Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

ARTUR KONAN DOYL
(1859-1930)
XIX  asrning  oxiri  -   XX  asrning  boshlarida 
G ‘arb  adabiyotida  ajoyib  bir  a n ’ana  boshlanadi. 
Bundan  ilgarigi  adabiyotda  ijodkorlam ing  turli 
oqimlar  (syurrealizm,  neoromantizm,  naturalizm , 
simvolizm, estetizm, dekadantlik kabi) ta’sirida ijod 
qilishi  odatiy tusga aylangan  edi.  Endilikda har bir 
ijodkor  o‘zi  uchun  m a’lum  bir  muhim  m avzuni, 
y a’ni  bosh  mavzuni  tanlash  va  shu  mavzuda  ijod 
qilishi  an’anaga  aylandi.  Bir  yozuvchi  ishchilar 
hayotini,  boshqa  biri  esa qishloq  manzarasini  tas- 
virlaydi.  Bir  ijodkor tabiat  go‘zalliklariga  e’tiborni  qaratsa,  boshqasi 
hayvonlar haqida yozadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Artur  Konan  Doyl  esa  izquvarlar  hayotini  tasvirlashni  o 'z   oldiga 
maqsad  qildi.  Yozuvchi  boshqa  mavzularda  ham  o'nlab  asarlar yozishi 
mumkin  edi,  biroq jahon adabiyotiga shu  mavzu  bilan  kirib boradi.
Yozuvchining  «Yo'qolgan  dunyo»  (1887),  «Oq  ortidan  qizil»
(1927),  «Beskervillar  iti»  (1902)  asarlari  detektiv  Sherlok  Xolms  va 
uning do'sti  Jon Vatson hayotiga bag'ishlanadi. Adib  1887- vildayoq  ilk 
ijodini  Sherlok  Xolms  haqida  hikoyalar.  qissalar.  etyudlar  yozishdan 
boshlab.  keyinchalik  bu  izquvar  haqida  roman  yozish  \ay o li  bilan 
yashaydi.
XIX 
asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  G 'arb  adabiyotida  psixolo- 
gizm  ruhi  bilan  sug'orilgan  asarlar  paydo  b o 'la   boshladi.  Shu  bilan 
birga  detektiv-izquvarlik  muvzusiga  oid  asarlar yaratishga  ham  e ’tibor 
ortadi.  Bu  mavzuni  birinchilardan  bo'lib  Artur  Konan  Doyl  boshladi. 
Davr  bilan  bunday  hamnafaslik  yozuvchi  nomini  tezda  mashhur  qilib 
yuboradi.
Shotlandiyaning markaziy shahri  Edinburgda tavallud topgan  adibni 
taqdir  Irlandiyaga  va  keyinchalik  Londonga  olib  keladi.  Edinburgdagi 
m aktabni,  so 'ngra  universitetni  bitirgan  bu  quvnoq  shotland  yigiti 
London  ma?rifatparvarlari  orasida katta luirmat-e'tiboriga ega  bo'ladi.
Artur  Konan  Doyl  kema  vrachi  bo'lib  faoliyat  ko'rsatgan  kezlarida 
turli  toifadagi  odamlar bilan  uchrashadi,  talay  mamlakatlarda  bo'ladi. 
Ayniqsa, Afrika  manzaralari  katta taassurot qoldiradi.
Artur  Konan  Doylning  ilmiy  dunyoqarashi  keng.  U  har  bir  narsani 
sirtdan  kuzatib  qolmasdan,  manbalarni  butun  mohiyati  bilan  ko'rib, 
so'ngra o ‘rganib chiqadi,  o‘ziga xos  ilmiy  xulosalar chiqaradi.  Shuning 
uchun  ham  fantastik asarlari  ishonarli  va  hayotiy  chiqadi.  Bu jihatdan 
uning  «Yo^qolgan  dunyo»  romani  xarakterlidir.  Rom anning  birinchi 
bobiyoq  o‘quvchining e’tiborini  o‘ziga tortadi.  «Inson  o 'z shuhratining 
ijodkori»  deb  nomlangan  ilk  sahifalardayoq  irodali  kishi  har  qanday 
jasoratga  tayyordir,  oddiy  turm ush  ikir-chikirlari  bilan  aloqasini 
batamom  uzib, sirli  voqealar o‘lkasiga, g‘aroyib sarguzashtlar va buyuk 
m ukofotlar  kutayotgan  m am lakatga  bosh  olib  ketishga  qodirdir, 
deyiladi.
Artur Konan  Doyl Angliya bilan Fransiya o'rtasidagi  to'xtab-to'xtab 
davom  etgan  yuz yillik  urush  voqealarini  qalamga  oladi.  «Oqlar otrya- 
di»,  «SerNigelya»  «Mixey  Klarik»  kabi  romanlarida  tarixiy  voqelikni, 
urush  dahshatlarini,  xalq  m ehr-m uhabbatiga  sazovor  b o'lg an  jasu r 
qahramonlaming qiyofasini  hayotiy  tarzda.  o'quvchi  qalbida  uzoq  vaqt 
saqlanib qoladigan tarzda  ifodalab beradi.
Artur Konan  Doyl  o‘zi  o ‘qigan  Edinburg  universitetining  professori 
Jozef Bell  bilan yaqin munosabatda  boMadi  va  nihoyatda hurmat qiladi. 
Yozuvchi  Sherlok  Xolms  qiyofasini  tasvirlashda  ustozi  doktor Jozef
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bellning xatti-harakatlaridan,  ruhiy dunyosining  boyligidan  ustalik 
bilan  foydalanadi.
Sherlok Xolms haqidagi tarixiy va yarim afsonaviy manbalarni to‘p- 
lab,  uning  shaxsiyatini  obdan  o ‘rganadi.  Sherlok  Xolms  nomi  butun 
Angliyaga ma’lum  va mashhur edi.  Shundan  so‘ng detektiv asar yozish 
an’anasi  butun  G ‘arb mamlakatlariga tarqaladi.
Sherlok  Xolms  obrazini  yaratish  yozuvchi  uchun  oson  kechmaydi. 
1881-1903-yillarda  Sherlok  Xolms  Londondagi  Beyker-Strit  ko‘cha- 
sidagi  109-uyda  istiqomat  qilgan.  Bu  uy  hozirgi  kunda  ham  har  bir 
londonlikka yaxshi  tanish.
Artur  Konan  Doyl  «Zaharlangan  kamar»,  «Raflz  Xouning  kash- 
fiyoti»,  «Yo‘qolgan  dunyo»  rom anlarida  yaxshilik,  ezgulikning 
yovuzlik va jaholat ustidan  g‘alabasini  real  ko‘rsatib  beradi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish