www.ziyouz.com kutubxonasi
4
Olloh rozi bo‘lsin, Ibn Umar dedilar: «Payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga keldim.
Shunda ansorlardan bittasi so‘radi:
- Ey Ollohning rasuli! Odamlarning eng zakiyi kim?
- O’limni ko‘p eslaydigan, unga jiddiy hozirlik ko‘radigan kishilar. Ana o‘shalar dunyo
sharafiga va oxirat karomati-ga noil bo‘lgan zakovat egalaridir» (Ibn Moja rivoyati).
Hasan Basriy hazratlari aytadilar: «O’lim dunyoning bori-ni oshkor etdi. Aqli borlar
uchun dunyoning quvonchi kolmadi». Robe’ ibn Xasim deydilar: «Mo‘min kishi intizorlik
bi-lan kutadigan g‘oyib narsalarning yaxshirog‘i o‘limdir».
Ahli donishlardan biri birodariga shunday mazmunda maktub yozgan ekan: «Ey
birodarim! O’limni qancha orzu qilsang ham o‘lib bo‘lmaydigan dunega ketishdan oldin
mana shu dunyoda o‘limdan ogox bo‘l!»
Aytishlaricha, o‘lim zikr qilinganda Ibn Sirinning har bir tuki xavfdan titrab ketardi.
Umar ibn Abdulaziz har kecha faqihlarni jamlab, o‘lim, qiyomat, oxirat ko‘rqinchla-rini
yodga olishar, go‘yo oldlarida bir tobut turgandek yig‘la-shardi.Ibrohim Taymiy deydilar:
«Ikki narsa meni dunyo lazzatidan uzadi: o‘limni eslash va Ollohning oldida turish».
Ka’b aytadilar: «Kim o‘limni anglasa, unga bu dunyoning musibatlariyu
mashaqqatlari arzimas bo‘lib qoladi».Mutarrif: «Xuddi tushda bo‘layotgandek zdi:
Basradagi mas-jidning o‘rtasida bir odam: «O
lloh
dan qo‘rkuvchi qalblar o‘lim-ni
eslashdan to‘xtasa, Ollohga qasamki, albatta, ular hushdan ayriladi», deb qichqirar edi»,
deya hikoya qiladilar.
Iso alayhissalom o‘limni eslagan paytlarida terilaridan qon tomib turar ekan. Dovud
alayhissalom o‘lim va qiyomatni eslaganlarida, yig‘lab, hushlaridan ketar edilar.
Ollohning rahmatini eslaganlarida, o‘zlariga kelardilar.Umar ibn Abdulaziz olimlardan
biriga:
- Menga nasihat qiling, - dedilar.
- O’lim sari borayotgan birinchi xalifa emassan, - dedi u.
- Yana nasihat qiling, - dedilar amirul mo‘minin.
- Odam alayhissalomdan to ota-bobolaringga qadar biror kishi yo‘qki, o‘lim sharbatini
totmagan bo‘lsa. Endi sening navbating kelyapti.
Keyin Umar ibn Abdulaziz yig‘ladilar.
Robe’ ibn Xasim hovlilarida kabr qazdirib qo‘ygan edilar. Har kuni bir necha marta
lahadga kirib yotar, shu yo‘l bilan o‘limni doimiy yodda tutar va: «Agar kadbim bir soat
o‘limni unutsa, fasod bo‘ladi», der edilar.
Mutarrif ibn Abdulloh ibn Shuxayr deydilar: «O’lim har qanday dunyo ne’matiga zavol
yetkazuvchidir. Bas, bezavol ne’matlarni izlang!»
Umar ibn Abdulaziz Anbasaga: «O’limni ko‘p esla, agar to‘kinlikda bo‘lsang, tanglik
neligini bilasan. Agar ahvoling tang bo‘lsa, o‘lim yodi seni kenglikka chiqaradi», deb
nasihat qilgan edilar.
Abu Sulaymon Doroniy aytadilar: «Ummu Horundan:
- O’limni yaxshi ko‘rasanmi? - deb so‘radim.
- Yo‘q, - dedi u.
- Nega?
- Axir bir odamga isyon qilsam, unga ro‘baro‘ kelishdan xijolat bo‘laman. Shunday
ekan qanaqasiga tinimsiz osiylik qilayotganim Olloh bilan yuzma-yuz bo‘lishim mumkin?!
- deb javob berdi».
Do'stlaringiz bilan baham: |