BERNARD SHOU
(1856-1950)
Oilani musiqa o ‘qituvchisi b o ig a n onasi
boshqaradi. Shuning uchun ham Jorjda musiqaga,
qo
4
shiqqa, adabiyotga qiziqish erta uyg'onadi. 15
yoshga to4lganda onasi oilani tark etib, Londonga
ketib qoladi. Shundan so‘ng qashshoqlik girdobi
o'ziga tortib, bilim olishi, o'qishi uchun imkoniyati
cheklanadi.
1876-yiIda 20 yoshli Jorj Irlandiyadan Lon
donga keladi. Dastlab bu irland yigitining ingliz
hayotiga ko4nikishi qiyin bo'ladi.
0
4n yil ichida
yosh adibning birin-ketin beshta romani nashr qili-
nib, tez orada uning nomi Londondan uzoqlarga
ham yoyildi.
«Baxtsiz nikoh», «San’atkor sevgisi», «Yolg4iz sotsialist» romanlari
uning ilk ijod namunalaridir. Shou jahon adabiyotiga «Uorren
xonimning kasbi» asari bilan kirib keldi va bu asar dramaturg shon-
shuhratini orttirib yubordi.
«Qabul qilinmagan pyesalar», «Puriton uchun», «Sezar va Kleo
patra» (1898), «Jon Bullning o 4zga oroli», «Mayor Barbara» asarlari
dramaturgning sermahsul ijodidan darak beradi.
70-80-yillarda adib beshta roman yozadi. Biroq bu romanlari ilk
ijod namunasi bo'lishiga qaramasdan, mavzu jihatidan ham, hayotga
yaqinligi bilan ham o4z davrining yetuk romanlari qatorida turadi.
Adib m a’lum muddat badiiy ijoddan chekinib, publitsistikaga o'zini
uradi. Dastlab muzika va qo4shiq san’ati haqidagi qator maqolalari
Korno di Basseto taxallusi ostida «Star» gazetasida bosila boshlaydi.
So‘ngra «G. V. S» taxallusi bilan teatrshunoslikka oid maqolalari chiqa
di.
Shou o‘zining iqtidorini ilmiy-tanqidiy maqolalar, turli jam iyatlar
ochishga bag'ishlaydi. U xotini bilan «Fabian jamiyati»ni ochadi. «Fa
bian jamiyati», garchi o4z davri uchun unchalik katta foyda bermasa-da,
Shou o'zining m ohir notiq ekanligini namoyish etadi, Londondagi
ko'pgina joylarda mohirona ma’ruza o'qiydi.
Nasrda mashhur bo'la olmagan Shou o'zini dramaturgiyaga uradi.
Dramaturg ilk to'plamini «Qabul qilinmagan pyesalar» deb ataydi. Bu
atamada ma’lum darajada ramziy ma’no mavjud. Chunki adibning ro
manlarini nashriyotlar qabul qilmagan edi. Ehtimol, dramalarimni ham
teatrlar qabul qilmas degan, xavotirda shunday ataydi. Ayrim tadqiqot-
chilar bu atamani boshqacha talqin qiladilar. «Qabul qilinmagan
pyesalar» turkumi uchta dramadan iborat. «Boshqaruv uyi» (1885)
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Uorren xonimning kasbi» (1894), «Tashlandiq» (1893) asarlarida ja
miyatda hukm surayotgan qashshoqlik va boylikni bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yadi.
Bernard Shou dram aturgiyada o ‘zining m unosib o ‘rnini topadi.
«Uorren xonimning kasbi» tragediyasi yozilishi bilanoq sahna yuzini
ko‘radi va matbuotda munozaralar boshlanadi. Bu munozaralar drama
turg mahoratini kamsitmagan holda, obrazlarning o ‘zaro munosabati,
dunyoqarashi atrofida qizgMn davom etardi.
Pyesada tasvirlanishicha, Uorren xonim ochiqchasiga boy-badavlat
kishilar bilan yura boshlaydi, bir joyda maishat, buzuqlik bilan shug
6
ul-
lanuvchi uy ochadi. Kollejni bitirgan qizi Vivi onasining bunday ishla-
ridan xabar topib qoladi. Onasining bunday ishlar bilan m ashg‘ul
boMishi va shuning orqasidan pul to‘plashi Vivi dunyoqarashiga qattiq
ta’sir etadi. Buning ustiga onasining boy-badavlat jazmanlaridan boM
mish Kroft Viviga uylanish niyati borligini aytadi. Vivi boshqa bir
yigitni sevib, ular o ‘rtasida sof muhabbat uchqunlari tobora alangala-
nib bormoqda edi.
Asar qahramoni onasi Uorren xonimdan nafratlanadi. Asarda aqlli
va pokiza qalb egasi Vivi bilan fohishalikni o ‘zlariga kasb qilib olgan
xonim lar o ‘rtasida to ‘qnashuv, kurash jarayoni o ‘zining haqqoniy
ifodasini topgan.
Dramaturg «Qabul qilinmagan pyesalar» turkum iga kirgan uch
asarini ham sahnaga qo ‘yish taqiqlangandan keyin, «Qabul qilingan
pyesalar» turkumini e ’lon qiladi. Bu turkumga «Qurol va inson» (1894),
«Kandid» (1895), «Tanlangan qismat» (1895) pyesalari kiradi. Lu pye
salar siyosatdan biroz uzoqroq, ularda urushdan keyingi ijtimoiy hayoi
muammolari qalamga olinadi.
Bernard Shou ijtimoiy hayotidagi yaramas illatlami, qabihliklami,
boylik orttirish yoMida har qanday jinoyatlam i qilishdan toymaydigan
kimsalarni tanqid etadi. Bernard Shou yashagan zamonda yangi bir
oqim - puritanlar yuzaga kelgan boMib, bu oqim tarafdorlari illatlami,
eski an’analami tanqid qilishga kirishgan edi.
Shuning uchun ham Shou keyingi yozilgan turkum asarlarini «Puri
tan uchun pyesalar» deb ataydi. Bu turkumdan «Afsungar olim» (1897),
«Sezar va Kleopatra» (1898), «Kapitan Brasebaun murojaati» (1899)
pyesalari o‘rin egallagan edi.
Bu asarlar Bernard Shou nomini uzoq-uzoqlarga tanitdi. Uning
keyingi yozilgan dram alari ilgarilariga nisbatan ustun turadi. «Jon
Bullning o‘zga oroli» (1904), «Mayor Barbara» (1905), «Pigmalion»
(1912) va boshqa asarlari Bernard Shouning eng go‘zal asarlaridir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |