1
Y.SOLIJONOV, Q.YO‘LCHIYEV, A.YO‘LCHIYEVA
NUTQ
MADANIYATI
VA
DAVLAT
TILIDA
ISH
YURITISH
O‘quv- uslubiy qo‘llanma
HAYOT” nashriyoti
ANDIJON – 2010
2
Mualliflar: Solijonov Yo‘ldoshxo`ja, filologiya fanlari doktori.
Yo‘lchiyev Qahhor Vahobovich, Farg’ona davlat universiteti filologiya
fakulteti, o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi.
Yo’lchiyeva Aziza Bahodirovna, Farg’ona tibbiyot kolleji “Ona tili va
adabiyoti” fani o‘qituvchisi.
Taqrizchilar: S.Mo‘minov, Farg`ona davlat universiteti filologiya fakulteti,
o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori.
T.Abdukarimov, Farg`ona davlat universiteti filologiya fakulteti, o‘zbek
adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
A.L.Gochadze, Farg’ona tibbiyot kolleji direktorining o‘quv ishlari
bo‘yicha o‘rinbosari, kasb-nunar ta’limi a’lochisi, oily toifali o‘qituvchi.
Qo’llanma Farg’ona tibbiyot kolleji ilmiy-pedagogik kengashi(2007-yil 6-
noyabr, 2-yig’ilish bayonnomasi) hamda Farg’ona davlat universiteti Ilimiy
kengash yig’ilishida(2007 yil 4-dekabr, 4-yig’ilish bayonnomasi) muhokama
qilinib nashrga tavsiya etilgan.
Mazkur qo‘llanma o‘quv dasturi asosida, mavzular ketma-ketligi saqlangan
holda ishlab chiqilgan. Qo‘llanma kasb-nunar kolleji va akademik litsey
o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda shu
paytgacha amaliyotda bo‘lgan adabiyotlardan foydalanilgan. Shuningdek,
qo‘llanmaga mualliflarning o‘z
kuzatishlari, ilmiy izlanishlari ham kiritilgan.
ISBN 978-9943-315-25-9
©
Y.Solijonov va boshqalar. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish.(O’quv-uslubiy qo’llanma). Andijon.
“Hayot” nashriyoti. 2010.
3
SO‘Z BOSHI
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng mamlakatimizda tub islohotlar amalga
oshirila boshlandi. Ayniqsa, davlat tilining joriy qilinishi, so‘z va uning
qo‘llanishiga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi natijasida davlat idoralari va
aholi
orasida nutq madaniyati, davlat tilida ish yuritish ko‘nikmasining zamonaviy
ko‘rinishiga qiziqish kuchaydi. Shuning uchun mamlakatimizdagi oily o‘quv
yurtlari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv rejalariga “Nutq
madaniyati va davlat tilida ish yuritish” fanidan o‘quv mashg’ulotlari kiritildi. Bu
esa har bir sohaga mos ravishda nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish
dasturi hamda o‘quv qo‘llanmalari bo‘lishini talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlarining O‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi standarti qismida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
bitiruvchilariga
qo‘yiladigan
talablar
ko‘rsatilgan.
Unda
tayyorlov
yo‘nalishlarining ixtisosliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustaqil ravishda
puxta o‘zlashtirish, ularni ixcham va tushunarli qilib izohlash, fikr-mulohaza
bildirish, mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrlarni yozma va og’zaki ravon bayon
etish malakalarini shakllantirish, o‘zbek tilini mukammal bilish, davlat tilida
yozma va og’zaki ravishda erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikmalariga erishish,
zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ishlash, kasb va ixtisoslikka doir
ma’lumotlarni izlab topishning qulay usul va vositalarini aniqlashda davlat tilidan
foydalaish kabi talablar ko‘rsatilgan.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimi o‘quvchilari orasidagi mazkur
nuqsonlarni bartaraf etishga hamda so‘nggi yillardagi yangi adabiyotlarga, o‘quv
qo‘llanmalariga bo‘lgan ehtiyojni qisman bo‘lsa-da qondirish maqsadida ushbu
risola yaratildi. Unga kiritilgan mavzular mualliflar tomonidan amalda
foydalanilgan. Mazkur qo‘llanma o‘quv dasturi asosida, mavzular ketma-ketligi
saqlangan holda ishlab chiqilgan. U kasb-hunar kolleji va akademik litsey
o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda shu paytgacha amaliyotda bo‘lgan
adabiyotlardan foydalanilgan. Shuningdek, unga mualliflarning o‘z kuzatishlari,
ilmiy izlanishlari ham kiritilgan.
Qo‘llanma bo‘yicha fukr-mulohazalarni quyidagi manzilga yuborishingiz
so‘raladi: Farg’ona shahri, Ozodlik kochasi, Farg’ona
tibbiyot kolleji, 225-29-00.