1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
M.M.Mamadazimov A.M.Tillaboyev Sh.E.Nurmamatov
ASTRONOMIYA KURSIDAN
MASALALAR TO‘PLAMI
Oliy o‘quv yurtlarining 5110200 – “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi”
ta’lim yo‘nalishi ixtisosliklari uchun metodik qo‘llanma
TOSHKENT – 2019
2
Mualliflar:
M.M.Mamadazimov
A.M.Tillaboyev
Sh.E.Nurmamatov
Taqrizchilar:
B.Dj.Sattarova
U.Rustamov
Mazkur masalalar to‘plami Oliy pedagogik o‘quv yurtlarining “5110200-
Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
mo‘ljallangan.
To‘plamda “Astronomiya kursi” fanining amaliy mashg‘ulotlari mavzulari
bo‘yicha masalalar keltirilgan.
3
SO‘Z BOSHI
Masalalarni yechish umumiy astronomiya kursini o‘zlashtirishga yordam
beradi, chunki u fanning nazariy asosini qo‘llanilishini ko‘rsatadi. Har bir
bo‘limdagi masalalar qiyinlik darajasi oshib borishi tartibida soddadan
murakkabga qarab joylashgan. Masalalardan oldin qisqa nazariy ma’lumotlar va
xarakterli masalalarning taxlili keltirilgan.
Masalalar pedagogika universitetlarida o‘rganiladigan umumiy astronomiya
kursining barcha asosiy bo‘limlari bo‘yicha tuzilgan. Ko‘pgina masalalarda bir
nechta obyektlar bilan yoki Yer sirtining har xil joyida kuzatiladigan bir xil
xodisalar bilan bog‘liq yechimlarni topish talab qilinadi. Bunday talab masalalar
yechimiga qarab umumlashtiruvchi xulosalarni chiqarish mumkin bo‘lishi uchun
qo‘yilgan, chunki har xil variantlar har xil talabalar tomonidan bajarilgan bo‘lishi
mumkin. O‘qituvchi masalaning bitta variantining yechimini ko‘rsatib,
qolganlarini talabalarga mustaqil yechishga taklif etishi mumkin.
Astronomiyaning barcha bo‘limlari orasidagi o‘zaro bog‘langanlik
masalalarni aniq bir bo‘lim bo‘yicha taqsimlashga imkon bermaydi, shu sababli
ba’zi bir masalalar joyini almashtirishga to‘g‘ri kelgan.
Sferik astronomiyaning planetalar konfiguratsiyasi va sun’iy osmon
jismlarini
uchirishga
doir
masalalarni
yechishda,
masalani
yechishni
yengillashtiruvchi chizmalarni chizish, olgan natijalarni jadvallarga kiritish foydali
bo‘lib, ularni taxlil qilish qonuniyatlarni topishga, zarur xulosalarni chiqarishga va
natijalarning haqiqiyligini ko‘rsatishga yordam beradi.
Kosmik apparatlar (KA) va yerning suniy yo‘ldoshlariga doir masalalar
yechishning o‘ziga xos xususiyatlari bor, bunda talaba fikrlash va tasavvur etish
qobilyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ilmiy tadqiqotlardan farqli o‘laroq ushbu masalalarni yechishda juda yuqori
aniqlik shart emas. Shu sababli masalalarni har xil aniqlikda yechish mumkin,
demak, javoblar ham bir — biridan biroz farq qilishi mumkin. O‘qituvchi
masalalarda berilgan raqamlarni ma’lum bir chegarada yaxlitlashi, talabalarni xam
shunday qilishga о‘rgatishga haqlidir. O‘quv jarayonida uchta raqam aniqligida
xisoblashlarni olib borish yetarli hisoblanadi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |