Davlat tilida ish yuritish



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

II. Sintaksis sinonimiya. 
Bu  turdagi  sinonimiya  o‘z  navbatida  so‘z  birikmasi  va  iboralar,  gaplar 
sinonimiyasi, gap bo‘laklari Sinonimiyasi kabi turlarga bo‘linadi.    
Fikrni  to‘g’ri    va    ta’sirchan      ifodalashda    sintaktik    sinonimiya  
imkoniyatidan    keng    foydalaniladi.  Sintaktik    sinonimiya    nutq    uslublarini  
farqlashda    muhim    vositadir.  Sintaktik  Sinonimiya  so‘z  birikmasi,  ibora  va  gap 
doirasida bo‘lishi mumkun.  
Iboralar  aslida  frazeoligiya  bo‘limiga  tegishli,  lekin  ularning  semantik  va 
sintaktik  tuzilishi    sintaksis  sinonimiya  tarkibida  o‘rganishni  talab  etadi. 
Xalqimizda ko‘plab iboralar borki, ular ma’no jihatdan o‘zaro sinonimik holatda 
bo‘ladi.  Masalan,  xursand  bo‘ldi  ma’nosidagi  iboralar  Sinonimiyasi: 
Og’zi 
qulog’ida,  boshi  osmohga  yetdi,  do‘ppisini  osmonga  otdi
;  tez  yugurganlikni 
ifodalash uchun 
Oyog’ini qo‘liga olmoq, o‘qdek uchmoq
 kabi iboralar ishlatiladi. 
Iboralar  sinonimiyasi: 
Yer  bilan  yakson  qildi  –  kulini  ko‘kka  sovurdi;    tarvuzi 
qo‘ltig’idan tushdi– hafsalasi pir bo‘ld; 
    
Gap bo‘lagiga oid sinonimiya leksik sinonimiya bilan bir muncha o‘xshasa-
da,  ular  bir-biridan  farq  qiladi.  Leksik  sinonimiyada  leksemalar,  ularning  leksik  
ma’nosini  hisobga  olsa,  sintaktik  sinonimiyada  gap  bo‘laklari(ega,  kesim, 
aniqlovchi,  to‘ldiruvchi,  hol)  haqida  fikr  yuritiladi.  Gap  bo‘lagi  sinonimiyasida 
so‘zning  ma’nosi  bilan  bir  qatorda  vazifasi    ham    hisobga  olinadi.  Odatda,    gap 
bo‘laklarining    har  birida  sinonimiya    hosil    qilish    mumkin.    Quyida    bosh  
bo‘laklardan    kesim,    ikkinchi    darajali    bo‘laklardan    to‘ldiruvchi    va    hollar  
sinonimiyasini  ko‘rib o‘tamiz:  
 
Bir bo‘lakli  gaplarning  bir  turida  kesim  harakat  nomi  (o‘qish, o‘qimoq,  
o‘quv)   hamda    kerak,    zarur,   lozim,    darkor   kabi   so‘zlarning   qo‘shilishidan  
tashkil    topgan    konstruksiyalar    bilan    ifodalaniladi.    Bular    kesim  
sinoniminimyasi  deyiladi.    Harakat    nomining    qaysi    fo‘rmada    kelishi,  
ko‘rsatilgan  so‘zlarning har  biri  bilan  birga  kelishi  stilistika  talabiga  bog’liq.   
 
Qiyoslang:   
Jasoratlarga    ofarin    o‘qimoq    kerak
    (O) 
Lekin    zarur  
vaqtdagina    tilga    erk    bermoq    lozim.
    (O.)   
Shuning    uchun    ularni    g’aflatda  
uyg’otish  darkor. 
 (O.)  
Aql  fahm- farosat  bilan  ko‘ngilni  yo‘lga  solib  turish 


 
54 
kerak.
 (A. K.) Bu  gaplarning  barchasida  kesim  ish-harakatni bajarish  majburiy,  
zaruriy    ekanligini  ifoda    etyapti.   Bundan   tashqari,  kesim    o‘ziga   xos    ma’no  
ottenkasiga ham  ega.  
Ko‘makchili   va   kelishikli     shakldagi to‘ldiruvchi   va   hollar    sinonimya  
hosil    qiladi.    To‘ldiruvchi    sinonimyasi:   
olim    uchun    vijdon    ham    o‘tkir    ilm  
kabi  zarur
. (J. A.)  
Olimga  vijdon ham  o‘tkir ilm  kabi  zarur. Atrofda  ichishga  
yaraydigan    bir    qo‘ltim    suv    ko‘rinmasdi.
  (J.A.)   
Atrofda    ichish    uchun  
yaraydigan bir  qultum  suv ko‘rinmasdi.
 
 
Hol    sinonimyasi:   
Abdulla    sevinganidan    sakrab    yuboray    dedi
.  (U.U.)  
Abdulla    sevingani  uchun    sakrab    yuboray    dedi
.   
Adolat    o‘zining    dovdirab  
qolganligidan    uyalib    ketdi
.  Nutqda    bunday    sinonimlar    qator-qator    kelishi  
ham  mumkin.  Bu  vaqtda  nutq  ta’sirchanligi, ekspressivligi  kuchayadi:  
Lekin  
nima  sababdan,    nima  uchun    bunday    qiladilar,    bilmayman.
  («Saodat» 
jurnalidan). 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish