Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
uchun ham o‘limdan g‘ofildirlar. Eslaganlar xam qalblarini hamma narsadan forig‘ qilib
emas, dunyoga mashg‘ul bo‘lgan hollarida eslaydilar. Bunday zslashdan foyda yo‘q.
O’limni haqiqiy eslash yo‘li - o‘limni doimo yonida bilish, o‘limdan boshqa narsani
qalbdan chiqarishdir, Buni bamisoli xatarli sahro yoki dengiz orqali safarga otlangan
kishi holatiga o‘xshatish mumkin. Uning butun fikri-zikri safarda bo‘ladi. Qalb ham
o‘limni eslash bilan mashg‘ul bo‘lsa, bu ish qalbni butkul band etadi. O’lim bilan band
bo‘lgan qalbda aysh-ishrat talabi, dunyo quvonchi kamayadi, toshqin-lik bosiladi. Kishi
o‘limni ko‘p eslagani sayin har xil o‘lim onlari, bu dahshatli onlarni boshidan o‘tkazgan
do‘stlari, tengqurlarining iltijo to‘la so‘nggi nigohlari xotirida jonlanadi. Ularning
o‘limlarini, so‘nggi manzillarini eslab, og‘ir o‘ylar girdobida qoladi: ular kim va qanday
edilar? Endi ularning mavqelari, holatlari qanday? Bu chiroyli siymolar tup-roqqa qanday
singib yo‘qoladi? Ularning jasadlari qabrlarda qanday parchalanadi? Ular aellarini beva,
farzandlarini yetim qoldirdilar, mol-dunyolarini tashlab ketdilar. Ularnnng masjid va
majlislardagi o‘rni bo‘sh, qadamlari dunyodan uzilgan...
Ha, kishi o‘limni eslagani sayin qalbida mana shunday uzoq va yaqin o‘limlar,
vahimali suratlar batafsil jonlanaveradi. Ba’zan ortga qaytib, ularning shijoat to‘la
yoshligi, dovdirashlari, hayotga bo‘lgan mayllari va unda o‘zini go‘yo boqny
qoladigandeyok tutishlari, o‘limni unutishlari, yoshlikdagi kuvvat va g‘ay-ratga suyanib
qolishlari, o‘yin-kulguga berilishlari, shundoq yoni-dagi o‘limdan, uning kutilmaganda
kelishidan g‘ofil bo‘lganlari-ni eslaysiz. Tiriklikda vujudini ko‘tarib turgan oyoqlar, hara-
katga sabab bo‘lgan a’zolar yakson bo‘ldi, endi qanday yursin?! Tilini qurtlar kemirdi,
kanday gapirsin?! Og‘ziga tuproqto‘lgan, qanday kulsin?! O’lib bo‘ldi, endi nafsga
o‘limning tadbirini qilishdan ne hojat?! Shuncha yillar beparvo, g‘ofil yurdi, o‘lim
farishtasi esa u kutmagan vaqtda keldi va nido kildi: «Yo jan-nat, yo do‘zax».Ana shu
payt kishi o‘ziga nazar soladi, o‘zining ham o‘shalarga o‘xshashligini ko‘radi, g‘aflati
ham, oqibati ham ular bilan bir xil bo‘lishi mumkinligini his etadi.Abu Dardo roziyallohu
anhu aytadilar: «O’liklarni eslar ekansan, o‘zingni ham shulardan biri kabi hisobla».
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu esa: «O’zgadan ibratlangan odamgina saodatmanddir»,
deganlar.
Mana shunday fikrlar va misollar orkali o‘limni eslaysiz, o‘lim yonginangizda turganini
xis qilasiz. Allaqachon o‘limga hozirlik ko‘rish fursati yetganini, dunyoning esa naqadar
al-damchiligini teran anglay boshlaysiz. Endi o‘limni nomigagina, til uchida eslab, ibrat
va ogohlik hosil qilib bo‘lmasligi-ni yaxshi bilasiz. Demak, qachonki, qalb dunyo bilan
ovuna boshlasa, o‘sha zahoti o‘limni eslang, aslingizga qaytasiz.
Bir kuni Ibn Muti’ hovlilariga nazar solib, uning go‘zalligidan hayratga tushdilar.
Keyin: «Ollohga qasamki, agar o‘lim bo‘lmaganida, seni ko‘rib shodlanar edim. Agar
qop-qorong‘u, tor qabrlarga qaytish bo‘lmaganida, dunyo bilan ko‘zlari-miz quvonar
edi», dedilar.