Microsoft Word ihyo ulimni eslash ziyouz com doc


O’limni eslashning fazilati



Download 226,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/67
Sana01.01.2022
Hajmi226,23 Kb.
#289407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Imom G'azzoliy Ihyou ulumid din O'limni eslash kitobi

 

O’limni eslashning fazilati 

 

Rasulullohsollallohu alayhi vasallam dedilar;«Lazzatlarni mag‘lub etadigan narsalarni 



ko‘p zikr qilinglar» (Abu Hurayradan Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati). Ya’ni o‘limni 

ko‘p eslash bilan lazzatlar kasrini buzing. Shunda, shahvatlarga bo‘lgan maylingiz 

so‘nadi, Olloh taologa yaqin bo‘lasiz. 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: 

«Agar hayvonlar ham odam farzandlari darajasida o‘limni anglaganlarida zdi

ularning semizini yemagan bo‘lar edinglar» (Bayhaqiy rivoyati). 

Oisha roziya

lloh


u anho Payg‘ambarimizdan so‘radi: 

— Ey Rasululloh, maxsharda shahidlar bilan birga tiri-ladigan kishi ham bo‘ladimi? 

— Ha, bir kecha-kunduzda o‘limni yigirma mahal yod etgan banda shahidlar bilan 

birga tiriladi,- dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam. 

Demak, o‘limni eslash shunday fazlki, bandani oxiratga tayyorlaydi, yolg‘on 

dunyodan uzoqlashtiradi. O’limdan g‘ofillik esa, dunyo shahvatlariga mukkasidan 

ketishga undaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: 

«O’lim mo‘minga tuhfadir» (Abdulloh ibn Umardan Ibn Abu Dunyo, Tabaroniy va 

Hokim rivoyati). Darhaqiqat, dunyo mo‘minning zindoni. Mo‘min kishi bu zindonda nafs 

shafqatsizliklaridan ozor ko‘radi, shahvatlar yuki ostida shayton hujumlaridan aziyat 

chekadi. Ulim uni o‘sha azoblardan ozod etadi. Bu ozodlik esa, mo‘min uchun 

tuhfadir.Rasulu

lloh

 sollallohu alayhi vasallam dedilar:«O’lim har bir musulmonga 



kafforatdir» (Anas roziyallohu anhudan Bayhaqiy rivoyati).Ya’ni, haqiqiy musulmon 

shunday sodik mo‘minki, musulmonlar uning tili va qo‘lidan ozor ko‘rmaydi. Garchi 

kichik gunohlardan xali poklanmagan bo‘lsa-da, mana shu nuqtada mo‘minlar ahloqi 

yuzaga chiqadi, o‘lim unn poklaydi. Modomiki, farzlarni ado qilib, katta gunohlardan 

sakdangan ekan, o‘lim uning kichik gunohlariga kafforat bo‘ladi. 

Ato al-Xurosoniy dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suhbatlashib o‘tirgan bir 

to‘p odamlar yonidan o‘tayotib, kulgu tovushini eshitdilar va ularga: 

- Majlislaringizga dunyo lazzatlarini aritadigan zikrni 

qo‘shinglar, - dedilar. 

- Lazzatlarni nima aritadi? — deb so‘rashdi. 

- O’lim, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam» (Anas roziyallohu anhudan). 

Anas roziyallohu anqu Payg‘ambarimiz sollallohu alay-hi vasallamdan rivoyat 

qiladilar;«O’limni ko‘p eslanglar. Chunki u gunohlardan poklaydi, dunyodan tiyilishga 

undaydi» (Ibn Abu Dunyo rivoyati). Payg‘ambar solla

lloh

u alayhi vasallam dedilar:«O’lim 



nasixatlanishga kifoyadir» (Tabaroniy va Bayhaqiyrivoyati).Rasululloh sollallohu alayhi 

vasallam masjidga chiqayotib, suhbatlashib, kulishib o‘tirgan odamlarni ko‘rib dedilar: 

«O’limni eslanglar! Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga kasamki, agar mening bilganlarimni 

bilganlaringda, kamrok kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lar edinglar» (Ibn Abu Dunyo zaif 

isnod bilan Ibn Umardan rivoyat qilgan). 

«Rasulu


lloh

 sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida bir kishini eslashib, uni rosa 

maqtashdi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: 

- Do‘stingiz o‘limni ham eslab turarmidi? - deb so‘radilar. 

- O’limni eslaganini hech eshitmadik, - deyishdi. 

- Demak, do‘stingiz sizlar aytganday emas ekan, - dedilar Ollohning rasuli» (Anas 

roziya

lloh


u anhudan Ibn Abu Dunyo zaif sanad bilan chiqargan). 


Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 




Download 226,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish