Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

R O M E N   R O L L A N
(1866-1944)
Burgundiyaning Klamsi  shahrida notarius  oila- 
sida  tavallud  topadi.  1881-yilda  ulam ing  oilasi 
Parijga ko‘chib  keladi.  Shundan  so‘ng  Romenning 
o ‘qishi  uchun  imkoniyat  tug‘iladi.  U  pedagog 
bo'lishni  orzu  qiladi.  Yoshligidan  adabiyot  va 
san’atga katta  ixlos  qo'yadi.  Talabalik yillaridayoq 
rus adiblari  asarlarini,  xususan L. N.  Tolstoy  ijodini 
qunt bilan  o ‘qib  boradi.  1887-yilda  L.  N.  Tolstoyga 
xat yozadi.  Ulug‘  rus yozuvchisi ham yosh  iste’dod- 
ning mahoratiga alohida e’tibor bilan  qarab,  38  va- 
raqdan 
iborat 
javob 
yo'llaydi.  Rom en  L. 
Tolstoyga  atab  bir  qancha  maqolalar  va  «Tolstoy 
hayoti» nomli kitobini yozadi.
Yozuvchi  qadimgi  Rim  san’ati  yodgorliklariga katta qiziqish  bilan 
qaraydi va Rimga sayohat qiladi.  1895-yilda Parijda Yevropa operasi tarixi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ga oid  dissertatsiya  himoya qiladi.  Shundan  so‘ng drama yozishga  bel 
bogMaydi. «E’tiqod tragediyasi» nomi bilan turkum tragediyalarini e ’lon 
qiladi.  «M uqaddas  Lyudovik»  (1897),  «Aert»  (1898),  «Vaqt  keladi» 
(1903) pyesalari  shu turkumdan o ‘rin  olgan edi.
Romen  Rollan dunyoqarashi boy, fikrlash koMami keng boMgan olim 
edi.  U  qator dramalar ijodkori  boMish  bilan birga dramaturgiya va teatr 
san’atining  nazariy  asoslari  haqida qator  ilmiy-tanqidiy  asarlar yozadi. 
Ijodkorning  ilmiy  asarlari  «Dramatik  san’at  talqini» jurnalida  bosilib 
turadi.  Bunday  ilmiy  maqolalarni  qayta  ishlab  «Xalq  teatri»  nomi  bilan 
(1903) alohida kitob holida nashr etadi.
Romen  Rollan  falsafiy  mavzuda  ham  qalam  tebratib,  o‘z davrining 
muhim muammolarini  ko‘tarib chiqadi.  «Idealizm zahri»  (1900)  maqo- 
lasi  ko‘plab  munozaralarga sabab boMgan  edi.
Dramalari  bilan  m ashhur  boMgan  Romen  Rollan  o ‘z  asarlarida 
me’yor va mazmun  mohiyatiga alohida e’tibor beradi.
«Bo‘rilar»  (1898),  «Danton»  (1899),  «Aql  tantanasi»  (1899),  «Obn 
to‘rtinchi  iyul»,  «OMim  va  muhabbat  o‘yini»  (1924),  «Leonid»  (1927), 
«Robespyer»  (1939)  kabi  dram alarida  asosan  1789-1794  yillarda 
Fransuz jam iyatida  boMib  o ‘tgan  muhim  ijtimoiy-siyosiy  voqealarni 
ko‘rsatib beradi.
Adib buyuk insonlamingtarjimai  holini o ‘z ichiga olgan epik asarlar 
ustasidir.  Hayoti,  ijodi jasorat timsoliga  aylanib  ketgan  mashhur fidoyi 
ijodkorlar  Betxoven  («Betxoven  hayoti»  1903),  M ikelanjelo  («Mike- 
lanjelo  hayoti»  1906),  L. N.  Tolstoy («Tolstoy  hayoti»  1901)  haqidagi 
asarlari xayrli  va yuksak ijodiy hosilalardan hisoblanadi.  0 ‘z asarida bu 
uch  buyuk  ijodkorning  hayoti  va  asarlarini  tadqiq  qilish  bilan  birga, 
ulam ing jahon  adabiyoti  va  san ’ati  tarixidagi  o‘m ini  ham  belgilab 
beradi.  M uallif bu  uch  asami  alohida va  bir  butunlikda turkum  holiga 
keltirib nashr qiladi.  Shu  bilan  bu  uchta ulug‘  ustozga nisbatan  beadad 
hurmat va ehtiromini  namoyish  etadi.
Romen  Rollan  o‘n jildlik  roman  muallifidir.  «Jan  Kristof»  (1 9 04- 
1912) romani  birinchi  bor «Ikki haftalik daftar» jurnalida berib boriladi. 
Keyinchalik alohida kitob holida nashr qilinadi. Romanda o‘z davrining 
m ashhur  ijodkorlari  Jan  K ristof  va  Betxoven  hayoti  tasvirianadi. 
Yozuvchi  ijtimoiy-siyosiy voqelik keskin  tus  olgan  bir davrda adabiyot 
va  san’at  fidoyilarining nihoyatda  qadrsiz hayot kechirishlarini  ifoda- 
lashni  o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
«Jan  Kristof»  turkum  romanlari  «Tong»,  «Ertalab»,  «Yoshlik»,  «Is- 
yon»,  «Maydondagi  ko‘rgazma»,  «Antuatta»,  «Xonadonda»,  «Neapol 
savdosi», «Fransiya va miniatyura»,  «Garmsel kun» asarlarini  o‘z ichiga 
olib, voqealar mantiqiy ulanib ketgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Birinchi  Jahon  urushi  davrida  adib  asosan  publitsistik  maqolalar 
yozish  bilan  m ashg‘ul  boMadi.  «Iskanja»  (1916),  «Urush  yillari  kun- 
daligi»,  «Xalq talofati» (1916),  «YorugMik toMqinlari»  kabi  ilmiy-falsa- 
fiy  asarlari  bilan  urush  olovini  yoquvchilarga  qarshi  o‘zining  keskin 
nafratini  izhor etadi.
Birinchi  Jahon  urushiga  fransuz  ziyolilarining  munosabati 
mavzusiga  bagMshlangan  «Klerambo»  (1916-1920)  romani  g‘oyaviy 
yuksaklik timsolidir.
Romen Rollan umrining so‘ngi davrlaridagi  ijodini  urush mavzusiga 
bagMshlaydi.  M ash’um  urush  tufayli  adib  eng  yaqin  kishilaridan 
ajraladi.  M illionlab  fransuz  farzandlari  urush  tufayli  nobud  boMadi. 
Xalq  kabi  yozuvchining  qalbida  urush  dahshati  bitmas  yara  boMib 
qoladi.  «Pyer  va  Lyuis»  (1918)  qissasida  tasvirlanishicha,  Sen-Jerve 
ibodatxonasi  o ‘qqa  tutilib,  Pyer va  Lyuis  ham  snaryad  zarbidan  halok 
boMadi.  Yozuvchi  asarlarida hayotni  poymol  etgan  urushni  qoralaydi. 
M illionlab  odam larning  hayoti  evaziga  boylik,  yer,  mol-dunyo 
orttirishni  orzu  qilgan  manfur  siyosatdonlarga  qarata  nafratini  izhor 
etadi.
Romen  Rollanning  adabiy  merosi  qit’alararo  chegara  bilmay  inso­
niyat kelajagi  uchun xizmat qilib kelmoqda.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish