M. M. Mamadazimov A. M. Tillaboyev Sh. E. Nurmamatov


-§. Oyning harakati va fazalari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/121
Sana01.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#289107
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121
Bog'liq
astronomiya kursidan masalalar to'plami(1)

10-§. Oyning harakati va fazalari
 
Oyning  Quyosh  bilan  yoritilgan  qismi,  u  Yer  atrofida  aylanganda  turli 
tomondan  ko‘ringani  tufayli,  Yerga  turli  fazalarda  ko‘rinadi.  Quyosh  Yerdan 
Oygacha bo‘lgan masofaga nisbatan juda uzoqda yotganidan uning nurlari Yer va 
Oyga parallel tushadi deb qarash mumkin. Oy sirtining teng yarmi Quyosh nurlari 
bilan  yoritiladi.  Oyning  asosiy  fazalari  fazaviy  burchak  deb  ataluvchi  burchak 
orqali  aniqlanadi.  Bu  burchak  Quyoshdan  Oyga  tomon  yo‘nalish  bilan  Oydan 
Yerga tomon yo‘nalish orasida hosil bo‘ladi. Faza burchagi nol bo‘lganda, ya’ni 
φ=0º bo‘lganda Oy o‘zining to‘lin oy fazasida, φ=90º bo‘lganda birinchi chorak 
fazasida, φ=180º bo‘lganda yangi oy fazasida va nihoyat φ=270º bo‘lganda oxirgi 
chorak fazasida kuzatiladi. 
Oyning Yer atrofida bir marta to‘la aylanishi uchun ketgan vaqt yulduz yoki 
siderik  davr  deb  atalib,  u  27,32  yer  sutkasiga  teng  bo‘ladi.  Oyning  ma’lum  bir 
fazasidan  (yangi  oy,  to‘lin  oy  yoki  boshqa  bir  fazasidan)  ikki  marta  ketma-ket 
o‘tishi  uchun  zarur bo‘lgan  vaqt  oralig‘i  sinodik  davr  deb  yuritilib,  u  29,53  yer 
sutkasiga teng bo‘ladi. Sinodik davrning siderik davrdan uzun bo‘lishiga sabab – 
Yerning Quyosh atrofida aylanishidir. 
Oyning  osmonda  kuzariladigan  ikki  xil  harakatini  bir-biridan  farq  qilish 
zarur.  Bulardan  biri  Oyning  ko‘rinma  harakati  bo‘lib,  bu  harakat  barcha  osmon 
jismlari  qatori  osmon  ekvatoriga  parallel  ravishda  sharqdan  g‘arbga  tomon 
yo‘nalgan  bo‘ladi.  Oyning  bu  ko‘rinma  harakatining  tezligi  soatiga  taxminan 
14º,5 ga teng bo‘ladi. 
Oyning  ikkinchi  xil  harakati  uning  Yer  atrofidagi  haqiqiy  haqiqiy  harakati 
bo‘lib,  bu  harakat  g‘arbdan  sharqqa  tomon  yo‘nalgan  bo‘ladi.  Oy  haqiqiy 
harakatining  tezligi  13º10′35″  ga  teng  bo‘ladi.  Har  soatda  Oy  taxminan  0º,5  ga 
yaqin, ya’ni qariyb o‘z diametriga teng yoyni o‘tadi. 
Oyning  Yer  atrofidagi  orbita  tekisligi  ekliptika  tekisligi  bilan  5º9′  burchak 
hosil qilib kesishadi. 
Oy  sutkasi  deb  ataluvchi  sutkaning  (ya’ni  Oyning  ikki  marta  ketma-ket 
kulminatsiyada  bo‘lishi  uchun  ketgan  vaqt  oralig‘ining)  uzunligi  24  soat-u  52 
minutni tashkil qiladi. 
Oy o‘z orbitasining apogeyida (Yerdan eng uzoq masofada) bo‘lganda uning 
planetamizdan  uzoqligi  405400  km,  perigeyida  (ya’ni  Yerdan  eng  yaqin 
masofada)  bo‘lganda  esa  363400  km  bo‘ladi.  Apogey  va  perigey  nuqtalarini 


43 
 
tutashtiruvchi  kesma  apsid  deyilib,  uning  uchlari  Oy  orbitasi  bo‘ylab  sharqqa 
tomon harakat qiladi va qaryib 9 yilda bir marta aylanib chiqadi. 
Oy  orbitasi  tugunlarini  tutashtiruvchi  chiziq  (ekliptika  va  Oy  orbitalarining 
kesishgan  chizig‘i)  esa osmonda sharqdan  g‘arb tomonga  aylanib, 18,7  yilda bir 
marta  to‘la  aylanib  chiqadi.  Oyning  ikki  marta  ketma-ket  ko‘tarilish  (yoki 
tushish) tugunidan o‘tishi uchun ketgan vaqt oralig‘i ajdaho oyi deb atalib, uning 
uzunligi 27,21  yer  sutkasiga  teng. Oyning  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanish davri  uning 
Yer  atrofida  aylanish  davriga  (ya’ni  27,32  sutkaga)  teng  bo‘lganidan,  Oy  har 
doim  Yerga  bir  tomoni  bilan  qaragan  holda  bo‘ladi.  Biroq  libratsiya  hodisasi 
tufayli Oyning Yer atrofida bir marta to‘la aylanib chiqishi davomida uning 50% 
dan  ko‘p  qismini ko‘rish  mumkin  bo‘ladi.  Oy  libratsiyasi  asosan  quyidagilardan 
iborat bo‘ladi: a) uzunlama bo‘yicha libratsiya; b) kenglama bo‘yicha libratsiya c) 
sutkalik yoki paralaktik libratsiya. 
Uzunlama  bo‘yicha  libratsiya  Oyning  o‘z  o‘qi  atrofida  bir  tekis  aylangani 
holda  Yer  atrofidagi  harakatining  notekisligi  tufayli  sodir  bo‘ladi.  Kenglama 
bo‘yicha  libratsiyaning  sababi,  Oy  aylanish  o‘qining  uning  orbita  tekisligiga 
og‘maligidandir.  Bu  burchakning  kattaligi  83º20′  ga  teng.  Sutkalik  libratsiya 
Oyning  Yerga  nisbatan  yaqin  masofada  joylashganligi  (Yer  va  Oy  kattaliklariga 
ko‘ra solishtirganda) tufayli sodir bo‘ladi. 
 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish