Davlat tilida ish yuritish


Tayanch  so‘z  va  iboralar



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

Tayanch  so‘z  va  iboralar: 
rasmiy-idoraviy  uslub,  ma’muriy-boshqaruv 
tizimi, ish qog’ozlari, grammatik xususiyat, ish qog’ozlar leksikasi, atamalar.  
 
Rasmiy ish qog’ozlari uslubi deb ham ataluvchi bu uslub ma’muriy-boshqaruv 
tizimi(Vazirlar  Mahkamasi,  vazirlik,  Oliy  Yig’ilish,  boshqarma,  hokimiyat  va 


 
48 
boshqa  tashkilotlarning  ma’muriyati,  soliq,  moliya,  huquqiy-tartibot  organlari     
hamda  boshqa  joylar)da  ko‘p  ishlatiladi.  Rasmiy  ish  qog’ozlari  uslubi  hozirgi 
o‘zbek  adabiy  tilining  ma’muriy  va  yuridik  ishlarda  amal  qiladigan  bir 
ko‘rininshidir.  Qonunlar  matni,  prezident  farmonlari  va  qarorlari,  Vazirlar 
Mahkamasi  hujjatlari,  hokimliklar  qarorlari,  tashkilotlar  buyruq,  farmoyish  va 
qo‘llanmalari, shartnomalar, ijozatnomalar, aktlar, har xil rasmiy hujjatlar, yuridik 
xarakterdagi 
og’zaki 
axborotlar, 
ma’lumotlar 
rasmiy-idoraviy 
uslubda 
tayyorlanadi.  
 
Mazkur  uslubning  asosiy  xususiyati  eng  avvalo  hujjatchilik  xarakterida 
ko‘rinadi. Ya’ni bu uslubdagi matnlar ma’lum yuridik hujjat asosida tayyorlanadi. 
Masalan,  oddiy  ariza  matnini  olib  ko‘raylik.  Uning  yo‘naltirilgan  qismida  ariza 
bilan  kimga  murojaat  qilayotganimiz  ko‘rsatiladi: 
Farg’ona  tibbiyot  kolleji 
direktori I.A.To‘xtasinovga
 
Hamshiralik ishi 155-guruh o‘quvchisi Sultonovadan. 
Mazkur  gapdagi  barcha  til  birliklaridan  anglashiniladigan  mazmun  yuridik 
hujjatga  asoslanadi.  Tashkilot  “Fag’ono  tibbiyot  kolleji”  ekanligi  nizom  va 
tegishli  vazirlikning ruxsatnomasi, “…direktori  I.A.To‘xtasinov” va arizachining 
mazkur “kollej o‘quvchisi” ekanligi buyruq bilan tasdiqlanadi.  
Shuningdek,  rasmiy  uslubda  fikr  aniq  ifoda  qilinadi,  bir  xil  qolip  va  tayyor 
sintaktik  birliklardan  ham  keng  foydalaniladi.  Masalan,  deyarli  barcha  ariza, 
bildirishnoma, tushuntirish xati va tilxatlarning dastlabki qismi  o‘xhsash bo‘lishi 
mumkin.  Masalan, 
“…ga  …dan” 
(ariza,  tushuntirish  xati,  bildirishnoma  va 
hakozo). 
 
Fikrni  sodda,  qisqa,  aniq  ifoda  etilishi  rasmiy  ish  qog’ozlari  uslubining 
asosiy  talablaridir.  Masalan,  “
Oliy  va  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlariga  kirish 
imtihonlari  topshirishga  ruxsat  olgan  ishchi  va  xizmatchilarga  ish  haqlari 
saqlanmagan  holda  ta’til  beriladi.  Oliy  o‘quv  yurtlariga  kirish  imtihonlari 
topshirishga ruxsat olganlar 15 kalendar ish kuni davomida, o‘rta maxsus kasb-
hunar  ta’limi  muassasalariga  kiruvchilarga  esa  10  kalendari  ish  kuni  davomida 
ish  haqlari  va  joylari  saqlanadi.  O‘quv  yurti  joylashgan  yerga  kelish  va  qaytib 
ketish  vaqti  bu  hisobga  kirmaydi.
”  (Mehnat  kodeksi,  223-modda).  Rasmiy  ish 
qog’ozlari  uslubi  vazifaviy  uslublari  doirasidagi  boshqa  uslublardan  lug’aviy  va 
grammatik xususiyatlari jihatidan ham farqlanadi. 
 
Ushbu  uslub  leksikasi  asosan  kitobiy  va  xolis  (neytral)  so‘lardan  iborat 
bo‘lishi bilan birga shu uslub bo‘yog’iga ega bo‘lgan 
“yuqorida ko‘satilganlar”, 
“quyidagi  imzo  chekuvchilar”,  “…ga  yo‘llanadi”,  “bajarish  maqsadida”,  
“qabul  qilib  oluvchi”,  “yetkazishingiz  so‘raladi”,  “…ga  asosan”,  “bajarishni 
ta’minlash”,  “vazifasini  bajaruvchi”,  “…ruxsat  berishingizni  so‘rayman”, 
“…zimmasiga  yuklatiladi”,  “…ga  hisobot  berish  topshiriladi”
  kabi  so`z  va 
turkum birikmalarni ham o‘z ichiga oladi.   
 
Rasmiy  ish  qog’ozlari  uslubi  leksikasining  yana  bir  xususiyati  unda  
(yuridik-diplomatik,  ma’muriy  va  boshqalar)  atamalarning  mavjudligidir.  Bular 
quyidagilardir: 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish