Davlat tilida ish yuritish



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

Dialektal norma. 
Bu norma shevalar va lahjalardagi so‘zlarning qo‘llanish 
doirasi haqida ma’lumot beradi.  Aniqroq aytilsa,  bir shevada norma bo‘lgan so‘z 
va  iboralar,  boshqa  sheva  uchun  norma  bo‘lmaydi.  Shuningdek,  o‘zbek  tilidgi 
shevalarninmg turlari va ularning xususiyatlarini o‘rgatadi. 
So‘zlashuv  normasi. 
Bu  norma  til  birliklaridan  erkin  foydalanish,  adabiy 
til normalariga hamma vaqt ham amal qilinmasligi  bilan xarakterlanadi. 


 

Ijtimoiy  tarmoq  normasi
.  Jargonlar,  argolar  va  professional  nutq 
ko‘rinishlariga xos bo‘lgan normalar.      
 
Yuqoridagi  normalardan  turli    kishilar  turli  vaqtda  foydalanishi  natijasida, 
ularning  o‘ziga  xos  talab  va  qoidalarini  bilmaslik  yoki  bilsa  ham  ularga  amal 
qilmaslik  oqibatida  normalarda  o‘zgarishlar,  buzilishlar  yuz  beradi.  Jumladan, 
adabiy  til  normasida  ham.  Bu  kamchiliklarning  obyektiv  va  subyektiv  sabablari 
bor.  Chet  tillardan  qabul  qilingan  va  qabul  qilinayotgan  so‘zlarning  iste’molda 
o‘zbek tilining ichki rivojlanish, amal qilish qonun-qoidalariga bo‘ysunishi kerak. 
Masalan, arab tilidagi “ayn” undoshining o‘zbek tilida yo‘qligi, uni o‘zbek tilida 
shartli ravishda ayrish yoki tutuq belgisi deyilishi, ammo  o‘zbek tilida arab, fors 
va  ruz  tillaridan  o‘zlashgan  ba’zi  so‘zlarda  “ayn”ning  qatnashishi  adabiy  tilning 
normalarini  oddiy  odamlar  uchun  og’irligini  keltirib  chiqadi.    Chunonchi, 
ma’lumot,  fe’l,  iste’mol  kabi    so‘zlarda  “ayn”  so‘zi  yoziladi.  Ammo  oddiy 
odamlar  uni  talaffuz  qilmaydilar.  Chunki,  o‘zbek  tili  fonetikasiga  bu  tovush 
sig’maydi. Bu kabi kamchiliklar o‘zbek adabiy tilining rivojlanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi.  Biroq,  ularni  keltirib  chiqargan  sabablarni  tilimizdan  chiqara 
olmaymiz. Chunki, «‘» tutuq belgisi, “H” yoki “X”ning yo‘qotilishi tilimizni, o‘z 
navbatida  xalqimiz  ma’naviaytining  qashshoqlashiga  olib  keladi.  Bu  hol  faqat 
o‘zbek  tiligagina  xos  bo‘lmay  deyarli  barcha  xalqlar  adabiy  tilida  bu  kabi 
kamchiliklar  mavjud.  Masalan,  arab,  rus,  ispan,  ungliz,  fransuz,  hind    adabiy 
tillarida  ham  turli  darajada  fonetik,  grammatik,  uslubiy  kamchiliklar  mavjud. 
Adabiy  tillardagi  bu  kamchiliklar  til  taraqqiyotidagi  tabiiy  hol  hisoblanib,  ular 
vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qolib boradi.  
 
Adabiy  tilning  uslubiy  normasi  til  birliklarining  nutqdagi    vaziyat,  ko‘zda 
tutilgan  maqsaddan  kelib  chiqib  eng  ma’qulini  qo‘llash  zaruriyatidan  kelib 
chiqadi.  Shuning  uchun  uslubiy  norma  deganda,  so‘z,  ibora,  umuman  barcha  til 
birliklarini  amaliyotda  qo‘llash  mahorati  tushuniladi.  O‘zbek  tilining  uslibiy 
normalarini  belgilash  bugungu  eng  muhim  vazifalardan  biridir.  Chunki, 
xalqimizning aksariyati,  til birliklaridan  o‘z maqsadi yo‘lida yetarli darajada faol 
foydalana olmaydi.  
 
Bu  kamchilikni  yo‘qotish  uchun  uslubiy  norma  quyidagi  shartlarga  amal 
qilishni  talab  qiladi.  Birinchidan  tavsiya  qilinayotgan  yoki  so‘zlovchi 
ishlatayotgan  til  birligi  umumxalq  uchun  tushunarli  bo‘lishi  kerak,  ikkinchidan 
tavsiya  qilinayotgan  yoki  so‘zlovchi  ishlatayotgan  til  birligi  tilning  barcha 
sohalari bilan bog’langan bo‘lishi lozim.  
 
Xullas,  norma  tilning  ijtimoiy  vazifasi  bo‘lib,  unga  amal  qilish  shu  tilda 
so‘zlovchi  yoki  yozuvchilar  uchun  majburiydir.  O‘zbek  tilining  qanchalik  
normaga  kirganligi  va  unga  amal  qilinish  darajasi  xalqimizning  nutq  madaniyti 
darajasini belgilaydi.  
Demak,  til  birliklarining    nutqdagi  vazifasi,  qo‘llanish  doirasi  til  normasi 
deyiladi. Biroq hamma vaqt ham  til birliklari  o‘z vazifasida kelavermaydi. So‘z 
kontekst(matn yoki matn parchasi, nutqning bir qismi)ga kirgach uning qo‘llanish 
doirasi  o‘zgaradi.  Buni  biz  Farg’ona  shevasida  “chaymoq”  fe’lining  qo‘llanishi 
misolida  ko‘rishimiz  mumkin.  Mazkur  fe’lning    ishlatilishi  uchun  adabiy  tilda 
norma belgilangan:  


 

1. Yuvilgan narsani toza suvga botirib yoki ustidan toza suv quyib chayqab 
toza qilmoq.  

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish