Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

J E K   L O N D O N
(1876-1916)
San-Fransiskoda dunyoga keladi.  U tug'ilgan 
oila  qashshoq  edi.  Boshlang'ich  m aktabni 
qiynala-qiynala  bitirib  olgandan  so'ng,  fabrikada 
ishlashga  m ajbur  bo 'ladi.  Shundan  so 'n g   u 
Amerika  va  K anadaning  k o 'p  shaharlarida  ish 
qidirib  sarson  bo'ladi.  U  qayerda  bo'lm asin  o 'z 
ustida tinmay  ishlar,  universitetda o'qishni  orzu 
qilardi.  1895-yilda  bu  orzusi  ushaladiyu,  ammo 
uzoqqa  cho'zilm aydi.  Bir  yil  o'qigach,  otasi 
vafotidan  so'ng  universitetni  tashlashga  majbur 
bo'ladi.
U  ish qidirib Alyaskaning oltin  konlariga boradi.  Biroq u yerda ham 
uning orzulari  sarob bo'lib chiqadi.  Oltin konidan  battar qashshoqla-
www.ziyouz.com kutubxonasi


shib,  bor-yo'g'idan  ajralib  qaytadi.  Bunday  muhtojliklar  Jek  dunyo- 
qarashining o'sishiga katta ta’sir ko'rsatadi.  U  pul topish  uchun  kechayu 
kunduz  tinim siz  mehnat  qiladi.  Ammo  kosasi  hech  oqarmaydi.  0 ‘z 
ko‘zi  bilan  ko‘rgan  voqealarni  yozishga  kirishadi.  Bu jihatdan  uning 
«Marten  Iden» «Shimol hikoyalari» romanidagi voqealar haqiqatga juda 
yaqindir.
Jek  London  ijodiy  faoliyati  davomida  bir yuz ellikdan  ortiq  hikoya 
yozib,  hayotning turli-tuman  ko'rinishlarini  qalamga oladi.
Hayot  xilma-xil  so'qm oqlardan  iborat.  Adib  bu  so'qm oqlarning 
barchasidan  yurib,  hayot  m ashaqqatlarini  obdan  tortib  ko‘radi.  Jek 
London  yaratgan  150  hikoya,  hayotning yuz  ellikta  so‘qm og‘idir.  Bu 
asarlarning  mavzusi  turlicha.  «Oq  sukunat»,  «Qirq  mil  narida»,  «Otalar 
xudosi»,  hikoyalarida turfa qiyofalar yaratilgan.
Adib  qaysi  m avzuda  qalam  tebratm asin,  insoniylik,  yaxshilik, 
ezgulikni  ulug4aydi.  Ko'pgina  qahramonlari  muhtojlikda  yashasalar 
ham  hayotdan  qandaydir  go'zallik,  zim-ziyo  tun  qo‘ynidan  yorug'lik 
qidiradi.  Muallifning hayoti  ham qahramonlariga o‘xshab  ketadi.
Angliyaga qilgan  sayohatlari  davomida  London  ishchilaming  og'ir 
hayotini  ko'rib,  «Bu  yerdagi  hayot  men  o'ylagan  hayotdan  ham  battar 
ekan»,  degan  xulosaga  keladi.  «Tubanlik  kishilari»  (1903)  ocherklar 
to'plami  mana shu sayohat taassurotlari  ta’sirida bitilgan.
Adibning  «Tem ir  tovon»  (1907),  «M arten  Iden»  romanlari  ham 
san’atkorona yaratilgan.
Jek  London  hikoya  ustasi  sifatida jahon  adabiyotida  munosib  o'rin 
egal lagan.
Inson  qudratini  namoyish  etadigan  -   bu  uning  irodasidir.  Iroda 
insonni  hayotning  mashaqqatli  so‘qmoq!aridan  olib o‘tadi.  Iroda  inson­
ni  tushkunlikka  tushishdan  saqlaydi.  Iroda  har  qanday  mudhish, 
qayg‘uli  voqealar oldida ham  insonni  bardoshli  boiishiga  undaydi.  Jek 
London  hikoyalarida mana shunday  iroda egalari  qalamga olinadi.
Adibning «Hayotga muhabbat» asari  g'oyat qiziqarli sarguzashtlarga 
boy.  Asar  qahram oni  Bill  Kanada  vodiylarida  adashib  qolib, 
yolg'izlikda  hayot  kechiradi.  Baliq  ovlab  kun  ko'radi.  Suyanchig'i 
bo'lgan  miltig‘i  va  pichog'ini  ham  yo'qotib  qo'yadi.  Bo'rilar  galasiga 
duch  keladi.  Yuraverib  oyog'i  qavarib  ketadi.  Shunda  u  titilib  ketgan 
adyolini  oyog'iga  bog'lab,  oldinga  qarab  yuraveradi.  N ihoyat  Bill 
barcha  qiyinchiliklarni  yengadi.  Eng  o g 'ir  dam larda  ham  hayotdan 
umidini  uzmaydi.
Uni  kit ovlovchi  «Bedford»  kemasi  matroslari  qutqaradi.
Jek  Londonning qahramoni  Bill  irodaga qo'yilgan  haykaldir.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish