A B D U L L A Q O D I R I Y
(1894-1938)
1894-yiI 10-aprelda Toshkentda tug'iladi. 9-1 0 yoshida maktabga
boradi. 2-3 yil eski usuldagi maktabda o'qiydi. So'ngra bir boyga xizmat-
ga boradi. Boy Abdullaning zehni o'tkir bo'lganligi uchun uni rus-tuzem
www.ziyouz.com kutubxonasi
m aktabiga o‘qishga beradi. Ham ishlab, ham
o ‘qiydi. So‘ngra uyidan m aktabga qatnab akasi
yonida taqachilik hunarini o brganadi. 1914-yiIda
Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o‘qishga ki
radi.
1913-yildan boshlab «Sadoi
Turkiston»,
«Samarqand», «Oina» gazetalarida shingil hikoya
va maqolalari bosila boshlaydi. 1914-yil 1-aprelda
«Sadoi Tur-kiston» gazetasida «Yangi masjid va
maktab» asari chiqadi.
«Baxtsiz kuyov» asarida hashamatli to‘y, ortiq
cha sarf-xarajatlar qoralanadi. Asarda Solih ismli yetim yigit katta qarz
olib, boy qiziga uylanadi.
1917-yili adib xalq militsiyasiga ko‘ngilli boMib yoziladi. 1919- yili
«Oziq ishlari» gazetasiga muharrirlik qiladi.
«Rosta», «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq», «Inqilob», «M ushtum»
jurnali va gazetalarida ishlaydi. Muxbir sifatida yozganlarida Qodiriy,
Julqinboy, Kalvak Maxsum, Toshpo‘lat, Ovsar, Dumbul degan imzo-
taxallus chekadi.
A. Qodiriy «Kalvak Maxsumning xotira daftaridan» (1923-1927),
«ToshpoMat tajang nima deydi» asarlarida yozuvchilik sa n ’atini
namoyish etadi.
« 0 ‘tkan kunlar»ni yozuvchi 1919-yilda yoza boshlagan, parchalar
1922-yilda «Inqilob» jurnalida bosiladi. 1926-yilda alohida kitob holida
chiqadi.
Xarakter yaratishda «ОЧкап kunlar» Abdulla Qodiriy talantining
yorqin tim solidir. Yusufbek hoji, 0 ‘zbek oyim, Kumush, Otabek,
Mirzakarim qutidor, Oftob oyim, Zaynab, Xushro‘y, Usta Olim, Aziz-
bek, Musulmonqul, Xudoyor, Hamid, Jannat, Sodiq - bulaming har biri
esda qoladigan obrazlardir.
« 0 ‘tkan kunlar»ni jahon adabiyoti xazinasini bezab turgan ko‘plab
shoh asarlar bilan tenglashtirish mumkin.
Yozuvchi asar qahram onlarining ichki olamini, rango-rang ruhiy
tuyg‘ularini katta mahorat bilan ochib bergan.
M uallifning tasvir vositalari nihoyatda go‘zal. Rom anda har bir
obraz, har bir voqea nihoyatda go‘zal, o ‘quvchining e’tiborini o‘ziga
tortadigan, qalbini sehrlab oladigan tarzda ifodalangan.
Abdulla Q odiriy 1924-yilda V. Bryusov nomidagi oliy adabiyot
kursida o‘qib keladi. Mana shu o‘qish davomida rus va jahon romanla
rini o‘qib katta taassurot oladi.
Abdulla Qodiriy nafaqat o‘zbek adabiyotida, balki Markaziy Osiyo
adabiyotida to ‘laqonli, mukammal roman yozish san’atini boshlab
www.ziyouz.com kutubxonasi
berdi. To‘g‘ri, ilgari ham roman yozishga urinishlar boMgan. Biroq ular
Abdulla Qodiriy yaratgan romanchilik maktabi darajasiga ko‘tarila ol-
magan.
Abdulla Qodiriy ikkinchi bir yirik romani «Mehrobdan chayon»ni
ham katta mahorat bilan yozadi. Yozuvchi o‘z asarida xon zamonlarida-
gi manfur illatlam i, razolat va hasadgo‘yliklarni qattiq tanqid ostiga
oladi. Romanning «Mehrobdan chayon» deb nomlanishida ham ramziy
m a’no bor.. Adib zamonaning zahar bogMagan chayonlari boMmish
Xudoyorxon, Abdurahmon domla, Shahodat mufti, Kalonshoh kabi
kishilarni ayovsiz fosh etadi.
Abdulla Qodiriy Gogolning «Uylanish» komediyasini, Chexovning
«Xamelyon» hikoyasini, D. Didro, Emil Zolya, Mark Tven va boshqa
jahon adabiyoti namunalarini o ‘zbek tiliga ag‘dargan tarjimondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |