Buzish ob’ektlari ikki guruhga – qulflarga va bino to‘siqlariga
bo‘lib o‘rganiladi. Qulfni buzish yoki sindirish deganda, uni qisman
yoki tuliq yaroqsiz holatga keltirilishiga aytiladi.
Qulfni ob’ektdan yulib yoki sug‘urib olinganda ob’ektda buzish
qurolining uchida hajmli izlar qoladi. Ba’zi vaqtlarda izlar qulfning
tashqi qismida ham qolishi mumkin. Qulflar ko‘p hollarda uning
halqasini kuchli o‘tkir qaychilar bilan qirqish yo‘li bilan buziladi. Kesish
natijasida halqada qaychining izlari qolsa, arralash natijasida esa qanday
turdagi arralash asboblaridan foydalanilganligini bildiruvchi iz belgilari
qoladi. Arralash izlaridan faqat foydalanilgan qurolning turi,
arralashning harakat tomonlari, arra tishining qalinligi va boshqa
belgilarini aniqlab olish mumkin. Arralash vaqtida hodisa joyida
arralashdan chiqqan qipiqlar va singan qulf halqasining bo‘lakchalari
qoladi. Ob’ektlarni ko‘zdan kechirishga bunday holatlarga alohida
ahamiyat
berish
zarur
bo‘ladi.
Ayrim
vaqtlarda,
gumon
qilinayotganlarning oyoq kiyimlari va tirnoq tagidan metall qipiqlari
topilishi mumkin. Mobodo ular hodisa joyidan topilgan qipiqlar bilan bir
xil deb topilsa, jinoyatni ochish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishi
mumkin. Bundan tashqari qulflarni ko‘zdan kechirishda quyidagi
holatlarni, ya’ni qulfning yotgan joyini, turlarini, eni va uzunligini tashqi
tuzilish holatini, undagi izlarni, buzish qurollaridan qolgan izlarning
shakllari, razmeri va boshqalarni aniqlab olish zarur bo‘ladi. Bularni
hammasi ob’ektlarni buzishda jinoyatchilar tomonidan qo‘llanilgan
usullarni aniqlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Ma'lumot uchun! qulflar asosan ikki turga: ichki va osma qulflarga
bo'linadi. Ichki qulflarni sindirish tajribada kam uchraydi, chunki
buning uchun avvalo qulf o'rnatilgan ob'ektlarni yoki eshik va
romlarni buzishga to'g'ri keladi. Osma qulflarni sindirish yoki buzish
esa tajribada ko'proq uchrab turadi. Osma qulflar ko'pincha qulfni
ob'ektdan yulib olish, kesib olish yoki halqasini arralash, egovlash
yo'li bilan buziladi yoki sindiriladi.
86
Buzish qurollaridan qoladigan izlar bo‘yicha identifikatsiya
o‘tkazish uchun hodisa joyida ob’ektlarni ko‘chirib olish ishlari
kriminalistik texnika tavsiya etadigan qoidalari asosida bajarmoq lozim.
Jumladan, buzilgan qulfni topilgan joyida uni holatini o‘zgartirmasdan
suratga tushirish, bayonnomada qayd etish, statik uslubi bilan ko‘zdan
kechirib, qismlarini bir-biridan ayirmagan turg‘unlik holda maxsus
qutilarga joylashtirish lozim.
Ko‘rsatilgan ob’ektlarning tadqiqot tekshiruvi natijasida ularga
ta’sir etgan, qo‘llanilgan qurol turi, sifati, izlarning hosil bo‘lish
mexanizmi aniqlanadi, keyin tergov tezkorlik choralarini ko‘rib
individual identifikatsiya o‘tkaziladi. Solishtirib tekshirish uchun
izlanuvchi – tekshiriluvchi ob’ekt va shubhalangan qurol izlaridan
ko‘chirma tayyorlanib olinadi. Identifikatsiyaning umumiy uslublari
qo‘llanilib tekshiruv o‘tkaziladi.
Ekspertiza tekshiruviga buzish qurollari va ulardan qolgan izlar
bilan bir qatorda hodisa joyini va ob’ektlarni ko‘zdan kechirish
bayonnomasi, fotosuratlari, hodisa joyining chizmasi va boshqa
yordamchi ma’lumotlarni ham yuborish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |