Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

JOZEF KIPLING
(1856-1936)
Bombayda tug'iladi.  16  yoshida  uni  Angliyaga 
olib  kelishgan.  1882-yilda  yana  H indistonning 
Lohur  shahriga  qaytib  borib,  «Fuqaro  va  harbiy 
gazeta»da  muxbir  b o'lib  ishlaydi.  Uning  ilk  ijodi 
«Q o'shiqlar  ro'yxati»  (1887)  she’rlari,  «Oddiy 
hikoyalar»  (1887)  m ajm ualarining  chiqishi  bilan 
boshlanadi.  H indistonlik  bu  adib  ijodiga  ingliz 
adabiyotining  ta ’siri  katta  bo'ldi.  U  1907-yilda 
xalqaro Nobel  mukofoti  sohibiga aylandi.
«Uch soldat» (1888), «Qora va oq» (1890), «Glo- 
ster sherlari»  (1896),  «Tomlinson»  (1891),  «To'qayzor kitobi»  (1894- 
1895),  «Bolalar  haqida  hikoyalar»  (1902),  «Kim»  (1901),  «Kirim  va 
chiqim» (1926) kabi juda ko'plab asarlari xilma-xil  mavzularga bag'ish- 
langandir.  «Uch  soldat»  romanida uch  millatga mansub  boMgan yigit- 
laming taqdiri  haqida hikoya qilinadi.  Ulaming  dunyoqarashi  turlicha 
bo'lsa ham maqsadi yagona.  Tinchlik istaydi. Qashshoqlik ulami yagona 
bir ko'chaga olib kirgan.
Tomirida ingliz qoni jo 'sh  ursa-da, Jozef Angliyaning Hindistondagi 
bosqinchilik siyosatini  qoralaydi.  Shu  nuqtai  nazardan adib Angliyaning 
ko'pgina davlatlar bilan  qilgan  bosqinchilik  urushlari  tarixini  «Do'st» 
harbiy gazetasida batafsil yoritib boradi. Adib Angliyaning bosqinchilik
www.ziyouz.com kutubxonasi


urushlaridan maqsad -  o'z davlatini  mustahkamlab, behisob boylik ort- 
tirishdir, degan fikmi  katta matonat bilan ayta olgandir.
Jozef Kipling o‘z asarlarida  Hindiston  xalqining nihoyatda og‘ir va 
qashshoq hayotini tasvirlaydi. Hindlaming qullardek ezilib, mashaqqat­
li  mehnat qilishlari yozuvchi  qalbini  larzaga keltiradi.
Yozuvchi  Hindistonda og‘ir zulm va zo‘ravonlik tartibini  o‘matgan 
ingliz  m ansabdorlarini  qattiq  tanqid  ostiga  olsa-da,  faqat  xizmat 
burchini  o ‘tayotgan  askarlarning  harbiy  faoliyatiga  biroz muloyimlik 
bilan munosabatda boMadi. Askarlar ham aslida oddiy xalq farzandlari, 
ular turli  sabablar bilan  Hindistonga  kelib  qolgan.  «Harbiy  qarorgoh 
balladasi»  asari  ingliz  soldatiarining  vatanga  sog‘inch,  o ‘z  yurtini 
qo‘msash  ruhi  bilan  sug‘orilgan.  To‘plamda  ingliz zolimlariga nafrat 
kuchli  ifoda  etilgan,  soldatlar  qalbidagi  nozik  tuyg‘ularga  kengroq 
urg‘u  beriladi.
Kipling harbiy gazetalarda faoliyat ko‘rsatar ekan,  ko'proq askarlar 
orasida  boMadi,  m ansabdor harbiylar bilan  yaqin  aloqa  qiladi.  Ingliz 
harbiylarining  buzg‘unchilik,  qo‘poruvchilik,  ayg'oqchilik,  qotillik 
kabi  razil  ishlaridan  yaqindan  xabardor  boMadi.  Ingliz  am alparast- 
larining 
bu 
oMkada 
amalga 
oshirayotgan 
yovuzliklaridan, 
qabihliklaridan  nafratlanadi.
Jozef Kipling yaratgan  Maugli  obrazi  -   «Changalzor»,  «Hayvonlar 
qarorgohi»  (1894-1895)  asarlari  -  yozuvchi  nomini  mashhur  qildi. 
Asar Sharq  mumtoz adabiyoti  va  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalari  bilan 
bogManib ketgan.  Hindiston xalqi  orasida keng tarqalgan  hikoya va af- 
sonalarda  aytilishicha,  b o ‘ri  o ‘rmondan  bir  bolakayni  topib  olib, 
emizib,  parvarishlaydi.
«Changalzor»  asarida tasvirlanishicha,  Maugli  o‘rmonda o ‘sib,  ul- 
g‘ayib, barcha hayvonlami o'ziga itoat ettirgan hayvonlar qiroliga ayla­
nadi. Yozuvchi o‘z asarida tabiat,  hayvonlar va inson o'rtasidagi o'zaro 
aloqadorlikni,  bog'liqlikni  mahorat bilan yoritib  beradi.  Inson  qayerda 
yashamasin  o'sha yeming tabiatiga  o'rganadi,  moslashadi.  Hayvonlar 
orasida yashagan Maugli  insonlar hayotiga osonlikcha ko'nika olmaydi.
Kipling yaratgan  Kim  obrazi  ham  o'quvchi  qalbidan  chuqur  o'rin 
egallab,  xotirasida  uzoq  saqlanib  qoladigan  qiyofadir.  Irlandiyalik 
soldat bilan hind ayolidan tug'ilgan  bu bola ulg'ayib inglizlar qo'lidagi 
ayg'oqchiga aylanadi.  U  barcha  insoniy tuyg'ulardan  mahrum.  Uning 
ongi  shu  darajada  zaharlanib,  yemirilib  ketganki,  u  ayg'oqchilikdan 
ulug'roq burch va vazifa yo'q deb biladi.
Kipling ijodi juda boy. Asarlarining mavzulari  xilma-xil.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish