Oyoq va poyabzal izlari
Oyoq, poyabzal va paypoqlardan qolgan izlar hajmli va yuzaki
ko‘rinishda bo‘ladi. Oyoqlardan qoladigan hajmli izlar ko‘proq
identifikatsiya qilishga yaroqli bo‘ladi. Ular ko‘pincha bo‘sh tuproqda,
qorda yoki nam qumlarda qolishi mumkin. Izlarni tekshirish faqat
oyoqning katta-kichikligi yoki poyabzallarning shakli va o‘lchamini
aniqlab qolmasdan, balki izlarda aks ettirilgan ba’zi o‘ziga xos
xususiyatlarga qarab shaxsning aynan o‘zligini aniqlashga imkon
bo‘ladi. Oyoq izlari asosan yurganda, sakraganda yoki chopganda hosil
bo‘ladi. SHuning uchun ham ularning hosil bo‘lish mexanizmi odatda
hosil bo‘ladigan statik izlardan birmuncha farq qiladi.
81
Tekshirish uchun yaroqli bo‘lgan dinamik izlar hodisa sodir
bo‘lgan joylarda qolishi mumkin. CHunki poyabzallarning tagcharmi
qattiq va yumshoq materiallardan qilinganligi uchun sirg‘anish
natijasida qolgan izlarda ularning identifikatsiyaviy xususiyatlari yaxshi
aks ettirilmaydi. Biroq, tagcharm va poyabzallarning poshna
qismlarining sirg‘anishi natijasida izlarda poyabzalga qoqilgan mix va
taqalardan izlar qolgan bo‘lsa, bunday vaqtlarda ob’ektlarni
identifikatsiya qilish mumkin bo‘ladi.
Oyoq izlari yaqqol ko‘rinish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli
ularni topish uchun maxsus usullarni qo‘llashga zarurat tug‘ilmaydi.
YAlang oyoq izlarini qidirishda qo‘l izlarini topishda qanday usullar
qo‘llansa, bunda ham xuddi shunday usullar qo‘llanadi, ya’ni turli
yonboshdan yorug‘liklar berish yo‘li bilan yoki turli burchakdan ko‘rish
usuli bilan topish mumkin. Yod bug‘i bilan changlantirish usuli va
ningidrindan foydalanish ham izlarni topishda ijobiy natija berishi
mumkin
Poyabzallardan qolgan izlarga qarab ularning tagcharm qismining
tuzilishi, poshnasi, tagcharmidagi alohida shakllar, yuzasining tuzilishi
(silliq, kashtalik), shuningdek, tagcharmning poyabzalga tikilish usullari
to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin. Bu belgilarning umumiy
yig‘indisi poyabzalning o‘lchami to‘g‘risida aniq xulosa yuritish
imkoniyatini beradi.
YAlang oyoqdan qolgan izlarni tekshirish bilan uning shakli va
razmeri, agar izda barmoq izlari ham aniq aks etgan bo‘lsa, ularning
shakli va hajmi to‘g‘risida xulosa chiqazish imkoni tug‘iladi. SHu
narsani nazarda tutmoq kerakki, harakat vaqtida barmoqlar bir muncha
yoyilib ketadi va ularning aksi yurmasdan turgan vaqtda qoldirgan izga
nisbatan uzunroq va enliroq bo‘ladi.
YAlang oyoq izlarining uzunligi izning o‘qi bo‘ylab, tovondan to
katta barmoq uchigacha bo‘lgan masofada o‘lchanadi. Oyoqning tovon
va kaft qismlarining eni, ularning eng keng joyidan oyoq yuzasining eni
va eng qisqa joyidan o‘lchanadi.
Poyabzallardan qolgan izlarning uzunligini aniqlash uchun
poyabzal tagcharmining eng chetidan to uchigacha o‘lchanadi.
Tagcharm uzunligi, izning o‘qi bo‘ylab, tagcharm eni – eng keng
joyidan, o‘rta qismi eng qisqa joyidan, poshna qismining eni eng keng
joyidan va poshna qismining uzunligi iz o‘qi bo‘ylab o‘lchanadi.
Hodisa joyida bir necha oyoq izlari topilgan taqdirda, ulardan
bittasi o‘lchanib qolmasdan barchasi o‘lchanishi zarur. Bu erda izlar
82
“yo‘lka”si hosil bo‘ladi va ularni suratga olinib keyin masshtabli rejaga
ko‘chiriladi. Yo‘lkalarning quyidagi o‘ziga xos elementlari: yurish
yo‘nalishi, qadamning uzunligi va eni, tovonning burish burchagi
bo‘ladi.
Hajmli oyoq izlaridan nusxalar olish uchun gipsdan foydalaniladi.
Gips quruq va yaxshi birikadigan mayda bo‘lishi kerak. Gips bo‘tqasi
tayyorlangandan keyin oyoq izlariga ikki xil usulda quyiladi. Birinchi
quyilishda iz yarimgacha to‘ldirilib, ustidan gips nusxaning mustahkam
va jipsligi uchun turli cho‘p yoki sim quyilib undan keyin ikkinchi marta
gips quyilib iz to‘ldiriladi. SHuni nazarda tutmoq kerakki, gipsni izga
quyishda izning chet qismlari ag‘anab tushib ketishi mumkin. SHuning
uchun gips suyuqligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri izga quymasdan chetroqdagi
tuproq ustiga quyilsa, gips o‘zi sekin oqib izga tushadi, bu esa izning
hamma qismlaridan to‘liq nusxa chiqishiga imkon yaratadi.
Agar izlar yumshoq ob’ektlarda bo‘lib, gips yaroqsiz holatga kelib
qolish xavfi tug‘ilsa, bunday izlarga gips quyishdan avval 6 foizli spirtda
suyultirilgan shellak qorishmasi (lak, surg‘ich, plastmassa), atseton (2,5
foiz)da eritilgan sellyulloza yordamida izning yuz qismiga purkash yo‘li
bilan qotirilib, keyin gipslik nusxa olinsa mustahkam chiqadi.
Tergov va ekspertiza amaliyotida yalang oyoq izlariga nisbatan
poyabzal izlari ko‘proq uchrab turadi. Poyabzal izlari odatda yurish –
harakat natijasida hosil bo‘ladi, bu vaqtda dinamik va inson tinch to‘xtab
turgan joyida statik izlar qolishi mumkin. YUrish-qadam tashlash
jarayonida poyabzaldan qisman statik va oyoqning harakati natijasida
dinamik izlar hosil bo‘ladi. Oyoqlardan biri sudralish xususiyatiga ega
bo‘lsa va harakat natijasida sirg‘anish yuz beradi, bunda poyabzal izlari
sof dinamik xususiyatga ega bo‘ladi. Identifikatsiya uchun ko‘p hollarda
statik izlarning botiq shakllari ahamiyatlidir. Bu izlarni kuzatish,
o‘lchash, o‘rganish bilan poyabzalning (uni kiygan oyoqning) o‘lchami,
Ma'lumot uchun! Poyabzalning o'lchamini topish uchun quyidagi talablar
bajarilishi kerak: a) izning uzunligini o'lchash; b) topilgan sonni 10-15
mm kamaytish; v) qolgan sonni 6,67ga taqsimlash. Masalan, izning
uzunligi 280mm. 280-10=270; 270:6,67=40. Shunday qilib, iz qoldirgan
poyabzal tahminan 40 o'lchamli deyish mumkin. Poyabzal iziga qarab
kishining bo'yini tahminan topish mumkin. Kishi bo'yi poyabzal izidan
6,7 barobar uzun bo'ladi.
83
shakli, ya’ni qaysi guruhga mansubligi bilan bir qatorda iz qoldirgan
poyabzalning aynanligini aniqlash mumkin.
Poyabzalning yuzaki izlari bo‘yicha faqat umumiy xususiyat
belgilarini kuzatish mumkin. Ba’zi hollarda izlar tekis joylar (parket,
pol, linoleum, marmar, silliq plitkalar)da qolgandagina poyabzalning
individual xususiyati aks etadi. Bunday holatlarda identifikatsiya
o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Dinamik izlar bo‘yicha ularning hosil bo‘lish
mexanizmi va ob’ektning qaysi qismidan hosil bo‘lganligi aniqlanadi.
YAlang oyoq izlari kamroq uchrab tursada, ularning identifikatsiya
nuqtai nazaridan ahamiyati kattadir. Odamning oyoq tavonida
mikrorelef kashtalari mavjud bo‘lib ular ham individuallik xususiyatiga
egadir. SHu bois, yalang oyoq izlari bo‘yicha uni qoldirgan muayyan
shaxsning aynanligini belgilash mumkin. Insonning tovon terisidagi
papillyar chiziqlar, teri tuzilishi (mikrorelefi) individual bo‘lib, umr
bo‘yi o‘zgarmaydi. Bu holat bir qator ilmiy tadqiqot va kuzatuvlar
asosida tasdiqlangan. YAlang oyoq izlari yumshoq va yarim yumshoq
ob’ektlarda botiq holatlarda va tekis joylarda esa yuzaki shaklda qolishi
mumkin. Ularni o‘lchash va ko‘chirib olish uchun qo‘l izlariga doir
umumiy usullar tavsiya etiladi. YAlang oyoq izlarini o‘lchashda bosh
tomondan (katta barmoqdan) tovonning sirtqi chetigacha uzunligi, kaft
qismining markazi, oraliq chiziqcha chegarasigacha uzunligi va
kengligi, tovon qismi ham uzunligiga va eniga o‘lchanadi. Bu umumiy
guruhga mansubligini belgilaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |