Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

ANATOL FRANS
(1844-1924)
Anatol  Frans  taxallusi  bilan  tanilgan  Anatol 
Tibo  Parijda  tug'ilgan.  Otasi  Fransua  Tibo 
kitobsevar kishi  bo'lib,  ko'p  kitob o'qirdi. Anatol 
Tibo  Fransiyani  ju da  sevardi.  Shu  tufayli  ham 
Frans (France) taxallusini  olgan.
Yozuvchi  dastlab  novellalari  bilan  shuhrat 
qozonadi.  «Oltin  dostonlar»  deb  nom lanuvchi 
poem alar  majmuasi  shoir  mahoratini  namoyish 
etdi. «Korinf to'yi» dramasi ham she’riy yo'l  bilan 
yozilgan.  Mifologik  xarakterdagi  bu  asar Aleksey 
Tolstoyni  qiziqtirib  qoladi  va  ularni  rus  tiliga 
tarjim a  qiladi.  «Silvestr  Bonar  jinoyatlari»  (1881),  «Tais»  (1890) 
asarlari  ham  ijodkor  mahorati  samarasidir.  Tarixdan  m a’lumki,  Tais 
tarixiy obrazi jahon adabiyotida ko'pchilik adiblarning e’tiborini  o'ziga 
tortib  kelmoqda.  Tais  Aleksandr  M akedonskiyning  sevgilisi 
bo'lgan.  Bu  haqda  A. Yefimovning  «Afmalik  Tais»  romani  ham
www.ziyouz.com kutubxonasi


mavjuddir.  Anatol  Frans  o ‘z  romanini  yangi  tarixiy  obrazlar  bilan 
boyitadi.  Bu  roman ko'pgina tillarga tarjima qilingan.
Anatol  Fransni yoshligida hamma «Kichkina Tibo»  deb atardi.  Tibo 
otasining  kitob  do'k onid a  yordam  berib  yurgan  kezlarida  deyarli 
hamma yangi chiqqan kitoblami birma-bir o'qib chiqar, xaridorlar bilan 
u yoki  bu asar yuzasidan  bahs va muloqotlar qilib turardi.
Kitobxonlami  turli  mavzudagi  asarlar  qiziqtirar,  kichkina  Tibo  esa 
deyarli  barcha  asarlarning  syujetini  birma-bir aytib  berardi.  Ayniqsa, 
o 'z  davrining  taniqli  adabiyotshunosi  va  tanqidchisi  Jyul  Janen  kitob 
do'koniga kelib, kichkina Tiboning kelishini kutib turar, yangi romanlar 
va  dramatik asarlar  xususida  uzoq  vaqt  munozaraga  kirishar,  so'ngra 
o 'z  savollariga javob olib  ko'ngli  taskin  topar,  yangi  chiqqan  tanqidiy 
asarlarni  Tiboga o'qitib,  uning fikrlarini tinglardi.
Anatol  Tibo  yoshligidan  zehni  o'tkir,  fikri  tiniq,  serm ulohaza, 
mustaqil  mushohada yuritadigan  bo'lib  ulg'ayadi.  Falsafa, tarix,  san’at, 
adabiyotshunosiikka oid  shunchalik  ko'p  manbalarni  o'qigan  ediki,  is- 
tagan savolga javob bera olar,  istagan sana atrofidagi voqealami batafsil 
tahlil  qila olardi.
Anatol  Fransning birinchi  yirik  asari  «Oltin  dostonlar»  deb  nomla- 
nib,  unga  bir she’riy dramasi  «Korinf to'yi»  ham  kirgan  edi.  Bu  drama 
qadimgi  Ellada  haqida eshitgan  hikoyalari  asosida yozilgandir.  Asarda 
Gippiy bilan Dafna o'rtasidagi  ishq-muhabbat hikoya qilinadi. Biroq bu 
ikki  yosh  sevgisiga  diniy  qabohat  xalaqit  beradi  va  ikki  yosh  murod- 
maqsadiga yeta olmaydi.
Anatol  Fransning  qator  falsafiy  asarlari  mavjud.  Bular  orasida 
«Muhtaram  Jeroma  Kuanyarning  mulohazalari»  (1893),  «Jak  Tum eb- 
rosh hikoyalari» (1908) XVIII  asr ijtimoiy-siyosiy voqeligi bilan bog'la­
nib  ketadi.  Yozuvchi  voqelikni  talqin  qilar  ekan,  dunyoga  Jerom  
Kuaner, Nikiy («Tais»dagi), Jan Jak  Russo,  Robespyer,  Marat kabi  fay- 
lasuflar nigohi  bilan qaraydi.
Adibning barcha  asarlarida  inson  qismati  va  insoniyatning taraqqi­
yot  bosqichlari  o 'z ig a   xos  m ushohadalar  va  m uam molar  tugunida 
beriladi.  Bu tugunni  echishga yozuvchi  kabi  o'quvchi  ham qiynaladi.
Adib  hayot  haqida  shu  qadar  boy  fikrlam i  o'rtag a  tashlaydiki, 
o'quvchi  o'ylanib qoladi.
Anatol  Fransning  asarlari  qadimgi  zamonning  parodiyalarini  esga 
soladi.  Uning asarlari  kinoya,  istiora,  qochirim,  ishora,  obrazli  ibora- 
larga boydir.
Adib  «Pingvinlar  oroli»  (1908)  asarini  hajviy  va  satirik  tasvirlar 
bilan bezatgan. Muallif bu roman-pamfletida Pingvin obrazi orqali  inson-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lam ing  turm ush  tarzi,  tengsizlik,  zo'rovonlik  kabi  illatlarni  ochib 
beradi.
Pingvinlaming  o'zaro  munosabatida  sivilizatsiya,  qonun, jamiyat, 
hukumat  haqida  so'z boradi. Anatol  Fransning  xayoliy  mushohadalari 
o‘quvchini  o'zga  bir dunyoga yetaklab  boradi.  Uning  asarlari  bundan 
qariyb  yuz  yil  ilgari  yaratilgan  bo‘lsa-da,  uning  g'oyalari  hamon 
dolzarb.
«Sivilizatsiya  insonni  qirg'in  urushlarga, tubanlik  botqog'iga emas, 
m a’naviy  boylikka,  yuksak  g'oyalar  kurashiga  chorlaydi»,  degan  edi 
Anatol  Frans.
Anatol  Frans jahon  adabiyotida  o'zining  ulug'vor  g'oyalari  bilan 
mashhur bo'lgan adibdir.  Shuning uchun ham u «Buyuk g'oyalar ixtiro- 
chisi» degan yuksak nomga muyassar bo'lgan.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish