4
I. BO‘LIM. TIL VA NUTQ
1-
MAVZU.
KIRISH. TILNING IJTIMOIY MOHIYATI
REJA
:
1.
Fanning maqsad va vazifalari.
2.
Til aloqa vositasidir.
3.
Til va tafakkur.
4.
Til va nutq.
Tayanch so‘z va iboralar:
fanning maqsadi, predmeti, til, tafakkur, nutq,
aloqa vositasi, so‘zlashuv jarayoni.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh maqsadlaridan biri har tomonlama
yetuk mutaxassislarni tarbiyalash va tayyorlashdan iboratdir. Bu esa nutq
madaniyatini to‘la egallash, madaniy nutq tuzish malakasiga ega bo‘lishni taqazo
etadi. Malaka bo‘lmas ekan, namunali nutq tuzib bo‘lmaydi. Malakali nutq
doimiy va izchil mashqlarni, uzluksiz faoliyatni talab etadi. Shuning uchun o‘rta-
maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimiga “Nutq madaniyati va davlat tilida ish
yuritish” fani kiritilgan.
“Nutq madaniyati” so‘z birikmasining lug’aviy ma’nosi ikki so‘zga
bog’liqdir. “Nutq” so‘zi “fikrni so‘z orqali ifodalash qobiliyati, mahorati,
amaldagi til, so‘zlashuv jarayonidagi so‘z” degan ma’noni bildiradi. “Madaniyat”
so‘zi o‘qimishlilik, ziyolilik, tarbiya ko‘rgan kabi ma’nolarni anglatadi. Demak,
“nutq madaniyati” atamasi so‘zlashuv jarayonida chiroyli so‘zlashish, fikrni aniq,
tushunarli va ta’sirli qilib bayon etish kabi ma’nolarni anglatadi.
“Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish” fani esa o‘quvchilarning
nutqiy savodxonligini oshirish, ularga namunali nutq tuzishni o‘rgatish,
madaniyatli nutq malakasini shakllantirish, davlat tilida ish yuritish, hujjat
tayyorlash malakasini shakllantirish kabi maqsadlarni amalga oshiradi.
Fanning markazida til normalari, ish yuritishdagi til birliklaridan
foydalanish, hujjatlarni tashkil etish turadi.
Bundan tashqari “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish” fani ona tili
va adabiyoti, tarix, falsafa, estetika, psixologiya, ma’naviyat asoslari, shaxs va
jamiyat, huquqshunoslik, milliy istiqlol g’oyasi kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Mazkur fan eng avvalo ona tili va adabiyoti, rus tili, ingliz tili, odobnoma,
ma’naviyat asoslari fanlarini ham yaxshi bilishni talab etadi.
Nutq madaniyatining asosini til tashkil etadi. Tildan o‘z maqsadimiz, fikr-
mulohaza, kechinma, taassurotlarimizni suhbatdosh, tinglovchi yoki o‘quvchiga
yetkazish maqsadida foydalanamiz. Bunga til va til birliklari, paralingvistik
vositalarni ishlatamiz. Shunigdek, qo‘l alifbosi, ko‘rlar alifbosi, morze alifbosi,
yo‘l qoidalari belgilari, bayroq vа raketa orqali amalga oshiriladigan singnallar,
matematik, ximik, fizik ramzlar kabi aloqa vositalari ham mavjud. Lekin
bularning qo‘llanish doirasi chegaralangan bo‘lib, tildan keskin farq qiladi. Til
faoliyatining kengligi, hamma sohada ham barobar foydalanish imkoniyati
borligi, qulayligi bilan aloqa vositalari ichida ajralib turadi. Demak, til
kishilarning eng muhim aloqa vositasidir.
Til oddiy aloqa vositasigina emas. Til –
аloqaning kishilik shaklidir. Odamlardan boshqa jonzotlar muomalasida til
5
vositasidan foydalanilmaydi. Til faqat kishilarga xos bo‘lib, u faqat kishilar
aloqasi uchun xizmat qiladi. Aslida til kishilik jamiyati tomonidan o‘zaro aloqaga
kirishish ehtiyoji natijasida yaratilgan. Tilning ijtimoiy tabiiyati ayrim shaxslarni
emas, balki jamiyat mavjudligini taqazo etadi. Ya’ni til bo‘lishi uchun kishilik
jamiyati bo‘lishi shart. Masalan, bola odamlardan alohida holda yashasa, unda
tilga ehtiyoj bo‘lmaydi. U o‘z munosabatini hayvoniy instinktlar yordamida
ifodalashi mumkin. Ammo, so‘zlolmaydi. Bunga tarixdan ko‘plab misollar
keltirish mumkin.
1920 yilda Hindistonda ovchilar bir joyda ikki bo‘ri bolasi va ikki qizchaga
duch keladilar. Qizlar o‘zlarini bo‘ri sifat tutardilar. Gapirishni bilmasdilar.
Ularda tabiiy hodisalar – ovqatlanish, nafas olish, rivojlanish kabilar kuzatilgan,
ammo ijtimoiy hodisa, ya’ni til rivojlanmagan. Ularni “ijtimoiyilashtirish”
jarayoni qiyin kechgan. Shunda ham ular yaxshi fikr yuritmaganlar va to‘rt yil
davomida bor-yo‘g’i 50 ta so‘zni o‘rganganlar xolos.
Tilning ma’lum informatsiya ifoda qilib, suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatishi
uning eksressiv funksiyasi hisoblanadi. Xabar, sezgi va his-tuyg’u, xohishni ifoda
qilish birgalikda tilning ekspressiv vazifasiga kiradi. Bunda turli til vositalaridan,
masalan, ritorik so‘roq, modal so‘zlar, grammatik tartib kabilardan foydalaniladi.
Til kishilarning aloqa vositasigina bo‘lmay u millatlararo tajriba almashish,
to‘plangan bilim va ko‘nikmalarni kelajak avlodga yetkazish vositasi hamdir. Bu
tilning akkummulyativ(lotincha—to‘plash) funksiyasi hisoblanadi.
Tilning funksiyalarini uning jamiyatdagi kishi ongi va fikrlash qobiliyati
bilan aloqasini aniqlamay turib chuqur anglab bo‘lmaydi.
Til bilan tafakkurning munosabati nihoyat darajada murakkab protsess
bo‘lib, uni falsafa, tilshunoslik, psixologiya kabi fanlar ham o‘rganadi. Nutq
madaniyatida tafakkur tilning ajralmas qismi sifatida olinadi.
Kishi dunyoni ko‘rish, eshitish, sezish, ta’m bilish, hid bilish, o‘rganish orqali
anglaydi. Ana shu anglangan narsa tafakkur hisoblanadi, lekin u hali bizning
ongimizdan tashqariga chiqmagan. Agar uni bayon qilmoqchi bo‘lsak, tildan
foydalanamiz va ongimizdagi anglangan tushuncha moddiylashadi. Xulosa
qiladigan bo‘lsak, biz dunyoni ko‘rib, tushunib u haqda fikr yuritsak bu taffakur
hisoblanadi. O‘sha fikrni kimgadir izhor qilsak, u moddiylashadi. Bir so‘z bilan
aytganda, tilning asosi ong, tafakkurning moddiy qobig’i tildir. Til birliklarisiz
fikr shakllanmaydi. Bu hol fikrni til nuqtaiy nazaridan o‘rganishni taqazo etadi.
Til inson nutqiy faoliytining umumiy bazasi bo‘lib, unda aloqa vaqtida kerak
bo‘ladigan tovush, so‘z, ibora, gap kabi birliklar saqlanadi. Ulardan amalda
foydalanish jarayoni nutq deyiladi. Til vositalaridan foydalanilmay qolish hududi
til deyiladi. Demak, til aloqa jarayonida kerak bo‘ladigan va juda qadim
zamonlardan beri to‘plangan vositalar majmui, nutq esa ulardan lozim paytida
foydalanish jarayonidir. Shuning uchun ham “nutq” so‘zining ma’nosi “so‘z”,
“ma’no” degan tushunchalarga tengdir.
Til va nutqning o‘zaro faqli tomonlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:
1. Til aloqa materiali, nutq esa shaklidir.
6
2. Tilning umri xalq umri bilan baholanadi, nutqning umri esa og’zaki nutqda
nutq jarayonining o‘zinigina qamrab oladi. Yozma nutqning umri biroz uzun
bo‘lishi mumkin, ammo tilning umrichalik uzoq bo‘la olmaydi.
3. Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq bo‘ladi.
4. Til asosan turg’un, nutq esa o‘zgaruvchandir.
5. Til bir millatga tegishli bo‘ladi, nutq egasi esa bir kishiga xos bo‘ladi.
Til va nutqning orasida bir qancha farqli tomonlar bo‘lishiga qaramay ular
bir-biriga bog’liqdir.
Umuman olganda, til kishilarning o‘zaro aloqa vositasidir. Lekin u
tafakkursiz amalga oshmaydi. Shuningdek, til birliklaridan foydalanish nutq
deyiladi. Bir-biriga yaqin bu tushunchalar birdek tuyulsada, aslida ular alohida,
o‘ziga xos tarzda mavjud bo‘ladi. Ularning o‘z taraqqiyot yo‘li, ichki qonuniyati,
rivojlanish yo‘li bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |