76
Trasologiya tushunchasi, izlarning tasniflari. Qo‘l barmoq izlari.
Oyoq va poyabzal izlari. Buzish qurollaridan qolgan izlar. Transport
vositalarining izlari. Izlarni ko‘zdan kechirish va protsessual
rasmiylashtirish. Trasologik ekspertiza hal qiladigan masalalar.
Trasologiya tushunchasi va izlarning tasniflari
Trasologiya so‘zi fransuzcha “la tras” - iz, grekcha “logos”-
ta’limot so‘zlarining birikuvidan hosil bo‘lib, “izlar haqidagi ta’limot”
degan ma’noni anglatadi. Trasologiya jinoyatlarni fosh qilishda va unga
qarshi kurashda qo‘llaniladigan kriminalistik texnikaning muhim
sohalaridan biridir.
Kriminalistikada izlar ikki guruhga ajratiladi:
Hodisa yoki uning ayrim holatlari inson ongiga singib xotirasida
saqlanadi va ma’lum vaqtlarda ma’lumot-axborot shaklida tiklanadi. Bu
xildagi izlarni shartli ravishda xotiraviy izlar desa bo‘ladi. Izlarning bu
turi sub’ektiv xarakterga ega bo‘lib insonning sezish, qabul qilish,
tafakkur qilish, xotirasida mustahkam va uzoq muddatgacha saqlash
qobiliyatiga, shuningdek, boshqa jismoniy va ruhiy xususiyatlariga
bog‘liqdir.
Moddiy izlar – jinoiy hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan turli harakatlar
natijasida bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektda uning ma’lum qismidan aksi,
modda qoldig‘i yoki boshqa o‘zgarish alomatlari qoladi. Izni hosil
qiluvchi ob’ekt izni o‘zida aks ettiruvchida faqat kontakt bo‘lgan tashqi
tuzilishining biror qismidangina iz qoldiradi. SHu asosda iz hosil
bo‘lishida ikki ob’ekt o‘zaro munosabatda bo‘lib, birinchisi izni hosil
qiluvchi, ikkinchisi izni o‘zida aks ettiruvchi ob’ektlar guruhini tashkil
qiladi.
Izlarni hosil bo‘lish mexanizmi deyilganda, bir ob’ektning ikkinchi
bir ob’ektda o‘z tasvirini qoldirish jarayonini tushunish kerak. Ular
individualligi va o‘ziga xos xususiy belgilariga ega. Ana shu belgilar bir
ob’ektning ikkinchi ob’ektga ta’siri natijasida iz hosil qiladi.
E'tibor qiling! Izlar haqidagi ta'limot deganda, keng ma'noda jinoyat
sodir qilish natijasida vujudga keladigan barcha o'zgarishlar
to'g'risidagi bilimlarni tushunamiz. Izlar jinoyat sodir etilgan joyda,
jinoyatchining badanida va kiyimida hosil bo'ladi.
77
Jinoiy hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan barcha izlar – qoldiq moddalar,
turli o‘zgarishlar, ob’ektning bo‘laklari kabilarni o‘z ichiga oladi. Iz
hosil qiluvchi predmet – buyumning tashqi individual tuzilishi aks
etilgan izlargina trasologik tekshiruv predmeti bo‘laoladi. Bu masala
trasologiyaning asosiy vazifasi bo‘lgan ob’ektlarning izlari asosida
uning aynanligini yoki ma’lum bir guruh (tur)ga mansubligini aniqlash
tushunchasidan kelib chiqadi.
Trasologik izlarning tasnifi ularni hosil qiluvchi ob’ekt turlari
bo‘yicha ham xilma-xildir. Odamning qo‘l, barmoq, yalang oyoq izlari,
poyabzal izlari, ba’zan tish va lab izlari ham uchraydi. Jinoiy harakatni
sodir etishda turli to‘siqlarni buzish uchun asbob-qurollar ishlatiladi,
bularni buzish qurollaridan qolgan izlar deb ataladi. Transport
vositasining g‘ildiraklari va turli qismlaridan qoladigan izlar ham bor.
Ekspertiza tekshiruvlari ham ana shu guruhlarga tegishli bo‘lgan
izlarning xususiyatiga qarab o‘tkaziladi. Ob’ektlardagi izlarning hosil
bo‘lish mexanizmini va iz qoldirgan ob’ektlarning aynanligini aniqlash
trasologik tekshiruv orqali bajariladi.
Izning hosil bo‘lish xususiyati uning alomatlari, shakli, o‘lchovi,
qoldiqlari va boshqalarini o‘rganish orqali aniqlanadi. Mazkur
tekshiruvga bevosita izni o‘zida aks ettirgan ob’ektni o‘rganish bilan
erishiladi. Ob’ektning fotosurati, nusxasi faqat yordamchi vosita rolini
o‘ynaydi. SHu bilan birga jinoiy ish materiallarini ko‘zdan kechirish
bayonnomasi, fotosuratlari va chizmalari tekshiruvni bir muncha
engillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: