Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

A N R I  B A R B Y U S
(1873-1936)
Aner shahrida jurnalist oilasida dunyoga kela­
di.  Universitetni  tugatgandan  so ‘ng  ijod  bilan 
mashg‘ul  boMadi.  Dastlabki  ijodini  she’r yozish- 
dan  boshlaydi.  1895-yilda birinchi  she’rlar to'pla­
mi  chop etiladi.
«Go‘zallik  haqiqatning shaklidir»,  deydi  «Yol- 
voruvchilar»  (1903)  romanining  bosh  qahramoni 
M ajilima.  «OMim  va  ochlik  hukm rondir»,  deb 
nola  qiladi 
ikkinchi 
bir  «Zahar»  (1908) 
romanining qahramoni.
Anri  Barbyus  hayotining  ko‘p  yillari  urushda 
o‘tadi.  «Men  urushning  boshidan  to  oxirigacha 
qatnashdim»,  deb eslaydi  atoqli  fransuz adibi.
«Olov» (1917) romani  mana shunday qirgMnbarot urushlaming aksi
-   in ’ikosidir.  Bu  asarda  urushdagi  shafqatsizlik  va  adolatsizliklar 
haqida  hikoya  qilinadi.  «Fransiyadan  xat»  asarida  urushga  boMgan 
nafrati  izhor etiladi.  Yozuvchi  ijodini  urush dahshatlarining timsoli  deb 
bejiz aytishmagan.
Anri  Barbyus  qator hikoyalar va romanlar ustasi.  «Biz»  hikoyasida 
yozuvchi  bosqinchilik  urushlarini  qoralavdi.  «Orden»  hikoyasida 
tasvirlanishicha,  Afrika  negrlarini  behisob  oMdirgan  soldat  nishondor 
boMadi.  Bunday yuksak yorliqqa  ega  boMgan  soldat  ordenini  mudom 
yashirib yuradi.  Chunki  qotillik orqasidan  orttirgan  bunday  nishonga  u 
o‘zini  munosib emas deb biladi.
Barbyus  1914-yilde  ko‘ngillilardan  boMib  Birinchi jahon  urushiga 
jo ‘nab ketadi. Yozuvchining oldiga qo‘ygan maqsadi -  jurnalist sifatida 
urush  dahshatlarini  o ‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rish  va  urush  olovini  yoquv- 
chilami  fosh qilishdan  iborat edi.
Jurnalist  o‘z  kundaligiga  ko‘rgan-bilgan  voqealarni  yoritib  boradi 
va bu kundaligini  «Urushdan xat» deb ataydi.
Barbyus  «Urushdan  xat»  asarini  qayta  ishlab,  «Olov»  deya  ataydi. 
«Olov»  romanida  berilgan  ayrim  voqealar  «Evr»  gazetasida  yoritib 
boriladi.  Gazetada bosilgan roman voqealarini  soldatlar qoMdan-qoMga 
o ‘tkazib,  berilib o‘qirdi.  Urush  dahshatini  o‘z ko‘zi  bilan ko‘rgan  adib, 
keyinchalik urush olovini yoquvchilarga qarshi  isyon ko‘taradi, ulardan 
nafratlanadi.  Yozuvchi  «Urush  olovini  kim  yoqdi?»  degan  savolga 
javob qidiradi.
«Olov»  (1916)  romani  nashr qilingandan  so‘ng,  minglab  o‘quvchi- 
lar uni  qoMdan tushirmay  o‘qib, o‘zlarini  qiziqtirgan savollarga javob
www.ziyouz.com kutubxonasi


topadi,  urushning  mohiyati  haqidagi  fikrlari  o'zgarib,  bosh  aybdorlar 
kim ekanligini  tushinib olishadi.
«Olov»  romani  qator  ocherklar zanjiridan  iborat.  Bu  ocherklar bir- 
birini  mantiqan  to'ldirib,  mazmunan  boyitib,  voqealar tafsiloti  o'zaro 
ulanib  ketgan.  Romanda  yagona  bosh  qahram on  berilm agan.  Unda 
yuzlab soldatlaming jangda ko'rsatgan jasorati, matonati va mardlarcha 
o 'lim i,  behuda  qon  to'kish  va  fojealar  tafsiloti  qiziqarli  badiiy 
tasvirlangan.
Romanda  Poterlo,  Bekyuv,  Tirluar,  Bertran,  Fuyyad,  Andre,  Mekil, 
Lamiz  taqdiri  bilan  bog'liq  tasvirlar  nihoyatda  ta ’sirli  chiqqan.  Bu 
harbiylar oddiy,  qabohat  va riyo  nima ekanligini  bilmaydigan  yigitdir. 
Bunday  oddiy  soldatlar  urush  haqida  emas,  ezgulik  va  yorug'  kunlar 
haqida xayol  suradilar.
«Olov»  romani  yozuvchining o'ziga  xos  falsafasidir.  Urush  haqida 
yozar ekan,  yozuvchi  «kimdir vatan  uchun jonini  fido  qilayapti,  kimdir 
urush orqasida turib, tinchgina va osuda hayot kechirib,  katta boylik or- 
ttirmoqda»,  degan fikrlami  o'rtaga tashlaydi.
Bunday  fikrlari  uchun  o 'z   davrining  tanqidchilari,  urush  olovini 
yoquvchilarning  xushomadgo'y  adabiyotshunoslari  «Olov»  romanini 
qattiq  qoralaydilar,  uni  o'ta zararli  roman  deb  keskin  tanqid  qiladilar. 
Romanni  o'qigan  o'quvchi  esa  muallifni  sharaflar,  uning  nomini 
ulug'lar edi.
Barbyus  urushdan  qaytib  kelgach,  katta  hayot  tajribasini  to'plab, 
mahorati  o'sib-ulg'ayib,  «Yorqinlik»  (1919)  romani  ustida  ishlaydi. 
Adib butun  umri  davomida ham  ijodi,  ham nutqi  bilan  urushni  qoralab 
kelgan.
«Yorqinlik»  romanining  bosh  qahramoni  Simen  Polendir.  Zavod- 
ning  oddiy  ishchisi  dastlab  hayotni  tushunm aydi.  Kuni  o 'tsa   bas. 
O 'zining  qashshoq  hayoti  ham  uni  zarracha-  qiziqtirm aydi.  Haq- 
huquqini  talab  qilgan  namoyishchilarni  ham  tinchlantirishga  harakat 
qiladi.
Biroq  keyinchalik urush  uning ko'zini  ochadi. Ayniqsa, yaralangan- 
dan  so'ng,  asirlarga  munosabatni  o 'z   ko'zi  bilan  ko'rgandan  so'ng, 
mudhish voqealarga guvoh  bo'lgandan  keyingina hayot haqida,  kelajak 
haqida o'ylay  boshlaydi.  Urushga  qarshi,  urush  olovini  yoquvchilarga 
nisbatan  qattiq  g'azab-nafrat  tuyg'usi  paydo  bo'ladi.  O 'zining 
o'tm ishini  o'ylab,  ezilib  ishlab,  qashshoq  hayot  kechirgan  kunlarini 
eslab o'ziga va zolimlarga nisbatan qahr-g'azabi  qaynab ketadi.
Yozuvchi o'z qahramonining dunyoqarashini  tobora o'stirib, musta­
qil  o 'y  va  fikrlash  hissini  uyg'otib  boradi.  Roman  qahramoni  Simen 
Polen  asar  nihoyasiga borib,  ilgarigidek  xo'jayinining  xushomadgo'yi 
emas, o 'z qadrini anglab yetgan, yetuk kishiga aylanadi.
«Haqiqat qissalari» (1928) deb nomlanuvchi  asarlar to'plami yozuv­
chi  ijodining yuksak namunasidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Anri  Barbyus  umrining  oxirgi  yillarida jahonning  ko'pgina  mam- 
lakatlarida  bo'lib  o'tgan  tinchlik  kongreslarida  nutq  so'zlab,  o'zining 
sermazmun  m a’ruzalari  bilan  urushni  qoraladi, tinchlikni yoqladi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish