Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

H A Y N R IX   M A N N
(1871-1950)
Nemis  adibi  Lyubek  degan  shaharchada tu g 'i­
ladi.  Maktabni  tugatgandan  so 'n g   Drezdenda, 
so'ngra  Berlin  universitetida ta ’lim  oladi.  1892- 
yilda  otasi  vafotidan  so'ng  ularning  oilasi  Myun- 
xenga  ko'chib  keladi.  M anning  1900-yilda 
yozilgan  ilk  romani  Berlin  ko'chalaridagi  hayot, 
bosh 
qahramon 
Andreas 
Sumz 
taqdiriga 
bag'ishlanadi.  Oradan  29  yil  o'tgandan  so'ng   bu 
obraz yana yangi  romanning  bosh  qahramoni  sifa­
tida  beriladi.  1902—1903-yillarda  «Diana»,  «Mi­
nerva»,  «Venera»  deb  nomlanuvchi  uch  kitobdan 
iborat trilogiya  yozadi.  U  «Muhabbat  chopqiri»  (1904),  «O'qituvchi 
Uprat»  (1905),  «Kichik shahar»  (1909),  «Muhtaram  Legro»  (1917)  ro- 
manlarining muallifidir.
Mann  ijodi juda  serjilo  va  sermazmundir.  1918-  yilda  «Imperiya» 
nomli  uch romandan  iborat -  «Qashshoqlik», «Boshliq», «Jiddiy hayot» 
trilogiyasini yozishga kirishadi.  1935—1939-yillarda Genrix IV hayotiga 
bag'ishlangan  ikki  tarixiy  romandan  iborat «Genrix  IV  ning bolaligi», 
«Genrix  IV ning yigitligi» epopeyasini  yaratadi.
1940-yilda  Fransiyani  nemislar  bosib  olgach,  Am erikaning  Los- 
Anjelos  shahriga  keladi.  Adib  Am erikada  ham  ijod  bilan  m ashg'ul 
bo'ladi.  O 'ng a  yaqin  kino  rom anlar  yaratadi.  1945-yil  2-mayda 
Vataniga  qaytish  istagida  «Berlinga  so'z»  maktubini  yo'llaydi.  U 
Germaniya san’at akademiyasining Prezidenti  bo'lishi  kerak edi.  1950- 
yilda «Stefan  Batariy»  paroxodiga bilet olib safarga otlanish uchun  Ka- 
liforniyaning  Santa-Monika  shahrida  vataniga  qaytishdek quvonchini 
yuragi  ko'tarolmay olamdan  o'tadi.
Haynrix  Mann  trilogiya  yaratish  ustasidir.  Shu  bilan  birga  ilmiy- 
publitsistik  asarlari  bilan  ham  mashhurdir.  «Bir do'stlik haqida»gi  ma- 
qolasida Gyustav  Flober va Jorj  Sand  haqida fikr yuritadi.  Keyingi  il­
miy  maqolasi  «Hyote  va Volter»  deb  nomlanib,  bu  ikki  adib  ijodining 
umumiy jihatlari  va o'ziga xos qirralarini  yorixadi.
Adib  «Reyxstag»  (1911)  nomli  publitsistik asari  nemis  parlamenti 
va  uning  insoniyat  taraqqiyoti  uchun  zararli  va  nemis  millati  uchun 
xavfli  faoliyati  haqida ochiqdan-ochiq  tanqidiy  fikrlarini  bildiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Haynrix Mann «Imperiya» trilogiyasi bilan nemis adabiyoti cho'qqi­
siga ko‘tarildi.  Bu trilogiya butun bir jamiyatning epopeyasini ko‘rsatib 
beradi. Ayniqsa, trilogiyaning  ikkinchi -  «Qashshoqlar» (1981)  asarida 
Gesleng hayoti,  uning qanday qilib,  boy-badavlatlik pog‘onasiga ko4ta- 
rilishi  ko‘rsatib  beriladi.  Gesleng obrazi  trilogiyaning  birinchi  romani- 
da ham tasvirga olingan.
Haynrix  Mann  Ikkinchi  Jahon  urushi  davrida  urushni  qoralab, 
fashizmning  yovuz  niyatlariga  qarshi  bir  talay  publitsistik  asarlar 
yozadi.  Fransiyada yashar ekan.  fashistlarga qarshi  kurash jamiyatining 
raisi  sifatida o‘zining otashin  nutqi  bilan  mitinglarda so'zga chiqib,  fa- 
shistlar boshlagan urushning eng mudhish va tahdid-tahlikali tomonlari 
haqida  to ‘lib-toshib  so ‘z  yuritadi.  1933-yildayoq  Am sterdamda 
«Natsistlar hayotidan  ko‘rinish»  nomli  publitsistik  asari  chop  etilgan 
edi.  Bu asarida muallif dahshatli  urush olovini yoquvchi  Hitler, Hering, 
Hebbelsning yovuz niyatlarini  ochib tashlagan  edi.
Haynrix  M ann  «Jasorat»  asarida  fashistlarga  qarshi  kurashib, 
qamoqxonada  m ardlarcha jon  bergan  Edgar  Andre jasorati  haqida 
hayajon  bilan yozadi.
M uallif «Lidis»  (1943)  kinorom anida  Chexoslovakiyadagi  Lidis 
hamda Lisan  qishloqlarining  fashistlar tomonidan  yoqib  yuborilgani, 
erkaklarning  otib  o 4ldirilib,  xotinlarning  konslagerga  tashlangani 
haqida so‘z yuritadi.
Keyingi  «Asr tafsiloti»  (1944)  asari  ham  «Lidis»  kinoromanining 
davomi  bo‘lib, unda Ikkinchi  Jahon  urushining boshlanish sabablari  va 
urush olovini yoquvchilar haqidagi  hayotiy epizodlar berilgan.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish