Mavzuga oid tayanch so‘z va atamalar: m
atn, fonetika, leksikologiya,
semantika, shakl, mazmun, shakl va mazmun birligi.
Tilshunoslikka oid ilmiy adabiyotlarda nutq birligi va til birligi degan
atamalarga duch kelamiz. Nutq birligi deganda, so`zlarishish jarayonida
qo`llaydigan tovush, so`z, gap kabi birliklar, til birligi deganda esa ularni yozuv
bilan bog`liq tomonlari ko`proq nazarda tutiladi. Hozirgi vaqtda tilning eng katta
birligi deb matn qabul qilingan.
Matn deganda, ikki yoki undan gaplarning semantik, grammatik va uslubiy
birikuvidan hosil bolgan shakl tushuniladi. Matn hajmi ba’zan ikki gapdan iborat,
ba’zan esa butun bir asarga teng bo‘lishi mumkin. Matn asosan ma’lum tugal
ma’noga ega bo‘lgan, yaxlit g’oyani ochishga xizmat qiladigan gap va unga teng
til birliklaridan iborat bo‘ladi. Lekin har qanday gaplar yig’indisini ham matn
deyish noto‘g’ri. Matn bo‘lishi uchun avvalo shakl va mazmun birligi bo`lishi
kerak.
Matnning asosiy xususiyatlaridan biri uning uzul-kesil, tugal fikr
anglatishidir. Matn bayon qilingandan keyin tinglovchida kim? qachon? qaerda?
qanday? kabi qo‘shimcha savollarga o‘rin qolmaydi. Har qanday matn fikrlar
yig’indisi bo‘lib, o‘zaro uzviy bog’langan mulohazalarni o‘z ichiga olgan
bo‘ladi. Matnning chegarasini yaratuvchi (ya’ni yozuvchi, bayon qiluvchi)
belgilaydi. Matn o‘z oldiga qo‘ygan amaliy maqsadiga ko‘ra turlarga bo‘linadi.
Masalan: yozma va og’zaki matnlar. Ular o‘z navbatida yana turlarga ajratiladi.
Og’zaki matnlarga diolog matnlar, suhbatlar kiradi. Lekin barcha hollarda ham
matnda shakl va mazmun birligi bo`lishi talab qilinadi.
Matnning shakli deganda, mazmunning moddiylashgan ko`rinishi tushuniladi.
Mazmunning yozuvda aks etishi, o`qilishi, eshitilishi, ifodasi shakldir. Ulug`
olimlar “shakl mazmunning “libosi”dir”, degan aniq fikrga kelishgan. Shakl
tarkibiga tovush, harf, bo`g`in, so`z, so`z birikmasi, gap, matn, ifoda vositalari
kabi matn tili bilan bog`liq bo`lgan turli birliklar, stilistik usullar, ishorat belgilari
kiradi.
Matnning mazmuni deganda, mazkur matndan o‘rin olgan ma’umot,
axborot tushuhiladi. Ma’no deganda, esa matndagi til birliklari ( so‘z, so‘z
birikmasi, ibora, gap, gapdan kattaroq yagona sintaktik butunlik, xat boshi, tinish
belgilari)ga xos axborot tushuniladi.
57
Masalan, “qalam” deganda, ongimizda hosil bo‘ladigan tushuncha aslida
shu so‘zning ma’nosidir. Agar u gapning tarkibida kelsa, matnning mazmunini
ochishga xizmat qiladi. Masalan,
Men magazindan qalam sotib oldim. Bu qalam
bilan endi o‘zim yoqtirgan tasvirlarning grafikasini chizaman. Bu menga katta
zavq beradi.
Do‘stlarim orasida o‘z o‘rnimni topishda, turli ko‘rik-tanlovlarda
qatnashib el orasida tanilishimda qo‘l keladi.
Mazkur matnning mazmuni, go‘yasi so‘zlovchining maqsad va orzularini
ifodalab bermoqda. Bu erda qalam so‘zi asosiy fikr ochib beruvchi tayanch so‘z
vazifasini bajarmoqda. Agar qalam so‘zining o‘rniga bitta harf farq qiluvchi
“qadam” so‘zini yozsak, matn mazmuniga putup etadi. Chunki, matnning shakli
o‘zgardi. Ya’ni qalam so‘zidagi sirg’aluvchi, yon undoshi bo’lgan L o‘rniga
jarangli, potrlovchi d tovushini talaffuz qilyapmiz. Bu bilan avval so‘zning shakli
va ma’nosi o‘zgarmoqda, so‘ngra gapning va matnning mazmuni o‘zgarmoqda.
Birgina harf o‘zgarishi bilan matnning mazmuni ham o‘zgarmoqda.
Biz o‘qigan ana shu satrlar matning shakli hisoblanadi. Demak matnning
shakli deganda, mazmunni ifodalash uchun xizmat qiladigan, biz o‘qiy oladigan,
yoza oladigan va tinglaydigan til birliklari tushuniladi.
Matn va shakl bir-biri bilan bog’lik hodisadir. Ular doimo bir-birini taqoza
etadi. Ammo o‘z navbatida boshqa-boshqa hodisalardir. Shakl tashqi ko‘rinish,
moddiyat bo‘lsa, mazmun ruhiyatdir. Matnning shakliy-mazmuniy tuzilishi
she’riyatda yaxshi ko‘rinadi. Chunki, shakl va mazmunning eng yetuk darajadagi
uyg’unligi kishiga estetik zavq, ma’rifiy ta’lim va tarbiya beradi.
Kecha kerak bo‘lding,
Bolalik chog’im!
Senga qo‘l uzatdim,
Yo‘q,
Etolmadim.
Oshkora g’irromlik qildi
O‘rtog’im,–
Men: bor, o‘ynamayman,
Deb ketaolmadim...
(Erkin Vohidov)
Mazkur she’rning mazmuni ilojsiz kishining armonidir. Shoir uni qisqa va
chuqur ma’noli so‘zlar yordamida yetkazib bermoqda. Vaholangki, mazmun
butun bir romanga ham asos bo‘lishi mumkin. Lekin shoir mazmunni imkon
darajasida kichik shaklga joylay olgan. Bu shoirning iste’dodini anglatadi. Shakl
maksimal darajada qisqargan. Lekin mazmun maksimal darajada kengdir. Bu
she’riy nutqni har qanday davr, har qanday kishi uchun barobar ta’sir
ko‘rsatishini ta’minlaydi. Garchi mazkur she’r 1977-yil yozilgan bo‘lsa-da, u
bugungi kunda ham barchaga birdek ta’sir ko‘rsatadi. Unda shakily va mazmuniy
tuzilish badiiy san’at darajasiga ko‘tarilgan.
Xalq maqollari matn sifatida yuksak daragada ishlangan mazmun va
shaklga ega. Shuning uchun ular o‘lmas, barcha zamonlarda ham qadrlidir. Misol
uchun XI asrga tegishli bo‘lgan va “Devonu lug’otit-turk”orqali bizgacha yetib
kelgan maqollarni olaylik:
Qul savi qalmas,
58
Qag’il bag’I yazilmas.
(Keksalarning nasihati bekor ketmaydi, Tolning ho‘l novdasi bog’I
yozilmaydi.).
Ko‘rkluk kishiga so‘z keladi.
(Yaxshi kishiga so‘z–maqtov keladi)
Erik erni yag’lig’, ermagu bashi qanlig’.
(Tirishqoqning labi yog’liq,
dangasaning boshi qonliq.)
Emgak ekinda qolmas.
(Mehnat bekor ketmaydi.)
Uma kelsa, qut kelur.
(Mehmon kelsa, qut kelar.)
Mazkur maqollar o‘z shakli va mazmuniga ko‘ra qisman o‘zgarish bilan
bugungi kunda ham xalq orasida qo‘llaniladi. Chunki, ularda shakl va mazmun
eng yuksak darajada uyg’undir. Umuman olganda, matn shakl va mazmun
jihatdan murakkab jarayon bo‘lib, yozilish va aytilish vaqtida o‘zgarishga
uchrashi, yangi shakl va mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Shakl va mazmun
uyg’unligiga alohida e’tibor berish nutqning namunali bo‘lishi uchun muhim omil
hisoblanadi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Matn haqida ma’lumot bering.
2.
Matnning mazmuni deganda nimani tushunasiz?
3.
Matnning shakli haqida ma’lumot bering.
4.
Matnning mazmuniy va shakliy uyg’unligi deganda nimani anglaymiz.
5.
“Matnning shakily va mazmuniy uyg’unligi –nutq ko‘rki” mavzusida
kichik hajmli insho yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |