Fayzulla boynazarov


E R N E S T  X E M I N G U E Y



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

E R N E S T  X E M I N G U E Y
(1899-1961)
Chikago  yaqinida,  vrach  oilasida  tugMladi. 
1917-  yildan  «Kanzas  Reyli  Star»  gazetasida 
ishlaydi.  U  yerda  7  oy  ishlab,  keyin  Yevropaga, 
urushga jo ‘nab  ketadi.  Frontda  sanitar  boMib  ish­
laydi.  1918-yil  8-  iyunda qattiq  yaralanadi.  12  ma­
rotaba operatsiya  qilinadi.  Yaxshi  davolangan  Xe- 
minguey askarlikdan  chiqadi.  1919-yili  Amerikaga 
qaytib  kelgach,  yana jum alistika  bilan  shug‘ullana 
boshlaydi.  1921-yilda  m uxbir  sifatida  Parijga 
jo‘nab ketadi. Jumalistik faoliyati juda o‘tkir edi.  U 
amerikaliklar hayoti  haqida tinmay yozardi.
Urush  olovini  yoquvchilarga  qarshi  nafrat  Xem ingueyda  o ‘sha 
urush  paytlarida yanada zo‘raydi.  Ko‘pgina  amerikaliklar  o‘z  ijodini 
jumalistikadan boshlagan. Xeminguey uchun  ham jumalistika adabiyot 
maktabi  bo‘ldi.  U  birinchi  «Uch hikoya va o‘nta she’r»  (1922) kitobini 
300 nusxada aw al Dijenada, keyin (1924) Parijda nashr qiladi.  Birinchi 
ijodiy  faoliyatida jamiyatga  ishonmay qo‘ygan  odamlar haqida hikoya 
qiladi.
Uning  ilk asarlarida jamiyatdan ajralib qolqan  inson  obrazi  oldinga 
surilgan. «Alvido, qurol» asarida Xeminguey yana yo‘qolgan avlod haqida 
qalam suradi.  Urush odamlarni  bir-biridan sovutib yuborganligi  aytiladi. 
30-yillar oxirida Xeminguey dramaturgiya bilan shug‘ullana boshlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Beshinchi  kolonna» pyesasi  dramaturgning ulkan ijodiy muvaffaqiyati 
namunasidir.
Adibning «Choi va dengiz» romani yuksak badiiy mahoratdan darak 
beradi.  Bu  asar yuzlab  badiiy  obrazlami  tasvirlagan  romanlardan  farq 
qiladi.  Barmoq  bilan  sanarli  obrazlar  orqali  ham  falsafiy  m a'n o  va 
mazmunni  berish  mumkinligi  isbot  etildi.  Bu  romani  uchun  m u allif 
1952-yilda xalqaro Nobel  mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Xeminguey  Parijga  muxbir sifatida  borib  kelgandan  so‘ng, jurna- 
listika bilan  shug'ullanishdan  ko‘ra yozuvchilikni  afzal  bilib,  roman  va 
hikoyalar yozishga ko‘p vaqtini  sarflaydi.
0 ‘z davrining  atoqli  nazariyachisi  Gerturud  Steyn  atrofidagi  ma’ri- 
fatparvar  o‘z  bag‘riga  Ernest  Xeminguey  kabi  iste’dodlami  ham  olib, 
ularni  yangicha  adabiyot  yaratishga  ilhomlantirib  turardi.  Steyn  ham 
nazariya ilmi,  ham badiiy ijod bilan mashg‘ul  bo‘lgani  holda Xemingu­
ey kabi  iste’dodlarga yaqindan yordam berar, har bir asarini erinmasdan 
o‘qib,  qimmatli  maslahatlarini  berar edi.
Ernest Xemingueyni  uzoq-uzoqlarga tanitgan  «Alvido,  qurol» (1929) 
asari  bo‘ldi.
Bu  davrda  faqat Amerika adabiyotidagina  emas, jahon  adabiyotida 
roman janrida  ijod  qilish  biroz  susaygan  edi.  Tadqiqotchilar buning 
sababini  Birinchi  Jahon  urushi  bilan  bog‘laydilar.  Hattoki,  hazillashib, 
«xayolparast yozuvchilar jang sirlarini  o‘rganaman  deb  urushga  ketib 
qolgan edi»,  deyishadi.
«Alvido,  qurol»  romani  bilan  bir  davrda  yaratilgan  rom anlarda 
ko‘plab Amerika yoshlarining  urushda  ko‘rsatgan  qahramonligi,  tirik 
qolganlarning o‘zyurtiga shon-sharaf bilan qaytib kelish voqeasi tasvir- 
langan edi.
Ernest  Xeminguey  romanida  esa,  urushning  mohiyati  nim ada, 
kimga kerak bu  mudhish  urush, degan muammo ko‘tariladi.  Millionlab 
o‘g‘lonlaming behuda o‘lib ketishiga kim aybdor? Nima uchun  urusha- 
yapmiz,  degan  fikr  ilgari  suriladi.  Shuning  uchun  ham  bu  roman 
Am erika jam oatchiligida  katta  shov-shuvga  ega  bo‘ldi.  Bir  guruh 
tanqidchilar  adibga  tosh  otishdan  ham  qaytm aydi.  Ammo  o ‘quvchi 
shunday ruhdagi  romanni  kutib turgandek,  adibni  gullarga o‘raydi.
Ernest Xeminguey jahongashta adib. Yevropaning bir necha mamla- 
katlarida,  Italiya va Afrikada bo‘lib,  xor-zor bo‘lgan,  sarson-sargardon 
kezganlarni  o‘z ko‘zi  bilan ko‘radi.
Adib  «Afrikaning ko‘m-ko‘k to‘qayzorlari»  (1935),  «Yarim tundagi 
o‘lim» (1932),  «Kilimanjaro» (1936), «G‘olib hech narsaga erishmaydi»
www.ziyouz.com kutubxonasi


(1933),  «Amal  qilish  yoki  qilmaslik»  (1937),  «Beshinchi  kolonna» 
(1938)  asarlarida  faqat Amerika  xalqini  emas,  yer  kurrasidagi  o ‘zga 
xalqlami  o ‘ylantirib yurgan  muammolarni  qalamga oladi,  hayotdagi  il­
latlami  dadillik bilan  ochib tashlaydi.
Adib ikkita dahshatli  urushning guvohi  boMadi.  Birinchi  va Ikkinchi 
jahon  urushi.  «Odamlar va  urush» (1942), «Daryo orqali  o ‘shal qishloq­
qa»  (1950),  «Xavfli  yoz»  (1960)  va  boshqa  asarlarida  turli  toifadagi 
insonlar obrazini yaratadi.
«Frensiska  K alom beraning  qisqa  baxti»  (1936),  «Amerikalik 
jangchi»  (1937),  «Urushdagi  odamlar»  (1942)  va  boshqa  asarlari  Xe­
minguey ijodi  diapazoni  nihoyatda kengligidan dalolat  beradi.
Ernest  Xeminguey  kabi  buyuk  adib  asarlari  millat,  irq  tanlamaydi, 
chegara  bilm aydi.  Adib  asalarini  faqat  am erikaliklar  emas,  jahon 
xalqlari  sevib  o^qiydi.  Ernest  Xeminguey  kabi  mashhur yozuvchilar 
sanoqli,  ularning  asarlari  hamma  uchun  tushunarli,  barchaga  birdek 
zavq-shavq  bag‘ishlaydi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish