www.ziyouz.com kutubxonasi
7
kutaveradi».
Abdulloh dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, bizga to‘rtburchak shakl chizib,
uning o‘rtasiga uzun chiziq tortdilar. Keyin uzun chiziq atrofiga bir necha kalta chiziqlar
chizdilar. Bitta chiziqning uchini to‘rtburchakning tashqa-risiga chiqarib qo‘ydilar va:
— Bilasizmi, bu nima?- so‘radilar.
— Olloh va Uning rasuli biluvchirokdir, dedik.
— To‘rtburchak hosil qilib, insonni o‘rab turgan chiziqlar uning ajali. Kalta chiziqlar
dunyoda yetadigan yomonliklar bo‘lib, agar insonni bu yomonlik adashtirsa, bunisining,
u yomonlik adashtirsa, unisining jabrini tortadi. Uchi tashqa-riga chiqqan chiziq esa
insonning orzu-havasidir» (Buxoriy rivoyati).
Anasdan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Odam farzandi qariydi. Undagi ikki xislat: hirs va orzu-havas esa aslo qarimaydi».
Yana bir rivoyatda: «Ikki xislat yasharib boradi: mol-dunyoga hirs va umrga hirs»
(Imom Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, dedilar:
«Bu ummatning avvalgisi yaqiyn (aniq, beshubha bilish) va zuxd tufayli najot topdi.
Bu ummatning oxirgisi baxillik va orzu-havasga berilish tufayli halok bo‘ladi» (Ibn Abu
Dunyo rivoyati).
Aytilishicha, «Iso alayhissalom belkurak bilan yer ag‘da-rayotgan qariyaga ko‘zi
tushib: «Ey Olloh, bu choldan orzu-havas tuyg‘usini olib qo‘y», dedi.
Bir payt chol qo‘lidagi belkurakni ko‘yib, chekkaroqqa chi-qib, yotib oldi. Iso
alayhissalom yana duo qildi: «Ey Olloh, unga orzu-havasini qaytar».
Chol o‘rnidan turib, ishlay boshladi. Iso alayhissalom ajablanib, choldan bu holning
sirini so‘radi. Chol dedi:
— Ishlayotgan paytimda nafsim: «Qachongacha ishlaysan, o‘zing qartaygan bir chol
bo‘lsang!» dedi. Darhol belkurakni uloq-tirdim va cho‘zilib yotib oldim. Sal turib, nafsim
menga dedi: «Ollohga kasam, sen hali qolgan umringni ham yashashing ke-rak». Shu
zahoti o‘rnimdan turib, belkurakka yopishdim».
Hasan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
— Jannatni hammangiz yaxshi ko‘rasizmi?
— Albatta, ey Ollohning rasuli,- deyishdi.
— Orzu-havasdan tiyilinglar, ajalni doimo ko‘z oldingizda tuting! O
lloh
dan haqiqiy
hayo qilinglar».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida derdilar:
«Ey Olloh, oxirat yaxshiligini to‘sadigan dunyodan saqla, panohingga ol! O’lim
yaxshiligini to‘sadigan hayotdan saqla, pa-nohingga ol. Yaxshi amalni to‘sadigan orzu-
havasdan saqla, panohingga ol» (Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |