YOysimon kashtada chiziqlar bir tomondan ko‘tarilib aylana
hosil qilib, qarama-qarshi tomonga yo‘naladi.
Sirtmoqsimon kashtada ichki oqimdagi ikki yoki undan ko‘p
chiziq kashtaning markazida sirtmoq tashkil etadi va yana qayta o‘z
tomoniga yo‘naladi. Sirtmoq hosil qilgan chiziqlar oqimining og‘ishi
bosh barmoq tomoni bo‘yicha yo‘nalsa, sirtmoqdagi kashtaning radial
formasi, agar og‘ish jimjiloq tomon bo‘lsa, ulinar formasi deb ataladi.
Kashtadagi sirtmoqlarning o‘zi oddiy, berk, yarimta va bukilgan
formalarda bo‘ladi. Kashtadagi sirtmoq hosil qilgan papillyar
chiziqlarning har uch oqimi bir-biriga yaqinlashgan joyda bitta
uchburchak delta hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |