Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

GI DE MOPASSAN
(1850-1893)
Normandiyada,  unchalik  badavlat  bo'lmagan 
oilada  tug'ilad i.  O nasining  yaqin  d o 'sti,  ulug' 
yozuvchi  Flober  ularnikiga  tez-tez  kelib  turishi 
yosh  Mopassanning tarbiyasiga katta ta’sir ko'rsa­
tadi.  1869-  yilda  Ruandagi  litseyni  tugatib,  Kann 
universitetiga  o'qishga  kiradi.  Fransiya-Prussiya 
urushida ishtirok  etadi.
Fransuz  adabiyotida  M opassanning  alohida 
o'rni  bor.  O 'z  ijodini  she’r,  novellalar yozishdan 
boshlaydi.  1880-  yilda  adabiyotga  kirib  kelgan 
yozuvchi  ijod  bilan  tinimsiz shug'ullanadi.  Qisqa 
fursat  ichida  m ashhur  bo 'lib   ketadi.  «Medan 
oqshomi»  (1887) novellalar to'plami  ilk mashqlar 
hosilasi  bo'lishiga  qaramasdan  kitobxonlar e ’tiborini  o'ziga jalb  etdi. 
Adib roman yaratish yo'lida ham samaraii  mehnat qildi va katta muvaf- 
faqiyatga  erishdi.  «Hayot»  (1883),  «Azizim»  romanlari  jahondagi 
ko'pgina tillarga taijima qilingan.
«Oydin  kecha»,  «Ора-singil  Gondomelilar»  novellalari  o'quvchi 
qalbida  chuqur  iz  qoldiradi.  Uning  novellalari  goh  kuldirsa,  goh 
yig 'latadi.  M opassan  novella  janrini  yuqori  pog'onaga  ko'tardi. 
«Urush» (1881) nomli  ocherki  o'quvchini  o'ylashga,  fikrlashga majbur 
etadi.
Gi  de  Mopassan  o 'z   davrining  ulkan  badiiy  tasvir  ustasi  bo'lishi 
bilan  birga,  chuqur  bilim  egasi,  nazariyachi  olim  ham  edi.  U  tinimsiz 
o'qir va ijod qilardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1875-yil  12-mayda  o 'z  davrining  ulug'  adibi  Floberga  yo'llagan 
maktubida  G 'arbiy  Yevropada,  ayniqsa,  fransuz  adabiyotida  keng 
yoyilgan  dekadantlik  oqimini  qattiq  tanqid  ostiga  oladi.  Dekadant 
tarafdorlari  badiiy ijodda o'n xil rangni qo'llashni ko'tarib chiqqan edilar. 
Biroq  ular o'zlari joriy etgan  xilma-xil  badiiy vosita omillariga rioya qil­
maydi lar.
Mopassan  o'z xatida  Dekadant  harakatining faol  ishtirokchilaridan 
biri  Gustav  Floberni  qattiq  tanqid  ostiga  olib,  dekadantlar o'zlarining 
dasturlariga  rioya qilmayotganini,  naturalizm  bilan  simvolizmni  aynan 
bir narsa deb talqin  etayotganini,  bu jarayon alohida adiblar ijodigagina 
emas,  butun  bir adabiy jarayonga  salbiy  ta’sir  etayotganini  tanqid  etib, 
o'zining bu boradagi  nazariy qarashlarini  bayon etadi.
Mopassanning shu ruhdagi  maktubi  1886- yil  14- oktabrda o'z davri­
ning  ma’rifatparvarlaridan  biri  Moris  Vikerga yo'llangan  edi.  Bu  xatda 
aytilishicha,  fransuz  adabiy jarayonida  g'oyaviy-badiiy  tasvirdan  ko'ra 
hayot  muhokamasiga  keng e'tibor berilayotganligi  ta’kidlanib,  izohlab 
beriladi.
Bunday  nazariyachi  olimlarga va  ulaming  ketidan  ergashgan  badiiy 
tasvirchilarga  namuna  tarzida  adibning  1883-yil  27-aprelda  «Jil  Blaz» 
gazetasida chop etilgan  «Hayot»  romani  yuzaga keladi.  Roman  shoshi- 
linch  ravishda  «Ovar»  nashriyotida to'la ravishda kitob  holida chiqadi. 
Ko'pdan  buyon  bunday  g'oyaviy  va  badiiy jihatdan  yuksak  romanga 
tashna bo'lib yurgan  fransuzlar romanni  so'z san’atidagi  go'zal  durdona 
sifatida qabul qiladi.
Adib  bu  romani  orqali  o'sha  davr  fransuz  adabiy  hayotida  avj  olib 
ketgan  turli  oqimlar va  bunday  oqimlar ta’sirida  ijod  qilgan  adiblarga 
ham qaqshatqich zarba beradi.
«Hayot» romani orqali  Mopassan zamondoshlari, usta so'z san’atkor- 
lari  Onore de  Balzak va Gustav  Floberlardan  ham  bir qadar yuqori  e'ti- 
3
orga erishadi.
Gi  de  Mopassan  «Azizim»  (1885)  romanida  fransuz  hayotidagi 
bo'ronli va bezovta to'lqinni  qalamga oladi.  Bu to'lqin asar qahramonla- 
ri  Jorj  Dyurua va Janna qismati  bilan  bog'liq  voqealarga borib  ulanadi. 
Bu voqealar Jorj  Dyurua bilan qo'l  ushlashgan  Forestc xonim,  De  Marel 
xonim,  Valter  xonim,  Syuzanna  bilan  bog'liq.  Asardagi  tasvir Jorj  va 
Syuzanna taqdiri  bilan  nihoyalanadi.
Mopassan «Pyer va Jan»,  «O'lim  kabi  kuchli».  «Bizning yurak»  kabi 
romanlarida fransuz jamiyatiga xos  bo'lgan  muhim  voqealami  qalamga 
oladi. Adibning hech bir romani jamiyat hayotidan uzilib qolmagan.  Shu­
ning uchun ham uning tasviri  kitobxon qalbiga yo'l  topa oldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Adib  faqat  fransuzlarga  xos  hayotni  emas,  umuman,  inson  zotiga 
tegishli  turmush  va yashash tashvishlarni,  kurash va  intilishlami,  ezgu 
o‘ylami  go ‘zal  qilib tasvirlaydi.  Shuning  uchun  ham  uning  ijodi  faqat 
fransuz  kitobxonlarining  emas, jahon  kitobxonlarining  muhabbatiga 
sazovor bo'ldi.
Gi  de  Mopassan  katta jan r bilan  cheklanib  qolmadi.  Uning kichik 
janrdagi  novellalari  ham  cheksiz va  chegarasiz hayotning qaysidir bir 
qorong'u  nuqtalarini  yoritib  beradi.  «Do'ndiq»  (1880),  «Go'zal  Fifi», 
«Ора-singil  Ronaldlar»,  «Garriyent xonim»,  «Janob Paran»  va boshqa 
novellalarida  kichik  bir voqea tasvirlangan  bo‘lsa-da,  uning zamirida 
ko'pchilikni  o'y lan tirib   yurgan  m uam m olar  yashirinib yotganining 
guvohi  bo'lam iz.  Bir necha sahifadangina  iborat «Portda»  deb nomla- 
nuvchi  novellasi  orqali  ham adib katta hayot haqiqatini tasvirlagan.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish