Fayzulla boynazarov


R A B I N D R A N A T   T A G O R



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

R A B I N D R A N A T   T A G O R
(1861-1941)
Hind adabiyotini  o‘zining romanlari, she’rlari 
bilan  bezab  turgan  adibning  asarlari jahonning 
ko‘plab  xalqlari  tillariga  tarjim a  qilingan. 
Maxatma Gandi,  Javoharla’l  Neru,  Romen  Rol- 
lanning Tagor ijodi haqidagi fikrlari  ko‘pchilikka 
ma’lum.
Yoshligidan  adabiyot  va  san ’atga  qiziqadi. 
Tagor  sayohat  qilishni  yaxshi  ko‘radi.  1877- 
yildan  boshlab  «Genankur» jurnali  bilan  aloqa 
bog‘laydi.  Bu jum alda uning ilk nutq  va maqola­
lari  e ’lon  qilinadi.  1890-yilda  u Yevropa bo‘ylab 
sayohatga  chiqib,  Italiya,  Fransiya,  Angliyada  boMadi.  1901-yildan 
boshlab ko‘pgina m am lakatlar- Amerika, Yaponiya,  Xitoy,  Indoneziya, 
Tayland,  Seylon,  Kanada,  Hindi-Xitoy bo‘ylab  safarga  chiqadi.  1913- 
yilda jahon  adabiyotiga  qo ‘shgan  ulkan  hissasi  uchun  xalqaro  Nobel 
mukofoti  laureati  boMadi.
Tagor Yevropa adabiyoti  durdonalarini  sevib o‘qiydi.  Shelli,  Braun, 
Kitsa,  Hyote,  Dante,  Petrarka  asarlarini  o‘qib,  so‘z  boyligi  yuksalib 
boradi.  Ijodini hikoya yozishdan boshlagan Tagor, keyinchalik romanlar 
л а т  ijod qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tagor maktabda o'qib yurgan  kezlaridayoq hind va jahon adabiyoti 
na’munalarini  sevib  o‘qirdi. Ayniqsa,  xalq  og'zaki  namunalarini  o'rga- 
nishga  katta  ixlos  qo'ygan  edi.  Otasi  sayohatda  bo'lib,  xonadoniga 
kamdan-kam  kelar,  ko'pincha Angliyada  istiqomat qilardi.  Tagor mak- 
tabni  bitirib,  17  yoshga to'lganda,  otasi  o'g'lining  huquqshunos  bo'li­
shini orzu qilib Londonga chaqirib oladi. Tagor yoshligidan badiiy ada- 
biyotni  sevar,  huquqshunoslik  sohasi  unga  begonadek  tuyulaverardi. 
Shuning uchun  ham  olti  oy  zo'r-bazo'r o'qib,  Hindistonga qaytib  kelib 
badiiy  ijodga sho'ng'ib  ketadi.  Tagor tabiat  shaydosi  edi.  U  Hindiston- 
ning go'zal  o'rmonlarini,  zilol  suvlarini, jazirama  issig'u yomg'irlarini 
sevadi. Unga, ayniqsa, so'lim qishloq juda-juda yoqardi. Ota-bobosidan 
meros  bo‘lib  qolgan  yerni  k o 'rib   kelish  uchun  ahyon-ahyonda 
qishloqqa  borib,  akalarining  qistovi  bilan  z o 'rg 'a   shaharga  qaytib 
kelardi.  Tagor  Kalkuttada  ko'p  turmay,  o'zi  sevgan  go'zal  qishloqqa 
qaytadi.  Bobosidan  meros  yerga  egalik  qilib,  oddiy  qishloq  odamlari 
bilan  yonma-yon  dehqonchilik  qiladi.  G'am-tashvishdan  yiroq  hayot, 
mehnat  gashti  unga  adoqsiz  zavq-shavq  bag'ishlar  edi.  Ijodini  she’r 
yozishdan  boshlagan  Tagorning  «Oqshom  qo'shiqlari»  (1881) 
to‘plamiga  kirgan  asarlarini  ta ’riflab  adog'iga yetib  bo'lmasdi.  Tagor 
juda  saxiy  inson  edi.  Qo'l  ostidagi  dehqonlar yosh  adibni juda hurmat 
qilar edilar. Tagor o'nlab romanlar, yuzlab hikoyalar yozdi, ularda oddiy 
mehnat ahlini  ulug'ladi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish