Istiqlol bizga har jabhada o’zligimizni
namoyon etishimiz, tenglar ichra tengsizlikimizni, qanchalik
ma’naviy kuch va salohiyatga ega ekanligimizni ko’rsatishga imkon yaratadi. Mamlakatimizdagi qay bir
sohani olib qaramaylik, shiddat bilan rivojlanib borayotganiga guvoh bo’lamiz. Bu ko’ngillarimizda faxr-
iftixor xislarini uyg’otadi. Mustaqillikning qadr-qimmatini, naqadar beqiyos ne’mat ekanini yana bir karra
anglatadi. Ayol yaratuvchi: u dunyoga farzand armug’on etib, kelajakni millatni yaratadi. Zero,
Sharq
tafakkur xazinasida shunday bitiklar bor: “Agar erkakka ta’lim-tarbiya bersang, bir kishini tarbiya qilgan
bo’lasan, ayolga ta’lim tarbiya bersang, butun millatga ta’lim-tarbiya bergan bo’lasan”.
Odatiy holdek ko’ringan ta’lim va tarbiya zamirida kelajak haqida ulug’vor hikmat mavjuddir. Unda har
nedan-da aziz va ustuvor sharqona tarbiya ayoldan yengilmas kuch, iroda, shijoat, oqilalik talab etadi.
Shuning uchun mamlakatimizda istiqlolning dastlabki kunlaridanoq sog’lom avlodni tarbiyalash masalasi
davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, umumxalq xarakatiga aylantirildi. Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisi
o’rtasida sog’lom turmish tarzini qaror topdirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni keng miqyosda
rivojlantirish dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Ana shunday masalalar yechimini topish
maqsadida yurtimizda ko’zga ko’rinarli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan:
bolalarning
jismonan sog’lom bo’lishlari uchun barpo etilayotgan turli xil, zamonaviy dunyo standart talablariga javob
beradigan, shinam, hashamatli, jozibador, muhtasham va eng muhimi qulay sport inshoatlarini qurilishi
fikrimizni isbotlab turibdi. Ana shunday har tomonlama qulay bo’lgan sport majmualarida sportning har xil
yo’nalishlarida shug’ullanib, o’z
iqtidorini sayqallab, istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalangan
yoshlar nafaqat O’zbekistonda balki jahon miqyosida ham tahsinga loyiq yuksak yutiq va ulkan marralarni
qo’lga kiritmoqdalar. Mustaqilligimizning dastlabki odimlarida ham barcha sohalar singari navqiron
davlatimiz muhtaram yurtboshimiz tomonidan sport sohasiga katta e’tibor berildi va aynan yurtimizning
dunyo etirofiga sazovor bo’lishida ham sport sohasining salmog’i kattadir.
Respublikamizning barcha hududlarida qad roslayotgan biri-biridan ko’rkam zamonaviy sport
majmualari, sport maydonlari, suzish havzalari va ularda shug’ullanib, xalqaro arenalarda muvaffaqiyatga
erishayotgan o’g’il-qizlarning
soni tobora ortib borayotgani, eng muhimi, jamiyatimizda sog’lom turmush
tarzi chuqur qaror topayotgani mazkur ishlarning amaliy natijasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Zero,
davlatimiz rahbari hayotiy qilib ta’riflaganlaridek, “Sport nafaqat jismoniy, balki ma’naviy kamolotga
erishishda ham muhim omildir. U irodani toblaydi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va
chidam bilan yengishga o’rgatadi. Inson qalbida g’alaba ishonch, g’urur va iftixor tuyg’ularini tarbiyalaydi”.
Mamlakatimizda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor dunyoning hech davlatida uchramaydi. Ayniqsa,
sportning bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilishi kelajakda yoshlarimiz orasidan
iqtidorli sportchilar
yetishib chiqishiga zamin yaratmoqda. Shuni alohida aytish kerakki, yurtimizda an’anaviy tarzda
o’tkazilayotgan, Olimpiada tamoyillariga to’liq mos keladigan uch bosqichli sport o’yinlari- “Umid
nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musoboqalari
mamlakatimiz yoshlari jahon miqyosida
qo’lga kiritayotgan barcha g’alabalari zamirida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtboshimizning 2013 yil yakunlari bo’yicha qilgan ma’ruzasida shunday dedilar: Bolalar sportini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 2014 yilda 115ta bolalar sporti obyektini qurish va
rekonstruksiya qilish, ularni asosan mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy sport
anjomlari bilan ta’minlash 107 milliard so’m mablag’ ajratish rejalashtirilmoqda.
Eng muhimi, O’zbekiston yoshlari jahon sport maydonlarida erishayotgan bunday yutuq va natijalar
mamlakatimizda bolalar sportini qo’llab-quvvatlsah va rag’batlantirish borasida
izchillik bilan olib
borilayotgan keng ko’lamli ishlarning yuksak samarasidir.
Mustaqillik yillarida ayollar sportiga ham alohida e’tibor berildi. Sport ayolga latofat bag’ishlabgina
qolmay, uning jismonan salomat bo’lishiga ulkan zamin hozirlaydi. Mamlakatimizda qizlarni sportga jalb
etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari qizlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada
kengroq jalb etish zarurligini, buning uchun mahalla va xotin-qizlar qo’mitalarining faolligini oshirish,
oilalar bilan doimiy ishlashni yanada kuchaytirish lozimligini alohida ta’kidlaganlari yurtimizda xotin-
qizlarga e’tibor bilan birgalikda, g’amxo’rliklar ko’rsatilayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
Hech qaysi
mamlakatda yoshlarga ayniqsa, qizlar sportiga bu darajada e’tibor bo’lmasa kerak. Shuning
uchun ham sport sohasida qo’lga kiritilgan g’alabalarda xotin-qizlarning hissasi beqiyosdir.
Mustaqilligimizning barcha sohalarda namoyon bo’layotgan yutuqlari ta’lim sohasida ham yaqqol ko’zga
tashlanmoqda. Yoshlar yorug’, shinam xonalarda, zamonaviy o’quv-qurollaridan foydalanib, eng yangi ilm
sir-asrorlarini egallamoqdalar. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1997 yil 29-avgustda “Ta’lim
to’g’risi”da qonun, kadrlash tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi ushbu muhim sohada chuqur
islohatlarining yangi bosqichini boshlab berdi. Yurtboshimiz I.A. Karimovning “Chet tillarini o’rganish
tizimni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-son qaroridan kelib chiqqan holda
uzluksiz ta’lim tizimida xorijiy tillarni o’qitish va talaba-o’quvchilarda kasbiy bilimlarni shakillantirishda
90
chet el tajribalaridan foydalanish ta’lim tizimida yangi muvaffaqiyatlarga yo’l ochadi. Shu
bilan birgalikda
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini uzluksiz o’rganish ilg’or mutaxassislarni, yetuk kadrlar
tayyorlash tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda barkamol avlodni shakllantirishda jismoniy madaniyat va sport muhim ahamiyat
kasb etadi. Sog’lom turmush tarzini shakillantirish uchun, yurtimizning kelajagi bo’lgan sog’lom fikrli
estetik madaniyati yuqori bo’lgan avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun sport bilan shug’ullanish va
sport ishlarini aholi o’rtasida doimiy ravishda targ’ibot-tashviqot qilish barchamizning vazifamizdir. Millatni
sog’lomlashtirish va uni dunyoga tanitishdek oliy maqsadga erishish yo’lida yaratilgan mustahkam tizim
yaqin kelajakda kutilganidan ham ulkan natijalar berishiga aslo shubxa yo’q!
Do'stlaringiz bilan baham: