Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   548
 

Transport vositalarining izlari 

 

Transport  izlari  deganda,  asosan  uning  g‘ildiraklari-dan 

qoladigan  izlar  nazarda  tutiladi.  Transportning  g‘ildiragidan  qoladigan 

izlarning  turlari  yo‘l-ko‘chaning  ustki  qatlami-relefiga  bog‘liq. 

YUmshoq,  yarim  yumshoq  (loy,  qor,  nam  tuproqli)  qatlamlarda  botiq 

izlar  va  qattiq  (asfalt,  tosh,  beton-plitalar)  qatlamlarda  yuzaki  izlar 

qoladi. Transport tormozlanganda yoki boshqa sabablar bilan sirg‘anish 

natijasida dinamik izlar hosil bo‘ladi. 

Avtotransport  vositalaridan  iz  hosil  bo‘lish  mexanizmi  o‘ziga  xos 

xususiyatga  ega.  Avtotransport  to‘g‘ri  ketayotganda  to‘rtta  g‘ildirakdan 

to‘rtta  iz  qolmasdan  faqat  ikkita  iz  qoladi,  chunki  oldingi  g‘ildirak 

izlarini  orqadagi  g‘ildirak  izlari  qoplaydi.  Faqat  burilish  (qayrilish) 

joyida hamma g‘ildiraklardan iz qoladi. 

YUk  tashuvchi  motorollerning  hamma  g‘ildiragidan  (ular  to‘g‘ri 

yo‘ldan ketganda ham) iz qoladi, chunki ularning g‘ildiraklari ketma-ket 

o‘rnatilgan emas. Uch o‘qli transport vositalari burilish joyida oldingi va 

orqadagi  g‘ildiraklaridan  iz  qoldiradi,  chunki  orqa  g‘ildiraklar  o‘rta 

g‘ildiraklarning ayni ustidan bosib o‘tib, bitta iz hosil qiladi. 




 

87 


Transport vositalarining qaysi guruhga mansubligini (turi, markasi, 

rusumi) 


pnevmatik 

shina 


izlariga 

qarab 


aniqlash 

mumkin. 


Protektorlarning  tuzilishi,  eni  va  tashqi  diametri  shina  modelini 

aniqlashda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. 

Keyingi  vaqtlarda  avtotransport  konstruksiyalari  sonining  tobora 

o‘sib  borishi  tufayli  ularning  qoldirgan  iziga  qarab  qaysi  guruhga 

mansubligini  aniqlash  ancha  qiyinchilik  tug‘dirishi  mumkin.  SHu 

sababli hodisa joyini ko‘zdan kechirishga zarur belgilarni to‘g‘ri va to‘la 

ifodalash  uchun  avtomobil  texnikasi  sohasida  yaxshi  bilimga  ega 

bo‘lgan mutaxassislarni taklif etish maqsadga muvofiqdir. 

Fildirakli ot-arava transportlaridan qoladigan izlar g‘ildiraklarning 

soni,  oralarining  eni,  diametri  va  boshqa  belgilariga  qarab  aniqlanadi. 

Ot-arava  transportlariga  ishlatilayotgan  shinalar,  temir  g‘ildiraklarning 

tuzilishi  aniqlanib  olinishi  zarur.  Bunday  transportlarda  pnevmatik 

shinalar, rezinadan qo‘yilgan g‘ildiraklar va temir g‘ildiraklar ishlatilishi 

mumkin. 


Transportlardan  qoladigan  izlar  ko‘pincha  statik  izlarga  yaqinroq 

bo‘ladi.  Agar  g‘ildiraklarning  mayda  tashqi  qismlari  izlarda  yaxshi  aks 

ettirilgan bo‘lsa, bu turdagi transportlarning izlarini identifikatsiya qilish 

mumkin.  SHinalarning  sirg‘anish  natijasida  hosil  bo‘ladigan  dinamik 

izlar  elastik  bo‘lganligi  sababli  mayda  releflari  iz  qabul  qilib  oluvchi 

ob’ektlarda  to‘la  aks  etmaydi.  SHuning  uchun  bunday  izlar 

identifikatsiya  uchun  yaroqsiz,  lekin  transport  guruhini  aniqlashga 

imkon beradi. 

Transport  vositalaridan  qoladigan  izlardan  nusxalar  olish 

trasologiya  ob’ektlarini  ko‘zdan  kechirish  va  qayd  qilishning  umumiy 

qoidalariga binoan amalga oshiriladi. Olinadigan nusxa juda katta bo‘lib 

ketmasligi  uchun  izlarga  gips  qo‘yishdan  oldin  bir  necha  bo‘lakka 

bo‘lib, keyin gips suyuqligi qo‘yilsa samarali natija beradi. 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish