Fayzulla boynazarov


E R N E S T   S E T O N -T O M P S O N



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

E R N E S T   S E T O N -T O M P S O N
(1860-1946)
Hamma  adiblar  ham  tabiat  shaydosi  boMadi, 
tabiatni  sevadi,  ardoqlaydi  va asarlarida mehr bi­
lan  tasvirlaydi.  Ona tabiat  barchamizniki.  Aslida 
inson  ham  tabiatning  bir  boMagi.  Ernest  Seton- 
Tompsonning  barcha  asarlari  tabiat  va  inson 
haqida. Psixolog- olimlarning ta’kidlashicha, tabi- 
atga  mehr-muhabbat qo‘ygan  kishida mehr-shaf- 
qat,  saxovat  va  muruvvat  kuchli  boMar  ekan. 
Ernestning  deyarli  barcha  asarlari  tabiatga 
bagMshlangan.  Uning  «Men  bilgan jonivorlar», 
«QuvgMndilar  taqdiri»,  «Hayvonlar-qahramon- 
lar»,  «Mitti  yovvoyilar»,  «Rolber  o‘rmonida», 
«Jonivorlar  haqida  hikoyalar»,  «Shimoliy  hay­
vonlar hayoti»,  «Yovvoyi  hayvonlar hayoti»  kabi  asarlari  faqat bolalar- 
ninggina emas,  kattalaming ham sevimli  asarlaridir. Adibning ko‘pgina 
tillarga tarjima qilinib, chop etilgan  «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarida tabiat va 
inson bilan  bogMiq qonuniyatlar o‘z ifodasini  topgan.
Ernest  1860-yil  14-avgustda Angliyada tavallud  topgan  boMsa-da, 
Kanada  m aktablarida  o ‘qib,  taMim  oladi.  Ularning  oilasi  boMg‘usi 
yozuvchi olti yoshga toMganda Kanadaga ko‘chib kelgan edi.  Maktabda 
o‘qib yurgan  kezlaridayoq  bola adabiyotga  ixlos  qo‘yadi,  bekor vaqtla- 
rida  turli  hayvonlarning  rasmini  chizish  bilan  m ashg‘ul  boMadi. 
Qadimiy Shotland hikoyalarini  berilib o‘qiydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bobosi  asli  shotlandiyalik  boMib,  oiladagilar  bu  go‘zal  oMkaning 
tarixi va tabiatiga juda qiziqish bilan qarab, bobokalonlari yurtini qo‘m- 
sardi.  Ernest  shotlandlarning  ovchilik  sirlari,  yovvoyi  hayvonlarni 
qoMga  o‘rgatish  mahorati  haqida qiziq-qiziq  voqealami  eshitar,  xayoli- 
da jonlangan tasvirlarga rang berardi.
«Eshitish  boshqa,  ko‘rish  esa yanada yaxshiroqdir», -  degan  Ernest 
vaqt  topdi  deguncha  uzoq  qishloqlarga  yoM  olar,  qalin  o ‘rm onlar 
qo‘ynida  hayot  kechiruvchilar bilan  tezgina  do‘stlashib  olar,  ulardan 
olov atrofida yarim tungacha so‘ngsiz hikoyalami  tinglardi.
Ernest  yovvoiy  hayvonlar  tabiatini,  feM-atvorini  o ‘rganishdan 
erinmasdi.  Yovvoiy  hayvonlarni  tiriklayin  qoMga  tushirish  usullarini 
togMiklardan  o‘rganib,  bu  borada  ustasi  farang  boMib  ketadi.  «Bizdan 
ham  o ‘tib tushding», -  deb hazillashib qo‘yardi  sheriklari.
Ernest  tabiatning chinakam  shaydosi.  U  o‘z o‘quvchisini  tabiatning 
ajoyib  manzaralariga,  xilma-xil jonzotlar  orasiga yetaklab  boradi  va 
unda tabiatga muhabbat uyg‘otadi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish