoziladi. Mazkur xatlar korxona, 
tashkilot  zimmasidagi  vazifalarni  amalga  oshirishda  muhim  o‘ringa  ega  bo‘lib, 
uni  tayyorlash  bir  muncha  qiyinchiliklarga  ega.  Bu  qiyinchiliklar  avvalo  barcha 
rasmiy xatlarning  rasmiy til uslubida bo‘lishi bilan bog’liq.  
 
Rasmiy  xatlarni  tayyorlash  va  rasmiylashtirish  eng  avvalo  davlat  tilining 
barcha  me’yoriy  qonun-qoidalarini  bilishlikni  talab  qiladi.  Har  bir  rahbar, 
boshqaruv  muassasalarining  xodimlari,  umuman  olganda  esa,  faoliyati  ish 
qog’ozlari  bilan  bog’liq  har  bir  xodim  o‘zbek  tilining  imlo  qoidalarini,  tinish 
belgilarini,  uslubiy  talablarini  bilishi  zarur.  Busiz  aniq, lo‘nda  va  mantiqli  hujjat 
tayyorlab bo‘lmaydi. Qisqasi, xatlarni o‘zbek tilining imkoniyatidan kelib chiqib 
tashkillash kerak. 
 
Rasmiy xat tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto, fe’l bilan 
ifodalanuvchi  harakat  va  holatlar  ifodasi  uchun  ham  otga  yaqin  so‘z  shakllari 
tanlanadi,  fe’lning  harakat  nomi  shaklidan  keng  foydalaniladi.  Masalan: 
“…bayramga  tayyorgarlikning 
borishi 
haqida  …”,  “qarorning 
bajarilishi
”, 
“…maqsadida  amaliy  yordam 
berishingizni
  so‘rayman.”,  “…darsliklar  bilan 
ta’minlash
 maqsadida…”, “…
yuborish
 uchun…” va hakazo. 
 
Fe’l  shakllarining  qo‘llanishida  ham  bir  muncha  o‘ziga  xosliklar  bor. 
Chunonchi,  majhullik  nisbatidagi  3-shaxs  buyruq-istak  maylidagi  yoki  o‘tgan 
zamon  va  hozirgi-kelasi  zamondagi  so‘zlarning  ishlatilishi  ko‘proq  uchraydi: 
topshirilsin, qo‘llanilsin, amalga oshirilsin, tayinlansin, tasdiqlansin, tayinlansin, 
bo‘shatilsin,  qaror  qilindi,  tayinlandi,  eshitildi,  ta’kidlandi,  ko‘rsatib  o‘tildi, 
ogohlantirildi
 kabi.  
Xatlarda gap qurilishi uchun, odatda, tayyor qoliplardan keng foydalaniladi. 
Masalan, “
Sizga …ni ma’lum qilamiz”, “… haqiqatdan ham yashaydi”, “bajarish 
maqsadida”,  “…ga  asosan  buyuraman”,  “…ga  kafolat  beramiz”,  “…ni  ko‘rib 
chiqib amaliy yordam berishingiz topshiriladi”
 kabi.  
 
Bu  kabi  tayyor  sintaktik  qoliplardan  foydalanish  xatlarni  tayyorlash 
jarayonini  va  ularning  mazmuni  tegishli  shaxs  idrokiga  tezroq  singishini 
ta’minlaydi. 
 Xatlarning  axborot  sig’imini  kuchaytirish  maqsadida,  fikrni  teran,  aniq, 
lo‘nda bo‘lishi muhimdir. Shuning uchun xat tilining ortiqcha so‘z va iboralardan 
tozalash,  turli  qaytaqiqlardan  holi  bo‘lishi  maqsadga  mos  keladi.  Hatto  ba’zi 
umum  ma’noga  ega  bo‘lgan  shartli  qisqartmalardan  foydalanish  mumkin. 
Masalan:  professor  –  prof.,  kilometr  –km,  shu  kabi–  sh.k.,  …va  hakazo–h.k, 
vazifasini bajaruvchi – v.b. ba boshqalar.  

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish