Microsoft Word ihyo ulimni eslash ziyouz com doc


sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur!»



Download 226,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/67
Sana01.01.2022
Hajmi226,23 Kb.
#289407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Imom G'azzoliy Ihyou ulumid din O'limni eslash kitobi

sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur!» (Jum’a surasi, 8-

oyat).Demak, odamlar uch xil bo‘ladi: 

—dunyoga mukkasidan ketganlar; 

—tavba yo‘liga kirganlar; 

—kamolga yetgan oriflar. 

Dunyoga mukkasidan ketgan kishi o‘limni eslamaydi. Eslagan taqdirda ham dunyosi 

qolib ketayotganiga afsus qilib, bunga o‘lim sababchi bo‘lyapti, degan bema’ni xayolga 

boradi. O’limni bu tarzda eslash yaqinlik hosil bo‘lishiga emas, balki Ollohdan 

uzoqlashishga sabab bo‘ladi. 



Tavba yo‘liga kirgan kishi o‘limni ko‘p eslaydi. Eslagani sayin qalbi qo‘rkinchu 

istig‘forga, vujudi xushu’ va xuzu’ga limmo-lim to‘ladi. To‘g‘ri, u ba’zan o‘lim qo‘qqis 

kelib, tavba tamomiga yetmay, oxirat ozug‘i g‘amlanmay qolishidan cho‘chib, o‘limni 

xoxlamaydi. Lekin uning bu holati uzrli. Shuning uchun ham u Payg‘ambarimiz sollallohu 

alayhi vasallamning quyidagi hadisida aytilgan kishilar jumlasiga kirmaydi: 

«Kim Olloh bilan uchrashishni xohlamasa, Olloh ham u bilan uchrashishni 

xohlamaydi» (Abu Hurayra rivoyati, muttafaqun alayh). Chunki, tavba yo‘liga kirgan 

odam Ollohning diydori va o‘limdan qochmaydi. Balki o‘zining qusr va nuqsonlari sabab, 

Olloh diydoriga yetish kabi buyuk ne’matni boy berib qo‘yishdan xavfsiraydi. Go‘yo u 

suyuklisi rozi bo‘ladigan uchrashuvga tayyorlanish bilan mashg‘ul bo‘lib, visolga 

kechikishdan cho‘chiyotgan kishiga o‘xshaydi. Visolga kechikishdan cho‘chish esa visolni 

xoxlamaslik emas. 

Xullas, tavba yo‘liga kirgan kishining alomati shuki, u hamisha o‘zini o‘limga 

hozirlaydi, bu uning doimiy mashg‘ulotiga aylanadi. Kimki shunday emas ekan, demak, 

u dunyoga muk-kasidan ketganlar jumlasidandir. 

Orif kishi o‘limni uzluksiz eslaydi. Negaki, u yaxshi biladi: o‘lim suyukli Zot huzuriga 

ilk qadam, diydorlashuv va’dalashilgan manzil. Habib mahbubining visol va’dasini aslo 

unutmaydi. Ko‘pincha, orif zot osiylar uyi bo‘lmish ushbu isyonli dunyodan batamom 

kutulib, butun olamlar Parvardigoriga yaqin bo‘lish uchun o‘limning kelishini intizorlik 

bilan kutadi. 

Olloh rozi bo‘lsin, Huzayfadan rivoyat qilinadi, o‘lim onlari yaqinlashgach, u dedi: 

«...Ey Olloh! Agar men uchun qash-oqlik boylikdan, xastalik sog‘likdan, o‘lim hayotdan 

afzal bo‘lsa, o‘limni menga oson kil, huzuringga tezroq yetay». 

Demak, tavba yo‘liga kirgan kishining o‘limni xohlamasligi uzrli bo‘lganidek, 

oriflarning o‘limni sog‘inishi ham uzrli sanaladi. Lekin eng a’losi - ishni butkul 

Ollohtaologa xavola etishdir. Bu holatga kirgan kishida na o‘lim va na hayotni tanlash 

ixtiyori bor. Balki Mavlosiga nima suyukliroq bo‘lsa, o‘sha narsa uning uchun avlodir. Bu 

hol taraqqiysi chu-qur muhabbat va yaqinlik bilan eng so‘nggi chegara - taslim va rizo 

maqomiga yetadi.Har qanday holatda o‘limni eslash savob va fazlga dahldor. Hatto 

dunyoga mukkasidan ketgan kishi ham o‘limni eslaganida dunyodan tiyiladi. Bora-bora 

dunyo ne’matlari uning me’dasi-ga uradi, dunyo lazzatlarida tot qolmaydi. Demak, inson 




Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

3

qalbini dunyo lazzatlari va shahvatdan xalos etuvchi har qanday narsa oxirat saodatiga 



sabab bo‘ladi. 


Download 226,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish